Банк иши 146 8-mavzu. Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatligini baholash usullari reja
Download 184.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari
Банк иши
157 - boshlangich va boshqa ma’lumotlarni tasdiklovchi xujjatlar (kontraktdan oldingi, kontrakt, ta’sis va xisobot xujjatlari nusxalari, auditorlik tekshirish materiallari) aloxida tartibda rasmiylashtiriladi; - yangi va yuksak texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish (korxona)larni asoslashga doir axborotlar amal qilib turgan normativlarga muvofik rasmiylashtiriladi, muayyan bo’lim tarkibida keltiriladi yoki ilova shaklida rasmiylashtiriladi. Biznes-rejasini ishlab chiqishda qo’yidagi tamoyillar va yondashuvlarga rioya qilish tavsiya etiladi: - biznes-rejasining ishlab chiqarish va moliya-iqtisodiy jixatlarini tadkik qilishda loyixa boshlangich parametrlari o’zgarishining uning samaradorligi va amalga oshirilishiga ko’rsatadigan ta’sirini baxolashga imkon beradigan imitatsion modellashtirish va diskontirlash uslublaridan foydalanish tavsiya qilinadi; - ayrim ishlab chiqarishlarni tashkil etishda yoki qayta ta’mirlashda investitsiya loyixasining umuman korxonaning ishlab chiqarish faoliyatiga ta’sirini va korxona ishlab chiqarish faoliyatining investitsiya loyixasiga ta’sirini ko’rsatish kerak bo’ladi; - yangi korxonani ko’rish xaqidagi masalalarni xal etishda uni mavjud maydonchalarda (qayta ta’mirlashda) yoki yangi maydonchalarda joylashtirishning muqobil xisob-kitoblari va asoslarini bajarish zarur; - davlat mablag’lari yoki uning preferentsiya (imtiyoz)lari ishtirokida amalga oshiriladigan loyixalar uchun imtiyozlar berilgan va imtiyozlar berilmagan xollardagi byudjet va byudjetdan tashkari fondlarga to’lovlar, shuningdek, davlatning zararlari va ularning kompensatsiyalari (yukotishlar)ning xisob-kitoblari bajarilishi lozim; - biznes-rejasi investitsiya loyixasi amalga oshiriladigan butun davr uchun to’zilishi kerak, bunday davr qarzga olingan mablag’larning qaytarilishi muddati plyus bir yilni kamrab oladi (xisob-kitobning boshqacha asoslangan ko’rsatkichlarini belgilashga xam yo’l qo’yiladi); - davlat boshqaruvi organlariga takdim etiladigan xisob-kitob (jadval)lardagi axborotni aks ettirish kadami bir yilga teng bo’lishi lozim; - amalga oshirilishi uchun erkin almashtiriladigan valyutadagi mablag’lar talab etilmaydigan biznes-rejasida xamma xisob-kitoblar milliy valyutada amalga oshiriladi (inflyatsiyani xisobga olgan xolda prognozli narxlarda), boshqa xollarda – bundan tashkari yana shartli birliklarda (shartli birlik qilib, odatda, AKSh dollari yoki boshqa konvertatsiya qilinadigan valyuta) olinadi. Investitsiya loyixasining biznes-rejasini to’liq xajmda ishlab chiqishda ularning natijalari «Investitsiya loyixasi pasporti» shaklida, boshqa xollarda – «Investitsiya taklifi» shaklida rasmiylashtiriladi. Investitsiya pasporti – bu mustakil ekspert tomonidan tayyorlangan, korxona (firma, kompaniya va shu kabi)larning ishlab chiqarish-xo’jalik va moliya-iqtisodiy faoliyati xaqidagi bir kator (3-5) yillar uchun dinamikadagi axborotni o’z ichiga oladigan xujjatdir. Uni ishlab chiqishning majburiy sharti tijorat va ishlab chiqarish sirlarini saklashdan iborat Download 184.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling