Банк иши 146 8-mavzu. Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatligini baholash usullari reja


Download 184.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana31.01.2024
Hajmi184.28 Kb.
#1820363
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
1-mavzu Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari

Банк иши 
153 
Likvid mablag’larni bunday 2ga bo’lishdan maqsad, qoplash va likvidlik koeffitsientlarini 
hisoblash oson bo’ladi. 
Qoplash koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi, 
Qisqa muddatli likvid mablag’lar 
Qoplash koeffitsienti = ---------------------------------------------------- (8.1) 
Qisqa muddatli majburiyatlar 
Qoplash koeffitsienti shuni ifodalaydiki, ya’ni u kreditlash chegarasini ko’rsatadi va 
mijozning hamma aylanma vositalarining qarzni olishga etarliligini ko’rsatadi. Bu ko’rsatkich 2 va 
undan yuqori bo’lsa, mijoz kreditga layoqatlidir. Agar 0,5 dan kam bo’lsa, kreditlash foydasiz 
bo’lib, mijoz kreditga layoqatsiz hisoblanadi. 
Likvidlik koeffitsienti mijozning aylanma kapitali strukturasini baholash asosida yaqin 
kelajakda bankdan olgan kreditlarini operativ (tezkorlik) va o’z vaqtida to’lay olish qobiliyati 
hisoblanadi. Likvidlik koeffitsienti 1,5 va undan yuqori bo’lsa, korxona yuqori kreditga layoqatlilik 
darajasiga erishgan bo’ladi. 
Qoplash va likvidlik koeffitsientlarini topishda, qisqa muddatli majburiyatlarni to’g’ri 
hisoblash talab etiladi. Qisqa muddatli majburiyatlar, buxgalteriya balansining passiv qismidagi 
majburiyatlar bo’limidan olinadi. 
Banklardagi kredit inspektorlari mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda, balansdagi 
asosan (joriy aktivlari va majburiyat bo’limidagi) moddalarning tarkibiy o’zgarishlarini ko’rib 
chiqadilar. Bu albatta, xavf-xatarni baholashni engillashtiradi. 
Korxona kreditga layoqatliligi tahlili uchun kerak bo’ladigan keyingi ko’rsatkich – bu 
mustaqillik (muxtorlik) koeffitsientidir. Ushbu koeffitsient 0.6 dan, ya’ni 60 %dan yuqori bo’lsa, 
kredit xatari eng kam hisoblanadi. Bu koeffitsient 30 %dan, ya’ni 0,3 dan kam bo’lmasligi lozim. 
Bu ko’rvsatkichni hisoblash uchun korxonaning balans bo’yicha o’z mablag’lari manbalari ya’ni, 
balans passivining birinchi bo’linmasi summasi jami passiv summasiga bo’linadi. Nolikvid 
balanslarga ega bo’lgan korxonalarga esa bank kreditlaridan foydalanish huquqi berilmaydi. 
Korxona balansi likvidligi quyidagicha hisoblanadi: korxona balansi (1- shakl) passiv qismi birinchi 
bo’limi summasiga, ikkinchi bo’lim uzoq muddatli majburiyatlari qo’shilib (agar to’lov muddati 
uch oydan oshiq bo’lsa) balans aktiv qismi birinchi bo’limi summasi ayriladi. Agar chiqqan natija 
ijobiy bo’lsa, korxona balansi likvidli hisoblanadi.
Jahon amaliyotida, aylanma mablag’larining mavjud summasini (o’z aylanma mablag’larini) 
aniqlashda quyidagi usul qo’llaniladi. Ya’ni balans aktivining 2 chi bo’lim (aylanma aktivlari) 
summasidan, balans passivining 2 chi bo’limi (majburiyatlar) ayiriladi. (uzoq muddatli qarz va 
kreditlardan tashqari). 
Korxona (mijoz) kredit olishga layoqatliligining tahlilida qo’llaniladigan qo’shimcha 
ko’rsatkichlar bo’lib, aylanma mablag’larining aylanuvchanlik koeffitsientini va aylanma 
mablag’larining kunlardagi aylanuvchanligi ko’rsatkichlari qo’llaniladi. 
Aylanma mablag’lari aylanuvchanligi koeffitsienti aylanma mablag’lari harakatining 
tezligini ta’riflaydi va tahlil qilinayotgan davr uchun mahsulot sotishdan olingan tushum va 
aylanma mablag’larining o’rtacha qiymati o’rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi. Tahlil uchun 
ma’lumotlar yillik hisobotning 1-shakli balans va 2-shakli moliyaviy natijalar to’g’risidagi 
hisobotdan olinadi. 

Aylanuvchanlik koef. = ----------------- 
(8.3) 
U K 
bu erda,
S-(mahsulot sotishdan tushgan tushum ) 
U K-(oborot mablag’lari o’rtacha qoldiqlari) 
UK x D 
A K = ------------- 
(8.4) 

A K - (oborot mablag’larining kunlardagi aylanuvchanligi). 



Download 184.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling