Банк иши 146 8-mavzu. Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatligini baholash usullari reja
Tijorat banklari tomonidan aylanma mablag’larni to’ldirish uchun beriladigan
Download 184.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari
8.5. Tijorat banklari tomonidan aylanma mablag’larni to’ldirish uchun beriladigan
kreditlarni rasmiylashtirish tartibi. Turli tashqi moliyalashtirish manbalarini jalb etish va so’ndirish imkoniyatlari ishlab chiqarish-tijorat davrining davomiyligi, faoliyatning mavsumiyligi hamda boshqa sharoitlar bilan bog’liq bo’lib, ular ushbu korxona aylanma mablag’larining aylanish xususiyatlariga bog’liqdir. Shubhasiz, tijorat krediti tashkilotning joriy faoliyatini moliyalashtirish uchun juda muhim hisoblanadi, u bir tomondan ta’minotchilar va pudratchilar, ikkinchi tomondan xaridorlar hamda buyurtmachilar tomonidan taqdim etilishi mumkin. Tijorat krediti jarayonida aylanma mabalag’lar bank tizimini chetlab qo’ygan holda bir korxona aylanmasidan boshqa korxona aylanmasiga qayta taqsimlanadi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqara borib, korxonalar bir-birini o’zaro kredit bilan ta’minlaydilar, hamda kreditning boshqa turlaridan butunlay voz kechishlari mumkin. Tijorat krediti korxonalarni o’zaro o’z-o’zidan yuzaga keladigan moliyalashtirishni tashkil etadi, u uyg’un holda kapital aylanish jarayoniga kiritilgan, tovar muomalasiga bo’ysundirilgan: Банк иши 158 tovarlarning muqobil harakati va ularning pul to’lovi vaqt bo’yicha to’xtovsiz amalga oshirilib, tijorat kreditini tashkil qiladi. Tijorat savdo kreditining shartlari korxona marketing tsrategiyasining bir qismi sanaladi, tijorat krediti o’zicha pul bozorining emas, balki tovar bozorining ko’rinishidir, shuning uchun uning bahosiga pul bozorining foiz stavkalari bevosita ta’sir ko’rsatadi. Kreditor korxona o’z aylanmasidan tovar yoki pul shakllarida mablag’larni safarbar etadi va shuning uchun muddati uzaytirilishi yoki bo’lib-bo’lib to’lanishi yuzasidan tovar narxiga utsamalar belgilash yo’li orqali o’z yo’qotishlarini qoplaydi. Tijorat krediti oldi-sotdi shartnomasi bilan ko’zda tutilgan qo’shimcha xizmat sifatida taqdim etiladi, u bank kreditga nisbatan afzaldir. Tijorat kreditlash muddatlari hisob-kitob to’lov intizomi doirasida belgilangan bo’lib, amaldagi mavjud qonunchilikka muvofiq tovar, ishlar, xizmatlar uchun to’lovlarning eng oxirgi muddati uch oyni tashkil etadi. Debitor tomonidan to’lov muddati kechiktirilganda majburiy kreditlash birgina O’zbekiston davlati muammosi emas. Jumladan, Buyuk Britaniyada 80-yillar o’rtalarida tijorat kreditining rivojlanishi yuzasidan o’tkazilgan tadqiqot shuni ko’rsatadiki, 75 foiz qism qarzdorlar o’z qarzlarini 30 kun mobaynida so’ndirilishi shart bo’lsada, bu talabni bor-yo’g’i ularning o’ndan bir qismi bajargan. Xo’jalik aylanmasida Vekselning tijorat krediti intsrumenti va hisob-kitob to’lov vositasi sifatida qo’llanilishi Veksel shaklida tijorat kreditining bir qator hususiyatlarini keltirib chiqaradi. Veksel qarzining xususiyati shundan iboratki, u erkin muomalada bo’lishi mumkin, shuning uchun qarz oluvchi tomonidan qarzni so’ndirish va foizlarni to’lash avvaldan noma’lum shaxs foydasiga amalga oshiriladi. Qarz berish shartnomalari asosida qarz pullar va mablag’lar jalb etiladigan moliyaviy Veksellar pul, kredit bozorining mutsaqil segmentini o’zida ifodalaydi. Ayni paytda xo’jalik kreditlashning o’ziga xos xususiyati mavjud bo’lib, u korxonalar professional kreditor emasligi bilan bog’liq. Bu bo’sh pul mablag’lari taklif etiladigan ochiq bozor emas. Bu erda pul resurslariga talab va taklif aksariyat holda kreditor hamda qarz oluvchi o’rtasida yuzaga kelgan o’zaro xo’jalik munosabatlari bilan bog’liq. Odatda iqtisodiy jihatdan o’zaro ta’minot, texnologik zanjir bilan o’zaro bog’liq bo’lgan korxonalar kreditlar bilan ta’minlanadi. Bunda aynan xo’jalik vazifalari, masalan ta’minot yoki sotishning kafolatlanganligi hal etiladi, shuning uchun kredit yuzasidan to’lov turli kredit bitimlarida sezilarli darajada o’zgartirilishi mumkin, shunga qaramay pul bozorida umumiy vaziyat, qayta moliyalash stavka darajasi ham hisobga olinadi. Xo’jalik kreditining o’ziga xos turi qarz berish shartnomasi asosida jismoniy shaxslarning mablag’larini jalb etishdan iborat. Banklar professional kredit beruvchi sifatida mijozlarga joriy faoliyatni moliyalashitirish uchun g’oyat turli-tuman kreditlarni taklif etadilar, ularning ichida eng qulaylari overdraft va kredit liniyalaridir. Overdraft taqdim etish vositasida hisob varaqni kreditlash - bu "talab yuzaga kelishi bo’yicha" kredit berishdan iborat. Shubhasiz, overdraf bilan kredit liniyasi o’rtasida o’xshashlik mavjud: ular kreditdan foydalanish muddati, kreditlash limiti, kredit yuzasidan foiz stavkalari va limit ochilganligi uchun alohida to’lov belgilanganligini ko’zda tutadilar. Biroq, kredit liniyasi bo’yicha odatda kreditni tanlash jadvali tuziladi va uning buzilganligi uchun tomonlarning moddiy javobgarligi nazarda tutilishi mumkin. Overdraft esa o’z mohiyatiga ko’ra bankning o’z mijoziga "tez yordam"ni ifodalaydi va tabiiyki, avvaldan u qaysi paytda kerak bo’lishini ko’zda tutish mumkin emas. Overdraft kreditlashning eng tez moslashuvchan mexanizmidir va uni so’ndirish mijoz qarz oluvchining hisob raqamiga kelib tushayotgan mablag’lar hisobiga avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Aylanma mablag’lar umuman, shuningdek ularning alohida qismlari, masalan ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va boshqalar bankning kreditlash ob’ektlari bo’lishi mumkin. Kreditlash mexanizmini tanlash muayyan kredit bitimi holatlari va qarz oluvchining ehtiyojlari, unda ta’minot yoki likvid talablarning mavjudligi, uning bank bilan o’zaro munosabatlari xarakteri va davomliligi bilan bog’liq. Tashkilot joriy faoliyatini moliyalashtirish uchun qisqa muddatli byudjet yordamidan ham foydalanishi mumkin, u turli darajadagi byudjetlar tomonidan quyidagi shakllarda taqdim etiladi: pul mablag’larining qarz oluvchiga haqiqatda berilishi; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling