«bank-moliya xizmatlari» fakulteti «bank ishi» kafedrasi


– bo‘lim. TIJORAT BANKLARIDA TO‘LOV TIZIMI BILAN TANISHISH


Download 115.92 Kb.
bet8/12
Sana12.03.2023
Hajmi115.92 Kb.
#1263221
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1 kurslar uchun amaliyot kursatmasi

9 – bo‘lim. TIJORAT BANKLARIDA TO‘LOV TIZIMI BILAN TANISHISH


Tijorat bankida to‘lov tizimi tashkil etilishini 2020 yil 3 fevralda qabul qilingan “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunga asosan o‘rganib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Amaliyotchilar to‘lov tizimini o‘rganishi va tahlil qilishlari kerak. Bank tomonidan tashkil etilayotgan to‘lov ishlarida amaliyotchining ishtirok qilishi maqsadga muvofiqdir. Belgilangan davr ichida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
1. Tijorat banki tomonidan mijozlarga to‘lov xizmatlari ko‘rsatilishingi axvoli va uni takomillashganligi.
2. Tijorat banki tomonidan to‘lovlarni amalga oshirish tartibi, internet banking tizimini ishlash tamoili, to‘lovlarni amalga oshirishda operatorni vazifasi, to‘lov talablarining o‘rnatilgan muddatlarda qondirilishi bo‘yicha ishlarning tashkil etilishi holati.
3. Tijorat bank bo‘limida mijozlarga masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishning mazmuni va uning bank faoliyatida tutgan o‘rni.
4. “Bank-mijoz” dasturiy ta’minoti va uning ahamiyati. “Bank-mijoz” tizimining asosiy vazifalari.
5. Hisob-kitoblarni “Bank-mijoz” tizimi orqali o‘tkazish tartibi. “Bank-mijoz” dasturi bo‘yicha mijozning ish tartibini o‘rganish.
Mavzuga oid hujjatlar (hisobotga ilova qilish uchun);
1. To‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasi nusxalari (to‘ldirilgan va tegishli izohlar berilgan holda);
2. Plastik kartochkalar bo‘yicha joriy va davriy hisobotlar;
3. Naqd pul aylanmasini nazorat qilish yuzasidan o‘tkazilgan monitoring yakuniga doir hujjatlar;
4. To‘lov operatorlari va xodimlari o‘rtasida ish taqsimoti;
5. “SMS-Banking”, “Mobil-Banking” tizimining mazmuni va uning amaliyotda ishlatilishi bo‘yicha yo‘riqnomalardan nusxa.
6. Pul o‘tkazmalari bo‘yicha hujjatlardan nusxa.


10 – bo‘lim. TIJORAT BANKI AVTOMATLASHTIRISH BO‘LIMI FAOLIYATI BILAN TANISHISH


Tijorat banki avtomatlashtirish bo‘limi faoliyati bilan tanishish va axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali ularning dasturiy ta’minotini tubdan yangilash lozimligiga e’tiborni qaratish.
Tijorat banklarining ushbu bo‘limi bo‘yicha materiallar bank siri hisoblanishi hamda u tanishish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli o‘rganish bank axborot tizimlari va ularda ishlash tartibiga oid normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
O‘rganish davrida quyidagi masalalar amaliyotchi tomonidan ko‘rib chiqilishi zarur:
1. O‘zbekiston Respublikasi banklarining elektron axborot tizimining shakllanishi va uning asosiy turlari.
2. Banklararo elektron to‘lov tizimlari to‘g‘risida tushuncha berish.
3. Tijorat banklarining avtomatlashtirilgan informatsion axborot tizimlarining faoliyati asoslari.
Mavzuga oid hujjatlar (hisobotga ilova qilish uchun):
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining elektron hisob-kitoblarni amalga oshirish yuzasidan normativ hujjatlari.

Download 115.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling