Bank siri to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni prokuratura, tergov va surishtiruv


Download 89.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana15.06.2023
Hajmi89.19 Kb.
#1483825
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
530-II-сон 30.08.2003. Bank siri to‘g‘risida

9-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni prokuratura, tergov va surishtiruv
organlariga taqdim etish
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga mazkur
bank mijoziga (vakiliga) nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud bo‘lgan taqdirda, yetkazilgan
zarar undirib olinishini yoki uning mol-mulki xatlanishini ta’minlash maqsadida tergovchi yoxud
surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga binoan prokuror sanksiyasi bilan taqdim etiladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
10-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni sudga va davlat ijrosiga taqdim etish
(10-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar sudga uning yozma so‘rovi asosida, mazkur bank
mijoziga (vakiliga) nisbatan sudning ish yurituvidagi ishlar bo‘yicha taqdim etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar davlat ijrochisiga uning yozma so‘rovi, shu jumladan
elektron hujjat tarzidagi so‘rovi asosida, mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan qo‘zg‘atilgan ijro
ishi bo‘yicha taqdim etiladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi
 tahrirga qarang.
11-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga
taqdim etish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar davlat soliq xizmati organlariga bank mijoziga
(vakiliga) soliq solish masalalariga taalluqli hollarda qonunchilikka muvofiq taqdim etiladi.
(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
“Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi
yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risida”gi 
nizomga 
(ro‘yxat raqami 2467, 12.06.2013-y.) muvofiq
vakolatli banklarning filiallari mijozlar tomonidan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari to‘g‘risidagi
axborotni xo‘jalik yurituvchi subyekt ro‘yxatga olingan joydagi davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek
bosh vakolatli bankka taqdim etadi.

Download 89.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling