«bank-moliya xizmatlari» fakulteti «bank ishi» kafedrasi


Download 115.92 Kb.
bet2/12
Sana12.03.2023
Hajmi115.92 Kb.
#1263221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 kurslar uchun amaliyot kursatmasi

1. UMUMIY QOIDALAR


O‘quv tanishuv amaliyoti oliy ta’limning 410000 «Iqtisod» ta’lim sohasi 60410500 «Bank ish va auditii» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oluvchi 1-kurs talabalarining ikkinchi o‘quv semestridan so‘ng 4 hafta davomida 30 soat miqdorda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Tanishuv amaliyoti Davlat ta’lim standartlari va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining tanishuv amaliyoti to‘g‘risidagi Nizom»i hamda mazkur Dasturga asosan tashkil etiladi.
Tanishuv amaliyoti ixtisoslik fanlarining nazariy qismini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan va bevosita banklarda o‘tkaziladigan ta’lim jarayoni bo‘lib, unda amaliyotchi bank tizimini rivojlantirish borasidagi o‘zining nazariy bilimlarini targ‘ib etishi lozim.


1.1. TANISHUV AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI


Bank tizimini mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son qarori bank sohasini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishiga bog‘liqdir.
Tanishuv amaliyotining asosiy maqsadi, yuqorida ta’kidlaganidek, talabalarning nazariy jihatdan olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash hamda bank tizimidagi o‘zgarishlarni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi «Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3151-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5847-son Farmoni talablariga muvofiq holda mazkur dastur va uslubiy ko‘rsatma tayyorlandi.
Talabalar ongini zamonaviy nazariy bilimlari bilan boyitish hamda ularning nazariy bilimlarini respublika hududida tijorat banklarda amaliyot o‘tish yo‘li bilan mustahkamlash yuqori malakali bank mutaxassislarini tayyorlashning asosini tashkil etadi.
Tanishuv amaliyotining asosiy maqsadi, yuqorida ta’kidlaganidek, talabalarning nazariy jihatdan olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash hamda bank tizimidagi o‘zgarishlarni hisobga olib, Prezidentimiz qarorlari, Farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlarini chuqur o‘rgangan holda O‘zbekistonda bank ishining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishdir. Shu nuqtai nazardan, tijorat banklarining pul muomalasi, qisqa va uzoq muddatli kreditlash, loyihalarni moliyalashtirish, kichik biznes va tadbirkorlikni kreditlash, hisob-kitoblarni tashkil etish va amalga oshirish hamda boshqa sohalarida talabalarning dastlabki kunikmalarini shakllantirishdan iborat.
Bundan tashqari talabalar tanishuv amaliyoti o‘tish davrida bankning umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida muntazam ishtirok etishlari lozim.
Talabalar mazkur dastur asosida tijorat banklari (va/yoki ularning filiallarida) quyidagi yo‘nalishlarni tanishuv amaliyoti davrida o‘rganadilar va tizimni to’risida dastlabki firk va takliflarini beradilar.



Download 115.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling