1, Najmiddinov Begzod 2, Qozoqboyev Sanjar Reja: - Bank sektorining vazifalari
- Raqamli transformatsiyalar haqida
- Bank sektorida raqamli transformatsiyalarning olib borilishi
Bank Sektori Va Uning Tartibga Solish - Global iqtisodiyotda yangi o'zgarishlar moliyaviy va kredit sohasidagi faoliyati davlatlarning yuksalishiga bog'liqligini ko'rsatadi. Har yili moliyalashtirishda Biznes manfaatlari, davlat va iste'molchilar, sezilarli darajada o'sadi, bu ehtiyojlarga mavjud bank tizimi xizmat ko’rsatadi.
BANK NIMA? - Bank (lotincha: ansa — sarrof peshtaxtasi) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.
Bank turlari - Markaziy bank - mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank "banklarning banki" boʻlib, pul muomalasini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va tijorat banklarining hisoblarini olib borish, pul muomalasini tartibga solish, kredit muassasalarini nazorat qilish Markaziy bankning asosiy vazifasiga kiradi
Bank turlari - Tijorat banki - korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarga universal bank xizmatlari (hisob-kitob, toʻlov operatsiyalari, qoʻyilmalarni jalb etish, omonatlarni saqlash, ssudalar berish, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozoridagi operatsiyalar) koʻrsatadigan yirik kredit muassasasi. Tijorat banki bank harakatlarini amalga oshirish uchun pul mablaglarini, asosan, qoʻyilmalar (omonatlar), banklararo kreditlar, oʻz aksiya va obligatsiyalarini chiqarish hisobiga shakllantiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |