Bank ishi va audit


 O„zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo„shilishi va xalqaro nufuzining


Download 465.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana26.01.2023
Hajmi465.03 Kb.
#1127703
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
AKRAMOV TARIX

 
2. O„zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo„shilishi va xalqaro nufuzining 
ortib borishi 
O„zbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo havfsizlikni ta‟minlashda 
xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi 
istiqbolli natijalarni ko„rsatdi. Ko„pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, 
NATO, EKO, Islom konfrensiyasi, Qo„shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham 
samarali hamkorliklar yo„lga qo„yildi. 1994-yil iyul oyida O„zbekiston NATOning 
“Tinchlik yo„lidagi hamkorlik” Dasturiga qo„shildi. 1999-yil aprelda I.A.Karimov 
Shimoliy Atlantika Ittifoqi qoshidagi “Tinchlik yo„lida hamkorlik” dasturining 
a‟zosi sifatida NATO ning 50 yillik yubiley tantanalarida qatnashdi. NATO Bosh 
kotibi 
X.Solana 
va AQShning NATOdagi doimiy vakili R.Xanterning 
O„zbekistonga tashriflari O„zbekiston va mazkur tashkilot o„rtasidagi tinchlik 
yo„lidagi siyosatining hamohang ekanligini ham ko„rsatdi.
O„zbekiston BMTga a‟zo bo„lib kirgan yillari YeXHTning katta mansabdor 
xodimlari qo„mitasining Pragadagi yig„ilishida MDH tarkibidagi davlatlarni ushbu 
tashkilotga a‟zo bo„lib kirishi masalasi ko„tarildi. 1992-yil 26-fevralga kelib 
O„zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo 
chekdi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O„zbekistonning Yevropa 
xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bo„linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib 
bormoqda. YeXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bo„yicha Byurosi 
mintaqada barqarorlikni ta‟minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan 
hamkorlikni yo„lga qo„yib olgani quvonarli holdir. O„zbekiston rahbariyatining 
mojorolar kuchayib borayotgan yerlarga qurol-yarog„ yetkazib berishni to„xtatish 
haqidagi fikri Lissabon uchrashuvining yakunlovchi hujjatiga kiritildi.
1999-yil 18-19-noyabr kunlari mazkur tashkilotga a‟zo 54 mamlakat 
rahbarlari uchun Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuv bo„lib 
o„tdi. Mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan Yevropada 
xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan 
edi. XX asr oxiri XX1 asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash davri 
bo„ldi. Bu kurashga O„zbekiston o„zining katta hissasini qo„shmoqda. Buni AQSh 
senatorlaridan Liberman tasdiqlab: “O„zbekistonsiz bizning Afg„onistondagi 
aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli bo„lmas edi”,-deydi.
Bu o„rinda O„zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga ham 
to„xtab o„tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim va 
muzokaralar o„laroq O„zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o„rtasidagi bitim 1996-yil 
21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida YeI davlatlari rahbarlarining 
yig„ilishida imzolandi. Florensiyaning “Fortezza de basso” qal‟asida Yevropa 
Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuv - 
sammitida 
imzolangan 
sheriklik 
va 
hamkorlik 
to„g„risidagi bu hujjat 
O„zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida o„z o„rni va ovoziga 
ega bo„lishida katta ahamiyat kasb etdi.


O„zbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkiloti, Qo„shilmaslik 
harakati kabi mintaqaviy tashkilotlar bilan ham samarali aloqalar o„rnatdi. Bular 
orasida, ayniqsa, yuzdan ortiq a‟zoga ega. 1985-yilda tuzilgan Qo„shilmaslik 
harakati tomonidan olib borilayotgan siyosat O„zbekiston tashqi siyosatining 
asosiy tamoyillariga, xalqaro kelishmovchiliklarni tinch o„l bilan hal qilish, turli 
harbiy-siyosiy 
bloklar 
faoliyatida 
qatnashmaslik, 
tinchliksevarlik 
kabi 
o„nalishlarga to„la mos keladi. O„zbekiston bu tashkilotga 105-a‟zo bo„lib kirdi
O„zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosatida 
jahon hamjamiyatiga qo„shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, 
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o„rnatish masalalari dolzarb vazifalar 
qatoriga kirdi. Shu bois O„zbekiston jahon iqtisodiyotida integrasiyalashish 
yo„lidan borib, Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporasiyasi, 
Iqtisodiy taraqqiyotga ko„maklashuv tashkiloti va boshqa moliyaviy iqtisodiy 
tashkilotlarga a‟zo bo„lib kirdi va ular bilan hamkorlikni yo„lga qo„yib oldi. Shu 
bilan birga O„zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar-Jahon 
sog„liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk 
tashkiloti, BMT ning bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo„yicha 
xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiada qo„mitasi, 
Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan o„zaro aloqalarni 
tiklab oldi. Ularning vakolatxonalari Respublikamizda ochildi va faoliyat 
ko„rsatmoqda. BMT ning ta‟lim, ilm-fan va madaniyat masalalariga ixtisoslashgan 
YuNESKO 
tashkiloti 
bilan 
ham 
Respublikamiz 
o„rtasidagi hamkorlik 
munosabatlari shu kunlarda muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. O„zbekiston 
1993 yil YuNESKOga a‟zo bo„lgan edi. (O„sha paytdayoq YuNESKO dasturiga 
buyuk munajjim Muhammad Tarag„ay Ulug„bek tavalludini dunyo miqyosida 
nishonlash masalasi O„zbekiston bilan ushbu tashkilot o„rtasidagi hamkorlikning 
yangi asosdagi rivojini boshlab berdi.) 1994-yilga kelib esa O„zbekiston 
Respublikasining YuNESKO ishlari bo„yicha Milliy komissiyasi tashkil etildi
YuNESKOning Bosh direktori va Fransiya Prezidenti ishtirokida YuNESKO 
qarorgoxida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va ma‟rifatning gullab-yashnashi 
“ ko„rgazmasini ochdi.
O„zbekiston bilan YuNESKOning o„zaro hamkorligi kengayshi natijasida 
YuNESKO ishtirokida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochildi, 2000-
yilda 28-dekabrda esa Shahrisabz YuNESKO ro„yxatiga kiritildi. Shaxrisabz bu 
ro„yxatga kiritilgan respublikamizdagi uchinchi shahar bo„ldi. Bunday aloqalar 
o„z navbatida munosabatlarimizni yanada yuqori pog„onaga ko„tarib, 
hamkorligimiz sohalarini kengaytirdi. Mustaqillik yillari respublikada o„tkazilgan 
barcha tadbirlarda YuNESKO ishtirok etdi. Amir Temur tavallud topgan kunining 
660 yilligi, Axmad al-Farg„oniy, Imom al-Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi kabi 
buyuk shaxslarning yubiley tantanalari, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 
yilligi, “Alpomish” dostonining 1000 yilligi kabi tadbirlar bevosita YuNESKO 
homiyligida o„tkazildi.

Download 465.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling