Bank ishi va audit


Mustaqil O„zbekiston 2001 yilning iyun oyida «Shanxay beshligi»


Download 465.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana26.01.2023
Hajmi465.03 Kb.
#1127703
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
AKRAMOV TARIX

Mustaqil O„zbekiston 2001 yilning iyun oyida «Shanxay beshligi» deb 
yuritilgan xalqaro tashkilotning XXRni Shanxay shahrida chaqirilgan sammitida 
bu tashkilotning to„la huquqli a‟zosi bo„ldi. 1998 yili tashkil yetilgan «Shanxay 


beshligi»ga Xitoy, Rossiya, Qozog„iston, Qirg„izston va Tojikiston Respublikalari 
a‟zodir. Shundan keyin «Shanxay hamkorlik tashkiloti» nomi bilan yuritilib bosh 
maqsad har tomonlama hamkorlik o„rnatishdan iborat bo„lib, ayni bir vaqtda 
xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda tashkilotning faoliyat 
markazida turadigan bo„ldi. Terrorizmga qarshi kurash qarorgohi (shtabi) 
Bishkekdan Toshkentga ko„chirildi.
Keyingi yillarda yosh mustaqil davlatlar ichida Markaziy Osiyo davlatlari 
uchun dini, urf-odatlari va an‟analari yaqin bo„lgan Sharq mamlakatlari bilan 
o„zaro aloqalar olib borish imkoniyatlari bu mamlakatlar o„rtasidagi 
munosabatlarni kengaytirdi. Bu o„rinda birinchi navbatda Saudiya Arabistoni bilan 
aloqalarni aytib o„tish o„rinlidir. Shuningdek, O„zbekiston 1992-yil 6 fevralda 
Turkiya, Pokiston, Eron tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a‟zo 
bo„lib kirdi va 1992 yil Eron, Turkiya, Pokiston, Turkmaniston, Qozog„iston davlat 
va hukumat rahbarlari bilan imzolangan “Trans-Osiyo” temir yo„l aloqasini tiklash 
maqsadida Tajan-Seraxs-Mashhad o„li qurilishi haqidagi bitimda faol ishtirok etdi. 
Bu O„zbekiston uchun dengiz yo„llariga, xalqaro transport tarmog„iga, tovar va 
kapital xalqaro bozoriga chiqish imkoniyatini berdi. Arab mamlakatlari bilan olib 
borilgan aloqalar madaniy va diniy tomondan ham uzviy bog„liq bo„ldi. Bu o„ldagi 
harakatlar natijasida savdo sotiq, turizmni rivojlantirish va kadrlarni o„qitish 
imkoniyatlariga o„l ochdi.
O„zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasi bilan aloqalari kengayib, bu ikki 
davlat o„rtasidagi o„zaro manfaatli hamkorlik bir-birining ishiga aralashmaslik 
tamoyiliga asoslandi. Xitoy Xalq Respublikasi O„zbekiston mustaqilligini 
birinchilardan bo„lib, 1991-yil 27-dekabrda tan oldi va 1992-yili 2-yanvarda 
diplomatik aloqalar o„rnatdi.
AQSh bilan bo„layotgan o„zaro aloqalarga to„xtab o„tmoq joiz. Dunyoning 
yetakchi davlati, juda katta siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, intelektual 
salohiyatga ega bo„lgan AQSh bilan har tomonlama munosabatlarni rivojlantirish 
va chuqurlashtirish mamlakatimiz uchun muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda 
AQSh O„zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta‟minlashdagi 
yetakchilik rolini tan olib, respublikamiz bilan terrorizm, narkobiznesga qarshi 
kurash, mintaqaviy xavfsizlik masallarida hamkorlik qilinmoqda. Shu yili 

Download 465.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling