Банк иши 146 8-mavzu. Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatligini baholash usullari reja
Download 184.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari
Банк иши
152 Kreditga layoqatlilikni tahlil qilishdan asosiy maqsad, bu qarz oluvchi, xo’jalik yurituvchi sub’ektning imkoniyatlari, qarzni o’z vaqtida qoplashni, risk darajasini, kredit miqdori va boshqa omillarni belgilangan sharoitda va holatda tahlil qilishdan iboratdir. Banklar uchun bu masalalarni amalga oshirish juda qiyin bo’lsada, xuddi ana shu maqsad amalga oshirilsagina berilgan kreditdan foyda olinadi. Kreditga layoqatlilikni tahlil qilish vazifasi bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 1. Kreditga layoqatlilikni ifodalovchi ko’rsatkichlarni aniqlash; 2. Ko’rsatkichlarni tahlil qilish (yil boshi va yil oxirini taqqoslash); Z. Ko’rsatkichlarga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash; 4. Kreditga layoqatlilikni mustaxkamlash yo’llarini aniqlash; Bundan tashqari, kreditga qobillikni aniqlash davrida zaruriy xollarda statistiq, analitik va boshqa ma’lumotlardan shuningdek istiqbol ma’lumotlaridan ham foydalaniladi. Xo’jalik sub’ektlarining kreditga qobilligi bir qator ko’rsatgichlar bilan ifodalanadi: bular qoplash koeffitsienti, likvidlilk koeffitsienti va mablag’lari bilan ta’minlanganligi (avtonomlik koeffitsienti) shuningdek o’z aylanma mablag’lari mavjudligi dinamikasi, noto’lovlar, foydalilik va aylanma mablag’larning aylanishi ko’rsatkichlaridandir. Kreditga layoqatlilikni ifodalovchi asosiy va qo’shimcha ko’rsatkichlar quyidagilar: 1. Qoplash koeffitsienti; 2. O’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik koeffitsienti; Z. Likvidlik koeffitsienti; Qo’shimcha koeffitsientlar: 1. Aylanma mablag’larining aylanuvchanlik koeffitsienti; 2. O’z aylanma mablag’lari mavjudligi; Z. Foyda va rentabellik koeffitsientlari. Berilgan balansga asosan ushbu ko’rsatkichlarni tahlilini ko’rib o’tamiz: 1. Kreditga qobiliyatlilikning asosiy ko’rsatkichlari: qoplash, likvidlik va mustaqillik koeffitsentlaridir. Bu koeffitsientlar tahlili uchun ma’lumotlar korxona balansidan olinadi. Jahon amaliyotida korxona likvid mablag’lari ikkiga bo’linadi: absolyut likvid mablag’lar; joriy likvid mablag’lar. Absolyut likvid mablag’lar tarkibiga balans aktiv qismining ikkinchi bo’limi jamisi kiritiladi. Ular 3 qismdan iborat: 1. Oson ishlatiladigan zahiralar; 2. Pul mablag’lari; Z. Oson amalga oshiradigan talablar, "debitorlik qarzlari". Likvid mablag’larning korxonada etarlicha bo’lishi, uning majburiyatlarini o’z vaqtida qoplay olishidan dalolat beradi. Joriy likvid mablag’lar bu juda ham tez pulga aylanadigan korxona vositalarini o’z ichiga oladi, shu sababli joriy likvid mablag’lar tarkibiga balans aktiv qismi ikkinchi bo’limining quyidagilari kiradi: 1. pul mablag’lari; 2. debitorlik qarzlari. Joriy likvid mablag’lar korxonaga birlamchi to’lovlarni amalga oshirishda kerak bo’ladi. Ular yuqori likvidlikka egaligidan, korxonada ushbu mablag’lar ham me’yor darajasida bo’lishi kerak. Zero, kredit inspektori mijozni kreditga layoqatliligini tahlil qilishda ushbu ko’rsatkichlarga alohida ahamiyat beradi. O’zbekistonda likvid mablag’lar quyidagi tartibda bo’linadi: A) oson ishlatiladigan talablar; B) pul mablag’lari; V) oson amalga oshiriladigan talablar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling