«bank-moliya xizmatlari» fakulteti «bank ishi» kafedrasi
– bo‘lim. TIJORAT BANKI VALYUTA OPERATSIYALARI BO‘LIMI FAOLIYATI BILAN TANISHISH
Download 115.92 Kb.
|
1 kurslar uchun amaliyot kursatmasi
5 – bo‘lim. TIJORAT BANKI VALYUTA OPERATSIYALARI BO‘LIMI FAOLIYATI BILAN TANISHISHAmaliyotchi avvalambor valyuta operatsiyalarini amalga oshirish yuzasidan mavjud qonun va normativ hujjatlari bilan tanishib chiqadi hamda bu jarayonda qo‘llaniladigan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini o‘rganadi. Ajratilgan davr ichida amaliyotchi quyidagi masalalarni ko‘rib chiqishi zarur: 1. Tijorat banklari (jumladan xorijiy banklar va ularning vakilliklari) o‘rtasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish yuzasidan vakillik (korrespondentlik) munosabatlarini tashkil etish tartibi. 2. Banklararo vakillik (korrespondentlik) hisobvaraqalarini ochish tartibi va ularning turlari. 3. Banklarda ishlayotgan xalqaro pul o‘tkazmalarini (“Moneygram”, “Western union”, “Kontakt”, “Anelik”, “Migom” va boshqalar) amalga oshirish tartibi bilan tanishish. 4. Xalqaro hisob-kitoblarning shakllari va ularni amalga oshirish tartibi. Garchi bankda boshqa valyuta operatsiyalari bajarilsa unga ham tavsifnoma berish kerak. Mavzuga oid hujjatlar (hisobotga ilova qilish uchun): 1. Vakillik munosabatlarini o‘rnatishga doir hujjatlar (jumladan, shartnomalar va boshqalar). 2. Valyuta hisobvaraqlarini ochish va yuritish yuzasidan hujjatlar (jumladan, ariza, shartnoma va boshqalar). 3. Valyuta ayirboshlash shahobchasida ishlatiladigan hujjatlar. 4. Xorijiy valyutaga oid kassaviy operatsiyalarni amalga oshirilishida ishlatiladigan hujjatlar. 6 – bo‘lim. TIJORAT BANKI KASSA OPERATSIYALARI BO‘LIMI FAOLIYATI BILAN TANISHISHMijozlarga naqd pul berish, ulardan naqd pul qabul qilish, kechki va qayta sanash kassalarida ishlarni tashkil etish, inkassatsiya va ular bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘tkazish kassa operatsiyalari xodimlari zimmasiga yuklatilgan. O‘rganish davrida tijorat banklarida emissiya kassa ishlari, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnomalar bilan tanishib chiqishi lozim. Kassa operatsiyalari bo‘limida amaliyotchi kuyidagilarni o‘rganishi zarur; 1. Kassa bo‘limining tashkiliy tuzilmasi va vazifalari hamda kassa xodimlari o‘rtasida ish taqsimoti. 2. Kassa operatsiyalari yuzasidan hujjatlarini qabul qilish va tekshirish, naqd pullar va boshqa boyliklarni kirimga olish. 3. Kirim, chiqim va ichki bank operatsiyalari uchun kassa hisobotini yuritish. 4. Tashkilotlar qoshidagi maxsus kassalardan va inkassatorlardan tushadigan pullarni nazorat qilish. 5. Ruxsat berilgan miqdordagi naqd pullarni rezerv fondidan (boshqa banklardan) aylanma kassaga qabul qilish va ortiqcha naqd pullarni rezerv fondiga (boshqa banklarga) o‘tkazish tartibi. 6. Naqd pullarni o‘rab bog‘lash, muomilaga yaroqsiz pullar bilan ishlash xususiyatlari. 7. Kassa operatsiyalari bo‘yicha hisobotlarni rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi. Mavzuga oid hujjatlar (hisobotga ilova qilish uchun): 1. Kassa bo‘limi to‘g‘risida Nizom; 2. Kirim kassa hujjatlari; 3. Chiqim kassa hujjatlari; 4. Kechki kassa hujjatlari; 5. Kassa hisobotlari; 6. Naqd pulni jo‘natish, qabul qilish yuzasidan hujjatlar; 7. Muomalaga yaroqsiz pullarni qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha hujjatlar. Download 115.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling