«bank-moliya xizmatlari» fakulteti «bank ishi» kafedrasi
TANISHUV AMALIYOTI VAQTINING TAQSIMLANISHI
Download 115.92 Kb.
|
1 kurslar uchun amaliyot kursatmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 – bo‘lim. TIJORAT BANKI OPERATSIYALARI TURLARI BILAN UMUMIY TANISHISH
1.2. TANISHUV AMALIYOTI VAQTINING TAQSIMLANISHI1-jadval
1– bo‘lim. TIJORAT BANK VA/YOKI FILIALINING FAOLIYATI BILAN TANISHISHTijorat bank va/yoki filialining faoliyati bilan tanishish va bankning raqamli texnologiyalarni qo‘llashiga e’tiborni qaratish. Tijorat banki boshqaruvchisi va/yoki yordamchilari bilan suhbat qilingandan keyin, amaliyotchi, ichl bank faoliyatini tashkil etish xususiyatlari, uning tashkiliy tuzilmasi, bo‘limlar va xodimlar o‘rtasidagi majburiyatlar taqsimoti va xodimlarga xizmat ko‘rsatish tartibini o‘rganadi. Amaliyotchi quyidagi masalalarni ko‘rib chiqishi kerak: Tijorat banklari tashkil qilish tartibi. Tijorat banki Nizomi. Tijorat banki tashkiliy tuzilmasi. Tijorat banki korporativ boshqaruv tizimi. Tijorat banki bo‘limlari hamda ularda ishlovchi xodimlar o‘rtasida ish taqsimoti. Mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlarining tarkibiy va tashkiliy tuzilmasi. 7. Markaziy bank tomonidan belgilangan me’yoriy hujatlarning mazmuni, mohiyati va qo‘llanilishi tartibi bilan tanishish. Mavzuga oid hujjatlar (hisobotga ilova qilish uchun): 1. Tijorat banki Nizomi; 2. Tijorat banki tarkibiy tuzilmasi sxemasi. 2 – bo‘lim. TIJORAT BANKI OPERATSIYALARI TURLARI BILAN UMUMIY TANISHISHTijorat bankida O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan va 2019 yil 5 noyabrda qayta tahrirdan chiqqan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga asosan bank operatsiyalari qanday tashkil etilganligini o‘rganish va mijozlar bilan ishlash jarayoniga e’tiborni qaratish. Tijorat banki operatsiyalarini umumiy tanishib chiqish uchun «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan bank operatsiyalarini bilan tanishib chiqish kerak. Banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi: pul mablag‘larini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish; to‘lovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank hisobvaraqlarini ochmasdan amalga oshirish; jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish; kreditlarni ularning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z nomidan o‘zining mablag‘lari hamda jalb etilgan mablag‘lar hisobidan berish; chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakllardagi operatsiyalar; jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha mol-mulkni ishonchli boshqarish; inkassatsiya va kassa xizmatlarini ko‘rsatish; bank kartalarini berish va to‘lovlarga ishlov berish, bank kartalariga boshqa tashkilotlar, jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat ko‘rsatish borasidagi faoliyat bilan tanishish. Banklar “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi” qonunchilikka muvofiq boshqa moliyaviy operatsiyalarni ham amalga oshiradi. Banklar bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilmagan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqli emas. Mavzuga oid hujjatlar (hisobotga ilova qilish uchun); 1. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun nusxasi 2. Tijorat bankida mijozlarning hisobvaraqalar buyicha tuzilgan shartnomalarining nusxalari. 3. Tijorat banklari va ularning filiallarini tashkil etish va tugatishga oid me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalar. 4. Mijozlarga qonunchilikda ko‘zda tutilgan maqsadlarga bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha boshqa shartnomalar va hujjatlardan nusxalar. Download 115.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling