Bank siri to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar o‘rtasida muomalada


Download 89.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana15.06.2023
Hajmi89.19 Kb.
#1483825
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
530-II-сон 30.08.2003. Bank siri to‘g‘risida

14-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar o‘rtasida muomalada
bo‘lishi
Banklar o‘z faoliyatining xavfsizligini ta’minlash, omonatlarni, kreditlar va boshqa
investitsiyalarning qaytarilishini kafolatlash maqsadida o‘z mijozlari (vakillari) to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni qonunda belgilangan tartibda va doirada o‘zaro almashib turishlari va bir-birlariga
taqdim etishlari mumkin.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash
fondiga, shuningdek omonatchilarga pullarni qaytarish tadbir-choralarini ko‘rish uchun agent
banklarga taqdim etiladi.
Boshqa bankning mijozi (vakili) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olgan bank bunday ma’lumotlarni
oshkor qilishga va uchinchi shaxslarga taqdim etishga haqli emas.
15-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish chegarasi
Bank ushbu Qonunga muvofiq faqat o‘z mijoziga (vakiliga) doir, bank sirini tashkil etuvchi
ma’lumotlarni taqdim etadi, bunda mijozning (vakilning) bankda saqlanayotgan hujjatlarida
boshqa shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday ma’lumotlar ham mijozga
(vakilga) doir ma’lumotlar deb hisoblanadi.
16-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar taqdim etishni rad qilish
Agar bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish to‘g‘risidagi talab ushbu
Qonunning qoidalariga muvofiq bo‘lmasa, bank bunday ma’lumotlar taqdim etishni rad qilishi
shart.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etishni rad qilganlik ustidan sudga shikoyat
qilinishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar,
shuningdek ularning mansabdor shaxslari bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni so‘rash va
olishga haqli emas, ushbu Qonunda ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
17-modda. Nizolarni hal qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bank siri bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.


(17-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 89.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling