Bank ishi va audit fakulteti Bank ishi yo’nalishi 91k-2 guruh talabasi Tursunov Javlonbekning Bank huquqi fanidan Mustaqil ishi


Download 186.59 Kb.
bet4/7
Sana15.06.2023
Hajmi186.59 Kb.
#1484307
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Toshkent Moliya instituti

O‘zbekiston Respublikasi bank qonunchiligi uning Konstitutsiyasi, respublikaning ichki qonunchiligiga va xalqaro kelishuv hamda bitmlarga asoslanadi.
Shu tariqa O‘zbekiston Respublikasi birinchi konstitutsiyasi o‘zida bank huquqi uchun muhim bo‘lgan qator normalarni mujassamlashtirgan, shular O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini huquqiy boshqaruvini amalga oshiruvchi qonunlarning asosi hisoblanadi.
Birinchidan, unda bank huquqi faqatgina davlat organlari tomonidan belgilangan qonunlar bilan amalga oshirilishi belgilangan.
Ikkinchidan, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati huquqi, shu bilan birga bank xizmatlari taklifi konstitutsiya normalariga asoslangan. Uchinchidan, qonunlar respublikada yagona iqtisodiy muhit, tovar, xizmat va moliyaviy mablag‘larning erkin xarakatlanishi, raqobatni qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy erkinlik faoliyati kafolatlashga huquqiy zamin yaratadi.
Respublikaning Konstitutsiya normalari bank huquqini bank faoliyatiga tegishli yoki uni cheklashi mumkin bo‘lgan konstitutsion normalarni hosil qiladi. Ularga quyidagilarni keltirish mumkin:
-bevosita bank faoliyatiga aloqador, Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bank me’yoriy hujjatlari, normativlari;
-fuqarolarning huquq va erkinliklarini tartibga solish;
-huquqiy tartibga solishni vakolat va darajasini belgilash va boshqalar.
Bank huquqiga konstitutsiyaning tartibga solish asosini xisobga olganda konstitutsiyaning faqatgina qonunchilik prinsipi asoslarini o‘zida jamlashini inobatga olishimiz kerak. Bularga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, xech kim shaxsni sud qarorisiz o‘z mulkidan maxrum qila olmaydi. Shuningdek, xar bir fuqaro qonuniy belgilangan soliq va yig‘imlarni to‘lashi majburligi belgilangan. Shu va bir nechta boshqa normalar kelishmovchilik yuzaga kelganda aynan shu qonunlarni qo‘llash imkonini beradi. Shuningdek, konstitutsiyada shunday normalar borki, ular tarmoq qonunlarining qabul qilinishiga ehtiyoj qoldirmaydi va aniq belgilangan tartibga solish patensialiga egadir. Bank huquqiga tegishli bo‘lgan normalarga yana Markaziy bank boshqaruvini belgilash va uni xisoboti to‘grisidagi normalarni aytib o‘tsak bo‘ladi.
Ushbu xususiyatlar taklif va qo‘shimchalarni tahlil qilish orqali aniqlanishi mumkin.Ushbu taklif va qo‘shimchalar qonun loyixasi muxokamasi vaqtida aytilishi va turli xil ijtimoiy guruhlar va xarakatlarni talablarini o‘z ichiga olgan va ushbu qonunlarda o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim.
Bank faoliyatini tartibga solishda qonun osti normativ xujjatlar katta rol o‘ynaydi. Umuman olganda bank huquqiga ko‘p darajali normativ boshqaruv xos bo‘lib buni ijobiy omil ham aytish qiyin. Odatda qonunosti hujjatlarning ko‘pligi faoliyat va boshqaruvda to‘g‘ri qaror qabul qilishda chalkashliklarga yo‘l qo‘yishga olib kelishi mumkin.
Qonun osti hujjatlar tizimida avvalo qonun asosida va uni yanada takomillashtirish uchun qabul qilinadigan Prezident farmonlarini keltirsak bo‘ladi.
Bank faoliyati qonunchiligiga qator Prezident qarorlari tegishli.
Qonun osti normativ hujjatlarning asosiy qismini Markaziy bank vakolatida bo‘lgan va u tomonidan chiqarilgan farmon, ko‘rsatma va yo‘riqnomalar egallaydi.
Markaziy bank normativ hujjatlari:
-Davlat organlariga, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy;
- Ular qonunlarga zid bo‘lmasligi lozim;
-Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari rasmiy nashrida e’lon qilingandan so‘ng yoki belgilangan muddatlarda kuchga kiradi. Bank boshqaruvi tomonidan belgilangan istisno xolatlardan tashqari;
-Teskari kuchga ega emas;
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yhatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
Markaziy bankning davlat ro‘yhatidan o‘tishi majburiy bo‘lmagan normalari ham mavjud bo‘lib ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

Download 186.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling