Банк иши 146 8-mavzu. Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatligini baholash usullari reja
Download 184.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari
Банк иши
155 Hozirgi kunda mijozning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun qo’llaniladigan ko’rsatkichlar ko’p sonli va xilma – xil bo’lib, ularning sezilarli ko’pi bir – birini takrorlash xarakteriga ega. Ayrim kompyuter dasturlari o’n va undan ortiq ko’rsatkichlarni hisoblaydi. Ko’rsatkichlarni bu qadar ko’pligi tahlilni qiyinlashtiradi. Respublikamizda hozirgi kunda asosan uchta ko’rsatkichdan mijozning kreditga layoqatliligi aniqlanadi. Bu qoplash koeffitsenti, likvidlilik koeffitsenti va muxtorlik koeffitsentidir. Bu ko’rsatkichlar ma’lum davrga hisoblanadi va ularga xos asosiy kamchilik shundan iboratki, bu ko’rsatkichlar korxonada pul oqimini (kesh - flou) holatini baholash imkonini bermaydi. Ko’pchilik hollarda, amaliyotda qoplash va likvidlilik koeffitsentlari teskari natijalarni beradi. Aksariyat hollarda, korxona omborxonasida sotilmay qolgan sifatsiz mahsulotlarni to’planib qolishi hisobiga qoplash koeffitsenti yuqori darajani tashkil qiladi. Likvidlik koeffitsenti esa past bo’ladi. Odatda, bunday korxonalarda pul oqimi zaif bo’ladi, lekin bu ko’rsatkichlar uning dinamikasini ko’zatish imkonini bermaydi. Bank amaliyoti shuni ko’rsatadiki, tarmoqlar o’rtasidagi jiddiy farqlar koeffitsentilarining barcha tarmoq korxonalari uchun yagona ahamiyati xususida gapirish imkonini bermaydi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ayrim xorijiy davlatlarda kreditning sifatini tasniflashda tarmoq ma’lumotlariga asoslaniladi. Korxonaning moliyaviy ahvoli, ko’p jihatdan, tarmoqdagi ahvol bilan belgilanadi. Va bunda, tarmoq riski degan tushuncha kiritiladi. Bu tushunchaga muvofiq, moliyaviy holat faoliyatidagi o’zgarishlarning darajasiga bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham korxonaning moliyaviy ahvoli, baholanayoitganda, avvalo, korxona faoliyati bo’yicha hisoblangan koeffitsentlarni o’rtacha tarmoq koeffitsentlari bilan taqqoslash zarur. Korxonaning pul oqimini holatini baholash imkonini beradigan koeffitsentlar birlamchi ahamiyat kasb etishi kerak. Bu koeffitsentlarga majburiy tartibda quyidagilar kiritilishi kerak: A) debitor qarzdorlikning aylanish koeffitsenti; B) tovar zahiralarining aylanish koeffitsenti. Tahlil uchun asosiy manba bo’lib, asosan mijozning buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotdan foydaniladi. Download 184.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling