«bank-moliya xizmatlari» fakulteti «bank ishi» kafedrasi


TALABANING TANISHUV AMALIYOTINI O‘TASH DAVRIDAGI VAZIFALARI


Download 115.92 Kb.
bet10/12
Sana12.03.2023
Hajmi115.92 Kb.
#1263221
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1 kurslar uchun amaliyot kursatmasi

2.2. TALABANING TANISHUV AMALIYOTINI O‘TASH DAVRIDAGI VAZIFALARI


Tanishuv amaliyotini o‘tash davrida talabaning burchlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi;
- tanishuv amaliyotini o‘tashda taqvimiy ish rejasida keltirilgan ish turlari va mavzu yo‘nalishlariga, ular uchun ajratilgan muddatlarga rioya etishda;
- institut yo‘llanmasi bo‘yicha birkitilgan sub’ektga belgilangan muddatda etib borish, rahbariyatni bu haqda bildirish orqali ro‘yxatdan o‘tish va tanishuv amaliyotini o‘tish maqsadida ruxsatnoma olishda;
- amaliyotdan tayinlangan rahbar bilan amaliyot ob’ekti va mavzulari, amaliyotni o‘tish joylari bo‘yicha taqvim rejasini tuzishda;
- amaliyotdan tayinlangan rahbar bilan shu bankning barcha bo‘lim boshliqlari va ularning vazifalari bilan tanishishi ularning ishini o‘rganish haqida ma’lumotlarni kundalik daftarida ro‘yxatga tushirish va rasmiylashtirib borish. Shuningdek alohida amalga oshiriladigan ishlarni 2-ilovada keltirilgan kundalik asosida yuritishda;
- ichki tartib qoidalariga rioya etishda amaliyot xodimlari kabi huquq va mas’uliyatga ega bo‘lish. Amalga oshirgan ishlari yuzasidan javobgar bo‘lishda;
- istisno tariqasida kuzatuvchi sifatida amaliyot xodimlari bilan nazariy ishlarda ishtirok etish (buyruqsiz) va nazorat natijalari bo‘yicha dalolatnomalardan nusxa olish va hisobotga ilova qilishda;
- kredit, kassa va hisob-kitob munosabatlarining shakllantirilishi bilan bog‘liq operatsiyalar va hisob-kitoblar amalga oshirilganda, unda bir nusxa hisobiga ilova qilish, agar maxsus shakllar bo‘lmagan taqdirda uning nusxasini mustaqil qo‘lda chizish va to‘ldirilishda;
- mustaqil ravishda amaliyot faoliyatini tashkil etuvchi hujjatlar bilan tanishishda (yo‘riqnomalar, tavsiyalar va hokazolar) hisob-kitoblarni o‘rganish orqali mustaqil fikr yurgizishda;
- tanishuv amaliyotini o‘tish davrida ilmiy rahbar bilan uchrashishi va u bilan amaliyot doirasida echilishi qiyin muammolarni muhokama qilishda va hisobotni yozilish strukturasi bo‘yicha qo‘shimcha maslahatlar (ko‘rsatmalar) olishda;
- tanishuv amaliyotining tugatilishi bilan talaba tomonidan yozilgan va tartibga keltirilgan yozma hisobotiga amaliyot rahbaridan taqriz olishda;
- tanishuv amaliyoti hisobotini belgilangan muddatda ilmiy rahbariga ko‘rsatish orqali kafedraga taqdim etishda.
Shuni ham e’tiborga olish kerakki, tanishuv amaliyoti hisobotining yozilishi bilan, uning sifatiga berilgan amaliyot rahbarining xulosasi, kundalik daftariga imzo va muhr bosilishini, talaba haqidagi tavsifnoma (bo‘lim rahbarining imzosi bilan) ish ham hisobot bilan birga kafedraga taqdim etish shart.
Hisobotda amaliyot o‘tilgan bank va/yoki uning filiali tomonidan tanishuv amaliyoti o‘tishi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma bo‘lishi lozim.
Shuni ham e’tiborga olish joizki, talaba taqvim ish rejasida ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha tanishuv amaliyotini o‘tishdan oldin, institutda shu mavzuda ilmiy rahbar tomonidan olgan maslahatlarni, o‘rgangan dars materiallarini ko‘zdan kechiradi, undan so‘ng tanishuv amaliyoti dasturi bilan tanishadi. YAngi ko‘rsatmalar bo‘lsa uni o‘z e’tiboriga oladi, so‘ng tanishuv amaliyotini boshlab yuborishga ilk qadam qo‘yadi. Tanishuv amaliyotini o‘tish dasturidagi mavzular bosqichma-bosqich o‘rganib borilishi bilan birgalikda, har bir bosqichdan so‘ng talaba bank operatsiyalariga taaluqli hisob-kitoblarni, ularning to‘g‘riligini tekshirish, usullarini amaliyotdan tayinlangan rahbari yordamida o‘rganib boradi va olgan saboqlari haqida o‘zining xulosa va takliflarini yozma ravishda o‘z hisobotida yoritib boradi va zarur hujjatlar bilan uning tarkibiy qismlarini o‘zaro bog‘lash orqali rasmiylashtiradi.

Download 115.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling