«bank-moliya xizmatlari» fakulteti «bank ishi» kafedrasi
– bo‘lim. TIJORAT BANKI PUL MUOMALASI BO‘LIMI FAOLIYATI BILAN TANISHISH
Download 115.92 Kb.
|
1 kurslar uchun amaliyot kursatmasi
3 – bo‘lim. TIJORAT BANKI PUL MUOMALASI BO‘LIMI FAOLIYATI BILAN TANISHISHTijorat banki pul muomilasi bo‘limi faoliyati bilan tanishish va mijozlar bilan ishlash jarayoniga e’tiborni qaratish. Tijorat banki pul muomalasi bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining barqarorligini ta’minlash yuzasidan belgilangan chora- tadbirlarni amalga oshiruvchi bo‘lim hisoblanadi. Amaliyotchilar pul muomalasi bo‘limining faoliyati bilan tanishishlari kerak. Belgilangan davr ichida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi: 1. Tijorat banki tomonidan mijozlardan kassa buyurtmalarini qabul qilish uni umumlashtirish hamda Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalariga taqdim etish tartibi. 2. Tijorat banki tomonidan naqd pul aylanmasini tartibga solish va naqd pulga bo‘lgan talabning o‘rnatilgan muddatlarda qondirilishi bo‘yicha ishlarning tashkil etilishi holati. 3. Pul muomilasi bo‘limi tomonidan beriladigan hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish tartibini o‘rganish. 4. Tijorat banki naqd pul aylanmasini tashkil etish yuzasidan monitoring ishlarining tashkil etilishi xususiyatlari. Mavzuga oid hujjatlar (hisobotga ilova qilish uchun); 1. Kassa ishi bo’yicha blankalardan namuna 4 – bo‘lim. TIJORAT BANKI KREDIT BO‘LIMI (BO‘LINMALARI) FAOLIYATI BILAN TANISHISHKredit bo‘limi (bo‘linmalari)ning asosiy vazifasi bo‘lib, bankning kredit siyosatida belgilangan asosiy yo‘nalishlarni amaliyotga joriy etilishini ta’minlash, kredit portfelining monitoringi, kredit risklarini aniqlash va ularni bartaraf qilish yuzasidan ishlarni tashkil etish hamda mazkur bo‘lim faoliyatiga tegishli hisobotlar bilan tanishish hisoblanadi. Amaliyot ishlari kredit bo‘limi xodimlarining vazifalari bilan tanishishdan boshlanadi. Bo‘lim ish jarayonini o‘rganish amaliy hujjatlar va kreditlash jarayoni asosida tashkil etiladi. Amaliyotchi o‘rganish davrida quyidagi masalalarni ko‘rib chiqishi zarur: 1. Tijorat banki 2021 va 2022 - yilga mo‘ljallangan kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini o‘rganish; 2. Tijorat banki tomonidan mijozlarga beriladigan kredit turlari bilan tanishish. 3. Tijorat banki tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qisqa va uzoq muddatli kreditlash tartibi bilan tanishish. 5. Kredit shartnomasi bilab tanishsh. Mavzuga oid hujjatlar (hisobotga ilova qilish uchun): 1. 2022 yilga mo‘ljallangan kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari. 2. 2022 yilga mo‘ljallangan kredit siyosatiga ilovalar, jumladan mijozlarning kreditga qobillik darajasini aniqlash tartibi. Download 115.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling