Bank siri to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Download 89.19 Kb. Pdf ko'rish
|
530-II-сон 30.08.2003. Bank siri to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-modda. Bank siri to‘g‘risidagi qonunchilik
- 3-modda. Bank siri
Hujjat 21.04.2021 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI BANK SIRI TO‘G‘RISIDA 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, e’lon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Oldingi tahrirga qarang. 2-modda. Bank siri to‘g‘risidagi qonunchilik Bank siri to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining bank siri to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. (2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3-modda. Bank siri Bank siri bank tomonidan muhofaza qilinadigan quyidagi ma’lumotlardan iboratdir: o‘z mijozlarining (vakillarining) operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma’lumotlar; bank o‘z mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari ko‘rsatishi munosabati bilan mazkur mijoz (vakil) to‘g‘risida olgan ma’lumotlar; mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi ma’lumotlar; mijoz (vakil) topshirig‘iga binoan yoki uning foydasini ko‘zlab amalga oshirilgan banklararo operatsiyalar va bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar o‘rtasida muomalada bo‘lishi natijasida ma’lum bo‘lib qolgan, boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir ma’lumotlar; Oldingi tahrirga qarang. jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining ishtirokchilari, pensiya badallarining miqdori va summalarining harakati, fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi pensiya jamg‘armalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. (3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 23-sentabrdagi 8-son Qonuniga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 280-modda) Download 89.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling