Kreditga berilgan pul mablag’i yoki tovar
Kreditor
Kredit oluvchi
1-rasm. Tijorat banklarida Kreditlash tarkibi.1
Kreditlash obyekti − bu qarzga olingan pul yoki tovar shaklidagi moddiy boyliklardan iborat. Uch bazaviy element (kreditlash subyekti, obyekti va ta’minoti) umumlashgan holda kreditlash tizimi sifatida harakat qiladi. Lekin boshqa tomondan yondashadigan bo‘lsak, kredit ta’minotsiz ham ajratilishi mumkin. Masalan, obro‘li va xalqaro bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan firma, joriy moliyaviy kiyinchiliklarga duch kelib bank kreditiga murojaat etdi. Bunda bank iloji boricha bu kreditni berishga harakat qiladi, chunki bunday mijozni yo‘qotish bank uchun foydali emas. Yana bir misolda ko‘rishimiz mumkin, bir korxon kelajagi juda samarali, istiqbolli va foydali bo‘lgan loyihani bankka taqdim etib, bu loyihani moliyalash uchun kredit so‘rashi mumkin. Bank ushbu loyiha istiqboliga amin bo‘lib, yuqori foyda olish maqsadida kredit berishi mumkin.
Endi kreditlash subyektiga yana qaytadigan bo‘lsak, qarz oluvchi bo‘lib mulkchilik turidan qat’iy nazar, bank ishonchini qozongan, ma’lum moddiy va huquqiy kafolatlarga ega foiz to‘lash va kreditni o‘z vaqtida qaytarishga rozi bo‘lgan subyektlar bo‘lishi mumkin.
Kreditlash subyektlariga yanada aniqroq yondashadigan bo‘lsak ularni quyidagilarga bo‘lish mumkin:
- davlat korxona va tashkilotlari;
- kooperativlar;
- ishlab chiqarish subyektlari va savdo tashkilotlari;
- yakka mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar, fermerlar, mikrofirmalar, shirkatlar, birlashmalar;
- boshqa banklar; boshqa xo‘jaliklar xususan bukumat korxonalari, qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Undan tashqari, qisqa muddatli kreditlarni yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tadbirkorlar ham olishlari mumkin. Yuqoridagi subyektlar kredit oluvchi sifatida faroliyat ko‘rsatsa, tijorat banklari yoki boshqa kredit muassasalari kredit beruvchi subyekt sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, banklar banklararo kreditlarda qarz oluvchi subyekt sifatida ham faoliyat ko‘rsatadilar.
Kreditlash mexanizmi
Kreditlash subyektlar
Kredit ta’minoti
Kreditlash
Kredit monitoringi
Kreditlash usullari
Qarz oluvchi
Kreditor
Qarzga berilgan qiymat
2-rasm. Tijorat banklarida Kredit mexanizmi tarkibi.2
Kredit subyekti, obyekti, ta‘minoti, kreditlash metodlari va usullari, kredit monitoringini yuritish va boshqalar kredit mexanizimini tashkil etadi va ular kreditlash mexanizmining asosiy elementlari hisoblanadi. Albatta, kredit mexanizmining mohiyatiga turlicha yondashuvlar mavjud, lekin shu bilan birga, yuqorida keltirilgan elementlar kredit mexanizmining asosini tashkil etadi. Kredit munosabatlarini o‘rnatishda mazkur elementlarning qaysi biridir muhim ahamiyatni o‘zida mujassamlashtirishi va kreditorning qaror qabul qilishida hal qiluvchi omilga aylanishi mumkin. Masalan, obro‘li va xalqaro bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kompaniya yoki firma, joriy faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib bank kreditiga murojaat etdi. Bunda bank iloji boricha unga kreditni berishga harakat qiladi, chunki bunday mijozni yo‘qotish bank uchun foydali emas.
Qishloq xo‘jaligida banklar dehqonchilik va chorvachilik xarajatlari; mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i va boshqa xarajatlarni kreditlashadi. Umuman olganda, qisqa muddatli kreditlar quyidagi 3ta asosiy obyektni kreditlashga yo‘naltiriladi:
– Tovar-moddiy boyliklar;
– Ishlab chiqarish xarajatlari;
– Hisob-kitoblar uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar. Uzoq muddatli kreditlar quyidagi kreditlash obyektlariga yo‘naltirilishi mumkin:
− ishlab chiqarish obyektlarini qurish uchun;
− ishlab chiqarish obyektlarini qaytata’mirlash, texnik qurollantirish va kengaytirish uchun;
− texnikalar, asbob-uskunalar va transport vositalarini sotib olish uchun;
− yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun;
− noishlab chiqarish sohasidagi obyektlarni qurish va hokazo.
Ko‘rinib turibdiki, kreditlarning turlariga qarab ularning kreditlash obyekti va subyekti farqlanadi. Masalan:
— tijorat kreditida
− kreditlash obyekti tovar hisoblanib, subyekt esa sotuvchi bilan xaridor hisoblanadi;
— bank kreditida yuqorida ko‘rib chiqqan barcha obyektlar boiishi mumkin;
— iste’mol kreditida
− kreditlash obyekti iste’mol tovarlari hisoblanadi;
— xalqaro kreditda
− kreditlash subyekti bo‘lib asosan davlatlarlar va xalqaro moliya tashkilotlari hisoblanadi va hokazo.
Tijorat banklarida kreditlash jarayoni beshta tamoyil asosida amalga oshiriladi:
1. Kreditning maqsadliligi.
2. Kreditning muddatliligi..
3. Kreditning qaytaruvchanligi.
4. Kreditning ta’minlanganligi.
5. Kreditning to‘lovliligi.
Kredit iqtisodiy munosabatlarni belgilangan tizimi sifatida boshqa pul munosabatlaridan farq qiladi, ya’ni pulning xarakati qaytarib berish sharti bilan amalga oshiriladi.
Banklar tomonidan kreditlar albatta ma’lum bir maqsad uchun ajratiladi. Masalan, aylanma mablag‘larni to‘ldirish, asosiy vosita xarid qilish, ish haqi to‘lash va boshqalar uchun ajratiladi.
Kredit so‘ralayotgan maqsad va uning samaradorligi darajasi kredit olish uchun taqdim etiladigan biznes rejada o‘z aksini topadi. Bank tomonidan ushbu reja va unda aks ettiriladigan maqsad hamda uning samaradorligi kreditning belgilangan muddatida qaytishiga to‘liq ishonch hosil qilingandagina kredit ajratish uchun qaror qabul qilinadi. Kreditning muddatlilik tamoyili, qaytarishlik tamoyili bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Kreditlashning muddatliligi ikki tomonlama xarakterga ega. Birinchidan, kreditning mohiyati vaqtincha foydalanishga berilgan mablag‘larning qaytarilishinigina bildirib qolmay, balki bu qaytarilishni aniq muddatlarini belgilashni ham taqozo etadi. Kreditning muddati, bir tomondan foydalanishga berilayotgan kredit resurslarining bo‘sh turish muddati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan qarz oluvchining mablag‘- larga bo‘lgan vaqtinchaiik ehtiyojlarining muddatiga bog‘liq.
Qaytaruvchanlik tamoyili kreditning mazmunini ifodalab, bank tomonidan mijozlarga beriladigan har bir so‘m pul mablag‘lari yana bankka qaytarilishi lozim. Qaytarib berishni iqtisodiy asosi sifatida mablag‘larning uzluksiz doiraviy aylanishi hisoblanadi. Qaytaruvchanlik kreditning ajralmas atributi hisoblanadi. Kreditning sanab o‘tilgan tamoyillari uning qaytaruvchanligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Kreditning keyingi tamoyili − kreditning ta’minlanganligidir. Bunda kreditning ta’minlanganligi kredit berilishiga asosan qarz oluvchining mulki, moddiy boyliklar zaxiralari, ko‘chmas mulki yoki ishlab chiqarish 13 xarajatlari summasiga mos kelishi bilan belgilanadi, Bu o‘z navbatida kreditni o‘z muddatida qaytarilishiga kafolat berilishini tasdiqlaydi.
Tijorat banklarining kreditlash amaliyotini tashkil qilish, uning samaradorligini ta'minlash xususidagi masalalar to‘g‘risida to‘xtalib, D.MakNoton rivojlanayotgan mamlakatlarda kreditlash amaliyotini tashkil qilishning zaruriy shartlaridan biri kreditlarni garov ta'minoti asosida berishni odatiy hol sifatida qabul qilishdir, degan xulosaga keldi. Uning fikriga ko‘ra, garov sifatida olinadigan mulkning sotilish bahosi kredit va uning foizini qaytarishga yetishi lozim. Bizning fikrimizcha, olimning mulkni davriy baholash to‘g‘risidagi fikri respublikamiz amaliyoti uchun ham juda muhim hisoblanadi. Chunki mulklarning joriy bahosini tez-tez o‘zgarish holati mamlakatimizning xo‘jalik amaliyotiga xos bo‘lgan holat hisoblanadi.
Ssudaning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash uchun kredit shartnomasiga ko‘ra qarz oluvchi garovga ma’lum qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni qo‘yib rasmiylashtiradi. Agar kredit oluvchi kreditni o‘z vaqtida qaytara olmasa, u holda garovni sotish choralari ko‘riladi. Kredit miqdori garovga qo‘yilgan mulk qiymatining 50 foizidan 80 foizigacha miqdorida beriladi.
Kreditlashning yana bir tamoyili - olingan kredit uchun haq to‘lash yoki foizlilikdir. Bunda shartnomaga ko‘ra kredit oluvchi korxona o‘z ehtiyoji uchun kreditga olgan pul mablag‘laridan vaqtincha foydalanganligi uchun bankka belgilangan haqni to‘lashi lozim. Amaliyotda bu tamoyil bankning foiz mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |