Bank ishi” yo’nalishi sbi 55 guruh talabasi Yo‘ldoshev Xurshid mavzu: “Bank daromadlari, ularning turlari va hisobi” mavzusidagi kurs ishi tekshirdi: toshkent 2023 mavzu: “Bank daromadlari, ularning turlari va hisobi” reja: Kirish


Download 260 Kb.
bet7/7
Sana19.06.2023
Hajmi260 Kb.
#1620829
1   2   3   4   5   6   7
Banklarning nomi

Bank daromadlari

Bank xarajatlari

Bank foydasi

1

Sanoat-qurilish banki

7914769

5264469

2650300

2

Paxta banki

7833658

5186042

2647643

3

Turon bank

345055

136860

208195

4

O’T-bank

111640

37823

73817

5

Uyjoyjamg’arma banki

111562

56845

54717

6

Ipak yo’li banki

107331

85708

21623

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, banklar moliyaviy natijalarni foyda bilan tugallagan. Sarmoya yordamida olinadigan -foyda me’yori sifatida hisoblanadigan tijorat banki rentabelligi (5-jadval) bank faoliyati natijadorligining (K1) asosiy umumlashtiruvchi ko’rsatkichidir. K1 ko’rsatkichi tijorat bankining o’z sarmoyasi foydaliligi nuqtai nazaridan bank qanday ishlayotganini ko’rsatadi. Bankning o’z sarmoyasi qanchalik foyda keltirishi shu tijorat banki aktsiyadorlarining hammasini qiziqtiradi. Zero sarmoya foydaliligi aosida bank aktsiyalari foydaliligi haqida xulosa chiqarishi mumkin. K1 – universal ko’rsatkich bo’lib, u ikki o’lchamni o’zida birlashtiradi. Bular:



    • aktivlar foydaliligi (K2);

    • sarmoya etarliligi koeffitsienti (K3).

Mazkur o’lchamlar bank ichki siyosatini hamda uning apparati kasb-mahoratini aks ettiradi.
K1=foyda/sarmoya;
K2 = foyda/aktivlar;
K3 = sarmoya/aktivlar;
K4 = foyda/daromad;
K5 = daromad/aktivlar.

6-jadval. Ayrim tijorat banklarining rentabellik ko’rsatkichlarini tahlili



Tijorat banklarning nomi

K1 (%)

K2 (%)

K3 (%)

K4 (%)

K5 (%)

1

Sanoat-qurilish banki

78,7

9,5

12

-

-

2

Paxta banki

112

11

9,7

33,8

31,9

3

Turon bank

95

16

17

60,3

26,8

4

O’T-bank

62

7,7

12,5

66,1

11,7

5

Uyjoyjamg’arma banki

54

10,9

20,1

49

22

6

Ipak yo’li banki

49

6

11,3

20,2

27,4

7

Trast bank

64

8,8

13,7

69,6

12,6

Jadval ma’lumotlariga qarab shuni ta’kidlash mumkinki, K1 koeffitsienti bir qancha banklarda ancha yuqori. Bular, xususan, Paxta bank (112%), Turon bank (95%) va Sanoat-qurilish banki (78.7%).


Bu banklar chiqargan aktsiyalari foydaliligi boshqa banklarnikiga nisbatan ayniqsa yuqoridir. K1 ko’rsatkichi ma’lumotlariga qaraganda, yuqorida aytilgan 3 bank aktsiyalari potentsial investorlar o’z mablag’larini qo’yishlari uchun eng maqbuli hisoblanadi. Lekin boshqa tomondan olganda, Paxta bankka K3 ko’rsatkichi past. Bu esa K1 ko’rsatkichi baland bo’lishiga aktivlar foydaliligi hisobidan emas, balki sarmoya etarliligi ko’rsatkichi pastligi evaziga erishilganidan dalolat beradi. K4 ko’rsatkichi bankning o’z chiqimlarini nazorat qilish qobiliyatini aks ettiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat bankining chiqim moddalarini nazorat qilish bank faoliyatining muhim tomonlaridan biriga aylanmoqda. Bank rahbariyati esa bank xarajatlarini oqilonalashtirishga intilmog’i kerak. Bankning qarz mablag’lari kamayishi, shu bilan birga, foizga doir chiqimlar kamayishi, K4 ko’rsatkichini oshirish yo’llaridan biridir. Biroq shuni ta’kidlab o’tish lozimki, xizmatchi xodimlarni saqlash xarajatlari qisqartirilishi maqsadga muvofiq emas. Zero, buning oqibatida ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati yomonlashib, eng malakali xodimlar ketib qoladi. K4 ko’rsatkichi eng yuqori bo’lgan banklar sifatida Trast bank (69.6%), shuningdek, O’T- bank (66.1 %) kabilarni misol keltirishimiz mumkin. Bu esa mazkur banklar chiqim moddalarini nazorat qila borib, o’z daromadlaridan maksimal foyda olayotganlarini bildiradi.
Agar Ipak Yo’li bankining K4 ko’rstkichini ko’rib chiqsak, bank but un daromadlarining 80% xarajat qilinayotganini ayon bo’ladi, ya’ni bankning qarz mablag’lari juda ko’p bo’lib, u shu qarzdan foydalangani uchun foizlar to’layapti, yoxud o’z xizmatchilariga juda katta ish haqi to’layapti.
Endi banklar daromad hamda xarajatlarining pul ifodasidagi hajmini nazarda tutgan holda ular faoliyatini tahlil qilamiz.
Bank daromadlari yoki foydasi hajmi banklar o’z aktsiyalari bo’yicha katta dividendlar to’layapti, deyishga asos bermaydi. Masalan, agar bank katta foyda olsa, ikkinchi tomondan esa uning aktsiyadorlari ko’p bo’lsa, u holda har bir aktsiya bo’yicha to’lanadigan dividendlar unchalik katta bo’lib chiqmasligi ko’zga tashlanib qoladi. Daromadlari hajmi uncha katta bo’lmagan bank esa o’z aktsiyadorlari kamligi tufayli ko’proq divident to’lashga qodir bo’lishi mumkin.
K5 koeffitsientining eng yaxshi ko’rsatkichi quyidagicha:
Paxta Bank – 31.9%, Ipak Yo’li banki – 27.4 %, Turon bank – 26.8%. K5 ko’rsatkichini K4 ko’rsatkichi bilan birgalikda tahlil qilib aytish mumkinki,yuqorida sanab o’tilgan 3 bank chiqim moddalarini oqilona boshqarsa, o’z foydasini ko’paytirish uchun eng ko’p imkoniyatga egadir.K1, K2, K3, K4 va K5 ko’rsatkichlari hisob-kitobi e’lon qilinayotgan balanslar asosida tijorat banklari faoliyatini mufassal tahlil qilish imkonini beradi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning o`rtacha tarmoq rentabellik darajasi foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilab beruvchi mezondir. Shu narsadan kelib chiqqan holda kredit olgan хo`jalik yurituvchi sub’ekt uchun ushbu darajadan ortiqcha foizni to`lash maqsadga muvofiq emasdir. Kredit uchun olinadigan foizning quyi chegarasi esa bank tizimining ob’ektiv zaruriy хarajatlar normasi bilan belgilanadi. Bu ob’ektiv zaruriy хarajatlar normasi quyidagilardan tashkil topadi:

  • resurslarni akkumulyatsiya qilish va joylashtirish bilan bog`liq хarajatlar;

markazlashtirilgan fondlar, majburiy rezervlar yaratish bilan bog`liq bo`lgan хarajatlar;

  • tijorat bankining turli rivojlantirish fondlarini shakllantirish bilan bog`liq bo`lgan хarajatlar va boshqalar.

Bizning fikrimizcha, ushbu chegaralarda foiz stavkasining darajasi quyidagi omillarning ta’siri natijasida aniqlanishi maqsadga muvofiq:
1.Tijorat banki kredit resurslarining tarkibiy tuzilishi (chetdan jalb etilgan resurslar hissasining qanchalik yuqoriligi, kreditning qanchalik qimmatligi);
2.Kreditga bo`lgan talab va taklifning darajasi (talab qanchalik ko`p bo`lsa, kredit shunchalik qimmat bo`ladi);
3.Mamlakatdagi pul muomalasining ahvoli (pulning inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, tijorat banklari o`z daromadlarini yo`qotish хatari qancha baland bo`lsa, o`z navbatida kreditning bahosi ham shuncha yuqori bo`ladi);
4.Bundan tashqari qimmatli qog`ozlar bozor kursi va boshqalar bilan ham belgilanadi.
Shu boisdan quyidagi yakuniy fikrlarga kelishimiz mumkin bo’ladi:

  • tijorat banklari akkumulyatsiya qilingan mablag`larning egalari

bo`lmasalarda, shu mablag`larni faoliyat ko`rsatuvchi boshqa хo`jalik yurituvchi
sub’ektlarning oborotiga joylashtiradilar va foiz shaklidagi qo`shimcha qiymatga ega bo`ladilar. Ana shu foizlar ular foydasining asosiy manbai bo`lib hisoblanadi va uning bir qismi muomala хarajatlarini qoplashga sarf etiladi;

  • tijorat banklarida foyda, asosan, olingan foizlar va muomala хarajatlari

o`rtasidagi farq sifatida shakllanadi. Shuni inobatga olgan holda ular olingan foizlar bazasini yanada kengaytirish va xarajatlarini imkon darajada kamaytirish;

  • bugungi kunda tijorat banklarining asosiy xarajatlarini operatsion xarajatlar tashkil etmoqda. Aloqa bank misolida tahlil qilganda ham jami xarajatlar salmogída operatsion xarajatlar asosiy o’rinni tashkil etgan. Foydani oshirish uchun operatsion xarajatlarni kamaytirish;

  • tijorat banklarida vositachilik operatsiyalarini yanada oshirish, xususan

trast operatsiyalarni, konsalting operatsiyalarni, outsorsing va boshqa operatsiyalarni takomillashtirish;

  • banklarning elektron tijorat orqali oladigan foydasining manbalarini

oshirish, buning uchun yangi texnika-texnologiyalarni banklar faoliyatiga olib
kirish;
Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, quyidagi foydaning mutlaq hajmiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni har doim nazorat qilib borilishi ham muhimdir:

  • bank daromadi bilan xarajatining o‘sishi sur’atlari o‘rtasidagi nisbat;

  • bankning ayrim aktiv operatsiyalaridan olingan o‘rtacha daromad;

  • bank aktivi tarkibida daromad keltiruvchi aktivlar salmog‘i ;

  • bankning aktiv va passiv operatsiyalari bo‘yicha foiz stav-kalarining

harakati;

  • daromad keltiruvchi aktivlar tarkibi;

  • kredit portfeli tarkibi;

  • riskli aktiv operatsiyalarining bank aktividagi salmog‘i;

  • har bir aktiv operatsiyalarning daromadliligi

Bank texnologiyasining takomillashishi natijasida bankning samarali faoliyatini ta’minlash, foydani oshirish maqsadida quyidagi faoliayatlarga alohida ahamiyat berish lozim maqsadga muvofiq:

  • risklarni boshqarish;

  • bank texnologiyalari;

  • bankning mijozlar bilan ishlash faoliyati yanada sifatini oshirish;

  • reklama va marketing faoliyatlarini takomillashtirish;

  • bank foydasini o’stirish imkoniyatlarini hisoblash va ularni yo’lga qo’yish chora-tadbirlarini belgilash.


XULOSA
Mazkur kurs ishida ko’tarilgan mavzudan shunday xulosa qilishimiz mumkinni, tijorat banklarining yuqoriroq foyda olishi, ularning daromadlilik va likvidliligining ta’minlanishi, shuningdek banklarning moliyaviy barqarorligi, avvalumbor, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga salmoqli ahamiyatga ega bo’lib, bundan tashqari banklarning qanchalik ko’proq foydaga ega bo’lishi, o’z navbatida, banklarning omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini shunchalik darajada himoya qilinganligidan, hamda tijorat bankining xizmatlari, operatsiyalari va faoliyati barqaror ekanligidan dalolat beradi. O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilganda, avvalambor shuni ta’kidlashimiz kerakki, global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan O’zbekiston o’z iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholining turmush darajasini izchil yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o’z pozitsiyasini mustahkamladi.
Ayni paytda barqaror va ishonchli faoliyat yuritib kelayotgan mamlakatimizdagi barcha tijorat banklari iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, uning yetakchi tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik jihatdan yangilash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda aholining ish bilan bandligini ta‟minlashga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Aholining bo’sh pul mablag’larini bank omonatlariga jalb qilish orqali ular uchun nafaqat daromad manbai, shu bilan birga bank uchun ham qo’shimcha resurs manbaidir. Shuningdek, bu orqali iqtisodiyotda pul mablag’larini bankdan tashqari jamg’arilishiga yo’l qo’yilmaydi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib, bu borada aholining manfaatlarini ham inobatga olgan holda, tijorat banklari tomonidan aholi uchun jozibador omonat turlari joriy etilmoqda. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyati natijalarining tahlili shuni ko’rsatadiki, banklarning sof foydasi oshgan. Bank foydasining oshishi bank daromadlarining, ayniqsa bankning kredit operatsiyalari bo’yicha daromadlarining o’sganligi evaziga bo’lgan. Lekin tahlil natijalari shuni ko’rsatmoqda banklarimiz jami daromadlari tarkibida foizsiz daromadlarning hajmi ko’proq, jami xarajatlar tarkibida esa operatsiya xarajatlari ko’proq ulushni tashkil etmoqda.
Bu natijalarga berilgan kreditlar, depozitlar va boshqa jalb qilingan mablag’larning oshganligi evaziga erishildi. Shuningdek foizsiz xarajatlar hajmining oshishini ham inobatga olish kerak, bu bank faoliyatida menejmentni rivojlantirish kerak ekanligini anglatadi, aks holda bu qoniqarsiz natijaga olib kelishi mumkin. Shuningdek foizli marja ko’rsatkichi bank foydasini shakllanishida muhim bo’lgan ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. U bank
xarajatlarini qoplab, foydaning shakllanishiga asoslangan, uning oshgani bank qo’yilmalarining daromadliligini ko’rsatadi.
Respublikamiz tijorat banklarining daromadlarini oshirish, bank foydasini ko’paytirish maqsadida quyidagi takliflarni kiritishimiz mumkin:
1.Tijorat banklarining foizli daromadlarini yalpi daromad hajmidagi salmog’ining mo’tadil darajasini ta’minlash, bunda jami daromad tarkibida foizli daromadlarning ulushini 70% va undan ortiqroq qilishga erishish lozim.
Bu ishlarni bajarishda maxsus fondlar yordamidan kengroq foydalanish zarur.
2.Tijorat banklariga barqaror resurs manbalarini ko’proq jalb qilib, shu orqali har xil kutilmagan zararlarnin kamaytirishga erishish kerak.
3. Banklarda innovatsion texnologiyalar va yangi zamonaviy xizmat turlarini ko’proq qo’llagan holda bank faoliyatining samaradorligini oshirish va bu orqali operatsion va boshqa xarajatlar salmog’ini kamaytirishga erishish lozim.
4.Tijorat banklarida marketing tadqiqotlarini samarali va keng yo’lga qo’yish orqali banklarga yangi mijozlar jalb qilishni takomillashtirish tizimini yaratish kerak, bu esa o’z navbatida bank foydasini yanada ko’paytirishga xizmat qiladi.
5. Foyda va zararlarni chuqur tadqiq etishda foyda va rentabellikni o’stirishning ichki imkoniyatlarini aniqlashda, bank foydasini o’stirish yuzasidan har tomonlama asoslangan xulosalarni chiqarishda moliyaviy hisobotlarning takomillashgan tartibini joriy etish lozim.
6.Respublika tijorat banklarining moliyaviy bozordagi operatsiyalarini rivojlantirish.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

  1. O`zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi Toshkent. 2023y.

  2. A.J.Abdullaev, Z.A.Qayimova, Sh.Sh.Boltaev, D.M.Narzieva – Pul va Banklar O`quv qo`llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2021y.

  3. Q.O. O'rishev - Moliyaviy Hisob Va Hisobot fanidan O`UM Andijon 2021y.

  4. Z.A.Umarov - Banklarda buxgalteriya asoslari darslik Toshkent 2021y.

  5. A.A.Omonov, T.M.Qoraliyev - Pul va Banklar darslik Qayta ishlangan va to`ldirilgan 2-nashri Toshkent “IQTISOD-MOLIYA” 2019y.

  6. Sh.Z.Abdullayeva - Pul va Banklar O`quv qo`llanma Toshkent “IQTISOD-MOLIYA” 2018y.

  7. Sh.Z.Abdullayeva – Bank ishi fanidan darslik, Toshkent “IQTISOD-MOLIYA” 2017y.

  8. Bank ishi - O`UM Toshkent Moliya Instituti Toshkent 2017y.


Internet saytlari.

  1. http://www.press-service.uz

  2. http://www.gov.uz

  3. http://www.cbu.uz

  4. http://www.stat.uz

  5. www.lex.uz

  6. wvw.economist.com

  7. www.ebrd.com/fmancialreport

Download 260 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling