Bank ishi va audit fakulteti Bank ishi yo’nalishi 91k-2 guruh talabasi Tursunov Javlonbekning Bank huquqi fanidan Mustaqil ishi


Download 186.59 Kb.
bet3/7
Sana15.06.2023
Hajmi186.59 Kb.
#1484307
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Toshkent Moliya instituti

Zamonaviy ilm-fan sohasida bir nechta huquq manbalari mavjud:
- Huquqiy odat – xalq tomonidan tarixiy rivojlanishi davomida ishlab chiqilgan, odatga kirgan va davlat tomonidan mustahkamlangan bo‘ladi. Xususan, huquqiy odatni biz O‘zbekistan Respublikasi Fuqarolik kodeksida ko‘rishimiz mumkin.
- Huquqiy pretsedent ( lotincha . praecedens «oldingi, o‘tgan holat») — o‘tgan davrda yuzaga kelgan, bugungi kunda nimadir uchun asos yoki misol bo‘ladigan huquqiy holat. Yoki davlat organining keyingi ishlar ko‘rib chiqilayotganda na’muna sifatida olinadigan qarori;
- Normativ huquqiy akt – vakolatli organ yoki davlatning mansabdor shaxsi tomonidan belgilangan rasmiy yozma hujjat bo‘lib u o‘zgartirilishi, vaqtincha to‘xtatib turilishi yoki umuman bekor qilinishi, to‘xtatilishi mumkin.
Bank xuquqining manbalari bo‘lib jamiyatda bank faoliyatini amalga oshirilishi chog‘ida yuzaga keluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik xujjatlari majmui tushuniladi. Bank xuquqi tarmoqlararo xususiyatga ega ekanligi, uning manbai sanaluvchi xuquqiy-me’yoriy xujjatlarning ham turli xuquq soxalariga taalluqli bo‘lishi mumkinligini belgilab beradi. Bunda Konstitutsiyaviy xuquq, moliya xuquqi, ma’muriy xuquq, fuqarolik xuquqi, xo‘jalik-tadbirkorlik xuquqi, protsessual xuquq soxalariga mansub bo‘lgan normalar yetakchi o‘rin tutishi shubxasizdir. Ayni paytda jinoyat va jinoyat-protsessual xuquqi soxalari normalari ham o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Konstitutsiyaviy yoki davlat xuquqiy normalar moliya, pul-kreditning davlat va jamiyat hayotida muhim o‘rin tutishi, jamiyatni boshqarishning qudratli dastaklaridan ekanligi hisobga olingani holda bu soxada davlatning mavqei va ta’sir kuchini mustaxkamlashga qaratilgan tamoillarni belgilaydi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakat o‘z moliya va pul-kredit tizimiga ega ekanligi (Konstitutsiyaning 122-moddasi) qayd etilgan bo‘lsa, boshqa tegishli moddalarida moliya, pul-kredit masalalarida davlat organlari vakolatlari chegaralari, Oliy Majlis, uning palatalariga berilgan vakolatlar nazarda tutiladi. Ushbu Konstitutsiyaviy normalarda moliya, pul-kredit soxasidagi prinsipial axamiyatga ega bo‘lgan davlat tadbirlarini ishlab chiqish, bu sohadagi qonunlar qabul qilish Oliy Majlis va qonunchilik Palatasiga taalluqli ekanligi ko‘zda tutiladi.
Bank xuquqiga oid ma’muriy-xuquqiy normalar Respublika bank tizimlarini boshqarish, tijorat banklari kundalik faoliyatini tekshirish – nazorat qilish, bank munosabati ishtirokchilari bo‘lgan jismoniy shaxslar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, o‘zga shaxslar mulkiy va boshqa qonuniy manfaatlarini ma’muriy-xuquqiy vositalar bilan himoya qilishga qaratil-gan qoidalarni belgilab beradi.
Bank xuquqida ma’muriy-xuquqiy normalar bank tizimining yuqori (Markaziy bank) va quyi (tijorat banklari) pog‘onalari o‘rtasidagi munosabatlarda eng ko‘p qo‘llaniladi. Xususan, tijorat banklari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan bank faoliyatini amalga oshirishlik uchun litsenziya (ruxsat) berish yoki uni qaytarib olish, iqtisodiy normativlarni belgilanishi, bank faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirilishi, tegishli sanksiyalarni qo‘lash – ma’muriy vositalar hamda ma’muriy-xuquq normalari bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlardan iboratdir.
Bank xuquqiga oid ma’muriy-xuquqiy normalar xaddan tashqari ko‘p sonli ekanligi va ular asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chiqariladigan idoraviy aktlardan iboratligi va ular oliy yuridik akt sanaluvchi qonunlar bilan qamrab olinmaganligi bank xuquqi manbaalarining o‘ziga xos jihatlaridan bo‘lib sanaladi. Bank xuquqi manbaalari orasida idoraviy me’yoriy xujjatlar xukmron o‘rinda turishi bu soxadagi qonunchilik normalarini idoraviy manfaat nuqtai nazaridan, «O‘ziga xos» talqin etilishiga va shu yo‘l bilan ma’muriy-buyruqbozlik ish uslublari saqlanib qolishi, tadbirkorlik sub’ektlarining, birinchi navbatda tijorat banklarining qonuniy manfaatlari buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, ma’muriy-buyruqbozlik ish uslublari bozor tamoillariga tamomila zid bo‘lib, tadbirkorlikni, tashabbuskorlikni, iqtisodiy erkinlikni cheklanishiga va oxir oqibatda mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining to‘xtab qolishiga olib keladi.
Bizning nazarimizda ushbu mulohazalardan kelib chiqqan holda bank faoliyatini idoraviy me’yoriy xujjatlar bilan tartibga solishdan ularni bevosita qonunlar vositasida tartibga solishga o‘tish vaqti yetib keldi. Loaqqal idoraviy me’yoriy xujjatlar soni cheklanishi, ularga tez-tez o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdan iborat noma’qul amaliyotdan voz kechib, me’yoriy xujjatlar amal qilishining barqarorligi ta’minlanmog‘i dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Bank xuquqida fuqarolik xuquqiga oid bo‘lgan normalar yetakchi o‘rin tutadi. Zeroki bank faoliyati asl maqsad-mohiyatiga ko‘ra jismoniy shaxslar, tadbirkorlik sub’ektlari va o‘zga shaxslarga bank xizmati ko‘rsatishdan iborat bo‘lib, bank-mijoz munosabatlari mutlaqo fuqarolik xuquqiy tamoillarga ko‘ra (ixtiyoriylik, tenglik, o‘zaro manfaatdorlik va boshqalar) yuzaga keladi va amalga oshadi.
Bank muassalarining yuridik shaxs maqomi, ularni ta’sis etilishi, mulkiy maqomi, tarkibiy tuzilishi (vakolatxona va filiallar maqomi), qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qoidalar fuqarolik kodeksida va boshqa fuqarolik qonun xujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan.
Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan bank operatsiyalari aslida ularning o‘z mijozlari bilan tuzadigan fuqarolik-xuquqiy bitimlaridan iborat bo‘lib, bitimlar tuzish va ijro etishga oid bo‘lgan bosh qoidalar Fuqarolik kodeksida belgilangan (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi 101-128 moddalar).
Tijorat banklari o‘z mijozlari va o‘zga shaxslar bilan iqtisodiy munosabatlarga kirishar ekan, bu munosabatlarni o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida yuridik jihatdan mustaxkamlaydi. Bunday shartnomalar Fuqarolik kodeksining shartnoma to‘g‘risidagi umumiy qoidalariga (26, 27, 28 boblar, 353-385 moddalar) amal qilishi lozim bo‘ladi.
Tabiiyki, bank va mijoz munosabatlarida majburiyatlarni buzilishi (bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi) uchun javobgarlik yuz berishi, hamda qo‘llanilishiga oid munosabatlar ham fuqarolik qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadi.
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, Fuqarolik kodeksida bank faoliyatining ayrim turlari va ularning xuquqiy asoslari nazarda tutilgan bo‘lib, bu asoslar bankka oid munosabatlarni kundalik qonunchilik va qonun osti xuquqiy xujjatlari bilan tartibga solinishi uchun yuridik baza vazifasini ham bajaradi. Jumladan, kredit, bank omonati, hisob-kitoblar, bank hisob varag‘i kabi masalalar Fuqarolik kodeksining maxsus boblarida nazarda tutilgan. Bozor munosabatlari sharoitida tovar-pul muomalasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hamda universal qonunchilik tarmog‘i sifatida fuqarolik xuquqi normalari bank faoliyatining boshqa soxalarida (masalan, valyutaga oid munosabatlar, banklar tomonidan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish) ham keng qo‘llaniladi.

Download 186.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling