18-modda. Bank siri to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(18-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga
ishonib topshirilgan yoki ma’lum bo‘lib qolgan shaxsning bu ma’lumotlarni noqonuniy ravishda
oshkor qilganligi yoxud ulardan noqonuniy foydalanganligi hamda bank mijoziga (vakiliga) zarar
yetkazganligi qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-avgust,
530-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 144-modda; O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 280-modda; 2009-y., 39-son, 423-modda; 2012-y.,
15-son, 163-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son; 29.06.2021-y., 03/21/697/0607-son, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |