Bank ishi va audit fakulteti Bank ishi yo’nalishi 91k-2 guruh talabasi Tursunov Javlonbekning Bank huquqi fanidan Mustaqil ishi


Download 186.59 Kb.
bet7/7
Sana15.06.2023
Hajmi186.59 Kb.
#1484307
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Toshkent Moliya instituti

Ushbu hujjatning boshqa normasiga ko‘ra bank o‘z majburiyatlarini bajarishi ustida javobgar hisoblanadi..
Shunday qilib, ko‘rib chiqilayotgan normalarni bilish ikki xil xarakterga ega:
- Ular bir davlatdan ko‘p bo‘lgan barcha bank operatsiyalariga qo‘llaniladi.
- Ulardagi qoidalar bir davlatning milliy qonunchiligida belgilanishi mumkin.
Bank huquqi barcha tashkilotlar va turli xil korxonalar o‘z mablag‘larini bankda saqlashlari va belgilangan naqdsiz xisob kitob qoidalariga rioya qilishlari shartligiga asoslanadi. Qonunchilikda kredit tashkilotlarda ochilishi mumkin bo‘lgan xisob varaqlar, xisob kitob shakllari va xisob kotobni amalga oshirish tartibi belgilangan.
Shu sababli barcha bank tizimini va bank operatsiyalarini tartibga soluvchi qoidalar kompleksini shakllantiradi. Undan tashqari, bank faoliyati huquqi boshqa milliy tarmoqlar huquqlarini o‘z ichiga oladi.
Ma’muriyat huquqi normalari kredit tizimi boshqaruvi asoslari va bank tizimi tuzilishini tartibga soladi. Bundan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, bank qonunchiligi kompleks tarmoqlar yig‘indisidir. Ushbu normalarning kompleksligi bank huquqining kelajakda mustaqil tarmoq bo‘lishi mumkinligidan dalolat berishi mumkin. Bank huquqi yuqorida ta’kidlaganimizdek, O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy huquqining tarkibiy qismi, asosi hisoblanadi deb aytsak bo‘ladi. Chunki, bank huquqi monitar-fiskal siyosatni yuritish, iqtisodiyotni pul-kredit orqali muvofiqlashtirish, markazlashgan fondlarning mobilizatsiyasi, taqsimlash va ishlatish, davlat boshqaruviga asoslanadi.
Bank huquqiga ko‘rsatib o‘tilgan ikki metod xam xos. Birinchi metodga ko‘ra, davlat to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita munosabatlar subektlarini xarakatini tartibga soladi. Ikkinchi metodga ko‘ra esa, davlat faqatgina chegaralarni belgilaydi.
Bank huquqi tizimiga nafaqat bank faoliyati, strukturasi, organlarning huquqiy statusi to‘g‘risidagi qoidalari, balki, munosabatlarni tartibga soluvchi qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni, kreditlashni va valyuta operatsiyalarini tartibga soluvchi qoidalari ham mavjud.
Albatta, ayrim hollarda bank qonunchiligining imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha professional qaror qabul qilish har doim maxsus muhokamani talab qiladi. Biroq, bank qonunchiligining maqsadlariga xosligi bo‘yicha, ularni amalga oshirish imkoniyatlarining aniq g‘oyasi bo‘lishi kerak. Aks holda xususiy huquqni tartibga solish usullarini qo‘llash sohasida ham, qonunchilik, jamoat manfaatlarining, xalq irodasini ifoda etadigan bank qonunchiligi ham o‘zining tartibga solish funktsiyasini yo‘qotishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda, birinchidan, bank qonunchiligini to‘g‘ri tashkil etish va bank qonunchiligini amalga oshirish (birinchi navbatda tatbiq etilishi) bilan bank tizimining quyidagi holatini ta’minlashi mumkin:
- banklarning tashkiliy, boshqaruv va tartibga solish tizimlarining barqarorligi;
-bank faoliyati, xatti-harakatining prognozi;
- bank operatsiyalarining ishonchliligi;
- tijorat banklarining likvidligi va ularning resurslari barqarorligi;
- bank xizmatlarining turlari va sifati va boshqalar.
Ikkinchidan, bank huquqi manbalari, ularning shakllanishi, tarkibiy strukturasi, ularning faoliyati, foydalanish usullari, banklararo munosabatlar ishtirokchilarining huquqlari va manfaatlarining minimal kafolatlarini belgilab beradi, ular maxsus bank me’yorlari bilan cheklanmaydi. Ushbu huquqlar va erkinliklar orasida mol-mulk huquqiga, to‘g‘ri ma’lumotga, boshqa qonuniy huquq va erkinliklar va boshqalarga nafaqat O‘zbekiston fuqarosi va yuridik shaxslar ham ega bo‘lishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni. 1995 yil 21 dekabr.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. 1996 yil 25 aprel.
3. O‘zbekiston respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuni. 2003 yil 30 avgust.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi qonuni 1992 yil
9 dekabr.

Download 186.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling