Bank siri to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Bank sirining muhofaza qilinishi


Download 89.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana15.06.2023
Hajmi89.19 Kb.
#1483825
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
530-II-сон 30.08.2003. Bank siri to‘g‘risida

7-modda. Bank sirining muhofaza qilinishi
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning muhofaza qilinishi bank tomonidan kafolatlanadi.
Bankning rahbarlari va boshqa xodimlari xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga
ishonib topshirilgan yoki ma’lum bo‘lib qolgan bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor
qilishi, shuningdek mazkur ma’lumotlardan shaxsiy maqsadda yoki uchinchi shaxslarning
manfaatlari yo‘lida foydalanishi, uchinchi shaxslarga bunday foydalanish imkoniyatini bevosita yoki
bilvosita, shu jumladan ana shunday ma’lumotlarni saqlash tartibini buzish oqibatida yaratib
berishi taqiqlanadi.
Bankning rahbari yoki boshqa xodimi bankda ishlash davrida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan,
bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni uning bank bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor
qilingandan keyin ham oshkor qilishga haqli emas.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning tegishli ravishda saqlanishi uchun bank zarur
tashkiliy va texnikaviy chora-tadbirlar ko‘rishi shart.
Agar bank bilan mijoz (vakil) o‘rtasida nizo kelib chiqqan bo‘lsa, bank o‘z huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish uchun sudga mijozning (vakilning) bank sirini tashkil etuvchi
ma’lumotlarni zarur hollarda va doirada ma’lum qilishi mumkin.
8-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar mijozning (vakilning) o‘ziga, u vakolat bergan
vakillarga, shuningdek ushbu Qonunda belgilangan tartibda boshqa shaxslarga taqdim etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bank sirini tashkil etuvchi, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar
to‘g‘risidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga
va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan
axborot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga
taqdim etiladi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bank sirini tashkil etuvchi
ma’lumotlarni, agar bu ma’lumotlar ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi
uchun zarur bo‘lsa, olishga haqlidir.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Keyingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi bank sirini
tashkil etuvchi ma’lumotlarni, agar bu ma’lumotlar mazkur tashkilotlar faoliyatida qonunchilikka
rioya etilishi yuzasidan nazorat qilish sohasida o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi
uchun zarur bo‘lsa, olishga haqlidir.
(8-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z mijozlari haqidagi bank sirini tashkil etuvchi
ma’lumotlarni ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Kredit axborotini belgilangan 
tartibda 
kredit byurolariga taqdim etish bank sirining buzilishi
deb hisoblanmaydi;
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-sonli 
Qonuniga 
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)

Download 89.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling