Bank ishi va audit fakulteti Bank ishi yo’nalishi 91k-2 guruh talabasi Tursunov Javlonbekning Bank huquqi fanidan Mustaqil ishi


Download 186.59 Kb.
bet2/7
Sana15.06.2023
Hajmi186.59 Kb.
#1484307
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Toshkent Moliya instituti

b) raqobatni rag‘batlantirish va monopolizatsiyani ta’qiqlash yoki unga yo‘l qo‘ymaslik;
v) Iqtisodiy (bank ) faoliyatini erkin yuritish tamoyili; va boshqalar.
Banklar faoliyatini huquqiy jihatdan muvofiqlashtirishga oid maxsus tamoyillari:
a) bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish tamoyillari:
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini ikki pog‘onali darajada tashkil etish tamoyili;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining davlat hokimiyati organlaridan mustaqilligi;
b) bank faoliyatini amalga oshirish tamoyillari:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mas’ullik tamoyili;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining naqd pul emissiyasi bo‘yicha monopol huquqi tamoyili;
davlat hokimiyati organlari va mahalliy hokimiyat organlarining kredit tashkilotlar faoliyatiga aralashmasligi tamoyili;
bank faoliyati, kreditlash jarayonlarining litsenziyalashtirilganligi tamoyili;.
bank sirini saqlash tamoyili;
bank mablag‘larining muddatliligi va qaytarilishi tamoyili va boshqalar.
Bank xuquqida qonuniylik, xuquqlarni suiste’mol qilmaslik, xuquqlardan foydalanish chog‘ida o‘zgalarga zarar yetkazmaslik lozimligi kabi umumxuquqiy tamoyillarga ham qat’iy amal qilinishi lozim.
Bank xuquqi yangi shakllanib kelayotgan xuquq soxasi bo‘lgani sababli uning tamoyillari ham hali shakllanish bosqichida va ularni aniq belgilash ancha mushkul. Bank xuquqi tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarda moliya xuquqi, ma’muriy xuquq, fuqarolik xuquqi va boshqa xuquq soxalari uchun xos bo‘lgan mezonlarni hamda qadriyatlarni kuzatish mumkin. Shu sababli ushbu tamoyillar ko‘p qirrali va bir qator xuquq soxalariga xos xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda banklarning boshqa sub’ektlar bilan iqtisodiy munosabatlari jihatdan bank xuquqi sohasida amal qiladigan tamoyillarga quyidagi uch gurux tamoyillarni kiritish mumkin:
- Tijorat banklari bilan O‘zbekiston Respublikasi MB, Moliya vazirligi, DSq, bojxona qo‘mitasi o‘rtasidagi munosabat tamoyillari;
-Tijorat banklari bilan boshqa kredit muassasalari o‘rtasidagi munosabat tamoyillari;
-Tijort banklari uning mijozlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan munosabat tamoyillari.
Bulardan tashqari barcha turdagi bank faoliyatiga talluqli bo‘lgan umumiy tamoyillar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
-Bank faoliyatida qonunlarga qat’iy amal qilish tamoili;
-Bank operatsiyalarining maqsadga muvofiq bo‘lishi lozimligi;
-Bank axborotlarining dahlsizligi va qonun bilan muhofazalanishi.
-Bank faoliyati tadbirkorlik faoliyatining muayyan shakli ekanligi.
Tijorat banklari bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, DSq va bojxona qo‘mitasi bilan o‘zaro munosabatlari mohiyatiga ko‘ra moliyaviy-ma’muriy munosabat bo‘lganligi tufayli moliya xuquqi va ma’muriy xuquqqa xos bo‘lgan tamoyillar amal qiladi.
Huquqshunoslik fanida bank huquqining manbalari aktlar deb tushuniladi, qonun normalarini belgilovchi davlat organlari, huquq normalarini belgilovchilardir.
Bank xuquqi milliy xuquq tizimining alohida tarmog‘i sifatida ahloqiy va xuquqiy g‘oyalarni umumlashtirilgan holda o‘zida ifoda etuvchi tamoillarga tayanadi. Bank xuquqining tamoyillari bu sohada xuquqiy munosabatlar yuzaga kelishi va tartibga solinishining o‘ziga xos jihatlarini o‘zida ifodalaydi.
Bank xuquqi bir necha xuquq sohalari chegaralarida shakllanganligi tufayli o‘zida ularning har biriga hos bo‘lgan usullar hamda vositalarni jamlagan bo‘lib, bunday holat uning tamoyillarida ham o‘z ifodasini topadi.
Bank xuquqi ommaviy xuquq (moliya, ma’muriy xuquqlar, Konstitutsiyaviy xuquq), hamda xususiy xuquq (fuqarolik xuquqi, xo‘jalik xuquqi) sohalariga oid normalar va qoidalar o‘zaro qo‘shilishi natijasida paydo bo‘lganligi, uning tamoyillari ham shartli ravishda shunga mos guruhlarga ajratilishi mumkin.
Shunga ko‘ra Markaziy bank bilan tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari o‘rtasidagi munosabatlarning tamoyillari, tijorat banklari bilan uning mijozlari bo‘lgan jismoniy hamda yuridik shaxslar o‘rtasidagi munosabat tamoyillari alohida guruhga ajratilishi mumkin.
Markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasidagi munosabatlar ommaviy-xuquqiy hususiyatga ega, chunki bu munosabatlar davlat tomonidan o‘zining vakolatli organi – Markaziy bank orqali amalga oshiriladigan boshqaruv faoliyatining mahsulidir. Shu tufayli Markaziy bank va tijorat banklarining o‘zaro munosabatlarida bo‘ysunish, bir tomonning (tijorat banklarining), ikkinchi tomon (Markaziy bank) farmoyishlarini bajarishi majburiy ekanligi bir tomon (Markaziy bank) ko‘rsatmalarining bajarilmasligi davlat majburlovi qo‘llanilishiga (tegishli huquqiy yoki iqtisodiy jazo qo‘llanilishiga) sabab bo‘lishi kabi tamoillar ustun turadi.
Tijorat banklari bilan ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar esa xususiy-xuquqiy, fuqarolik-xuquqiy munosabatlardan iborat. Shu tufayli bu munosabatlar imperativ qoidalar va tamoyillarga emas, balki taraflarning erkinligi, o‘zaro tengligi, xuquqiy munosabatlarga kirishishning ixtiyoriyligi, o‘zaro manfaatdorlik, tashabbus ko‘rsatishning qonun doirasida hech narsa bilan cheklanmaganligi, majburiyatlar bajarilmagan taqdirda esa davlat majburlovi choralari emas, balki tomonlar o‘zaro kelishib belgilaydigan mulkiy ta’sir choralari ko‘rilishi kabi tamoyillarga tayanadi.
Tijorat banklarining boshqa kredit muassasalari, mijozlari bilan bo‘ladigan munosabatlari o‘zaro tenglikka, ixtiyoriylikka, manfaatdorlikka asoslangan fuqaroviy-xuquqiy munosabatlar bo‘lganligi sababli bunday paytda tovar-pul muomalasiga asoslangan, bozor iqtisodiga mos bo‘lgan fuqarolik-xuquqiy tamoyillari qo‘llaniladi va bu paytdagi aloqalar tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga tayanilgan holda olib boriladi.

Download 186.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling