Bank ishi va audit fakulteti Bank ishi yo’nalishi 91k-2 guruh talabasi Tursunov Javlonbekning Bank huquqi fanidan Mustaqil ishi


Download 186.59 Kb.
bet5/7
Sana15.06.2023
Hajmi186.59 Kb.
#1484307
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Toshkent Moliya instituti

-So‘mga nisbatan xorijiy valyuta kursi;
-Foiz stavkasining o‘zgarishi;
-Rezerv talablari miqdori;
-Kredit tashkilotlari va banklarga majburiy normativlar miqdori;
-To‘g‘ridan-to‘g‘ri miqdoriy cheklovlar;
-Markaziy bank uchun buxgalteriya xisobi va xisoboti qoidalari;
-Markaziy bank va tijorat banklari faoliyatiga doir ba’zi hujjatlari yoki farmoyishlari bo‘lshi mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib bank huquqining manbalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:

  1. bank faoliyatini muvofiqlashtiruvchi manbalar;

  2. bank faoliyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri dahldor huquqiy manbalar.

Bank huquqining manbalarini bank faoliyatiga oid bo‘lgan, muvofiqlashtiruvchi ichki va tashqi rasmiy munosabatlarning normalarini o‘zida ifoda etadi. Bank huquqining manbalariga quyidagilar kiradi:
1) O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi;
2) xalqaro huquq normalari;
3) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
4) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudining qarorlari;
5) bank faoliyatiga doir qonunlar: «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi,« Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi, “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Garov reestri to‘g‘risida”gi, “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi, “Bank siri to‘g‘risida”gi, ” Fuqarolarning banklardagi omonotlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi, “ Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar,”Fuqarolik kodeksi”, “Jinoyat kodeksi”, “Soliq kodeksi va boshqa qonunlar;
6)banklarning ichki me’yoriy hujjatlari. Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari, farmoyishlari, yo‘riqnomalari, normativlari va boshqalar.
Bank xuquqi manbai sanaluvchi qonunlar orasida yetakchi o‘rinni «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, hamda «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlar egallaydi. Bular tayanch qonunlar sifatida bank faoliyatiga oid munosabat ishtirokchilarining umumiy xulqi-atvor qoidalarini, bank tizimini boshqarishi, bank soxasidagi tadbirkorlik va moliya-kredit xizmatlaridan foydalanish jarayonidagi xuquqiy xolatlarini belgilab beradi.
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonun Markaziy bankning xuquqiy maqomi hamda asosiy maqsad va vazifalarini aniqlaydi. O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida tijorat banklarining bank faoliyatini amalga oshirish chog‘idagi xuquqiy holati, bank faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirishga oid normalar va qoidalar nazarda tutiladi.
Fuqarolik kodeksi bozor iqtisodiyoti tizimi sharoitidagi asosiy qonun sifatida tovar-pul munosabatlarining barcha asosiy turlarini, shu jumladan, bank faoliyatiga oid munosabatlarni ham tartibga soladi. Fuqarolik kodeksining umumiy qoidalari bilan bir qatorda bevosita bank xizmatlari ko‘rsatish (kredit, omonat, xisob-kitob ishlari va boshqalar)ga oid bo‘lgan normalari bank xuquqi manbaalaridan bo‘lib sanaladi;
Bank xuquqiga va bank faoliyatiga taalluqli bo‘lgan qonunlar son jihatdan anchagina bo‘lsada, ammo qonun osti aktlari, ya’ni qonunlar ijrosini ta’minlash, ularda belgilangan maqsad va vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan xuquqiy xujjatlar o‘z massasi va qamrovi jihatdan bank xuquqi manbalari orasida salmoqli o‘rin egallaydi. Bunday hol bank munosabatlariga oid barcha jihatlar, kundalik hayotda yuz berib turadigan tipik vaziyatlarni qonunlar bilan batamom qamrab olish va ularning barchasini qonunlarda nazarda tutish mumkin emas. Chunki xozirgi bozor munosabatlari shakllanib borayotgan shiddatli zamonda bank faoliyati uzluksiz rivojlanish va takomillashish jarayonini boshdan kechirmoqda. Bu jarayonlarni oqilona boshqarish. Kundalik muammolarni tezkor usullarda hal etish qonunosti xujjatlarisiz mumkin emas.
Bank xuquqi soxasida qonunosti xuquqiy xujjatlari qabul qilish xuquqiga ega bo‘lgan davlat organlari doirasi qonun xujjatlari bilan belgilangan bo‘lib, ularning har biri o‘zlariga yuklatilgan vazifalar hamda berilgan vakolatlar doirasida xuquq normasi ijodkorligi bilan shug‘ullanadilar.

Download 186.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling