Bank ishi va audit
Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning AQShga qilgan tashrifi O„zbekiston tashqi
Download 465.03 Kb. Pdf ko'rish
|
AKRAMOV TARIX
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hozirgi kunda
Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning AQShga qilgan tashrifi O„zbekiston tashqi
siyosatida o„ziga xos o„rin tutadi. Mazkur tashrif davomida O„zbekiston va AQSh o„rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlik, Afg„onistonga oid masalalarida fikr yuritildi. (O„zbekiston bo„yicha KOKUS) Hech bir mamlakat iqtisodiy hamkorliksiz rivojlana olmasligini hozirgi kun voqeligi isbotlab turibdi. Hozirgi kunda O„zbekiston rahbariyatining bu vaziyatga chuqur yondashishi orqali tashqi iqtisodiy aloqalarda Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishga katta ahamiyat berildi. Rossiya, AQSh, Turkiya, Janubiy Koreya, Fransiya va boshqalar bilan iqtisodiy-ijtimoiy sohalardagi hamkorlik yorqin misoldir. Iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etishda O„zbekiston quyidagi tamoyillarga amal qiladi: -Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; -O„zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilishni ta‟minlaydigan huquqiy ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar va muassasalar tuzish; -Ilg„or texnologiyaning kirib kelishiga, xo„jalik tarkibini zamonaviylashiga ko„maklashadigan xorijiy sarmoyalarga nisbatan “ochiq yeshiklar” siyosatini o„tkazish; -Respublika mustaqilligini ta‟minlaydigan o„ta muhim sohalarni ishlab chiqarish vositalar bilan ta‟minlash hamda raqobat - bardosh mahsulot ishlab chiqarishga qaratish; O„zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishi va bu aloqalarni erkinlashtirishida huquqiy jihatdan ta‟minlovchi qonunlarning ahamiyati katta bo„ldi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat to„g„risida”, “Chet el investitsiyalari to„g„risida”gi va “Xorijiy investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to„g„risida”gi, “Bankrotlik to„g„risida”gi qonunlar va boshqa me‟yoriy hujjatlar shular jumlasiga kiradi. Shu qatorda respublika chet el investisiyalarini ishonchli sug„urta bilan himoyalashni ham ta‟minladi. Bu huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun shart- sharoitlar yaratdi. Amaldagi qonunlar chet ellik investorlar uchun kafolatlar bilan bir qatorda soliq sohasida keng imtiyozlar berdi. Birinchi navbatda O„zbekiston iqtisodiga umumiy hajmi 50 million dollardan ortiq miqdorda qilinadigan investitsiyalar boj to„lashdan ozod qilindi. Bu investitsiyalarning davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarda ishtiroki natijasida yetti yil mobaynida foydadan soliq to„lashdan va korxonalar daromadlarining ishlab chiqarishni kengaytirishga va texnologiya bilan qayta jihozlashga sarflanadigan qismi ham soliq to„lashdan ozod qilindi. Ishlab chiqarilgan tovarlarni import va eksport qilish uchun bojxona to„lovlari ancha kamaytirildi. Shuningdek, xorjiy sarmoyalar natijasida O„zbekistonda “SamKuchavto”, “UzDEUavto”, Ko„kdumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va boshqalar qurildi. Janubiy Koreya sarmoyadorlari bilan “O„zDEUavto”, “O„zDEU Elektroniks” hissadorlik birlashmalari keng faoliyat natijasi o„laroq O„zbekiston jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakat qatoridan o„rin egalladi va yuqori baholarga sazovor bo„ldi. Bu mamlakat bilan hamkorlikda telefon tarmoqlari yangilandi. Download 465.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling