Bank xizmatlari bozorini sementatsiyalash turlari


Bank xizmatlarini pullar bilan bog’liqligi


Download 29.69 Kb.
bet3/6
Sana26.03.2023
Hajmi29.69 Kb.
#1296424
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shaxa bank menejmenti va marketingi

6. Bank xizmatlarini pullar bilan bog’liqligi. Bank xizmatlarini ko'rsatish pullar va ularning shakllari (korxonalar, tijorat banklarining pullari. naqd pul. buxgalteriya yozuvlari yoki to‘lovhisob-kitob hujjatlari ko'rinishidagi Markaziy bank pullari)foydalanish bilan bog‘liqdir.
7. Qondirilayotgan ehtiyojlaring ikkilamchiligi. Ma’lumki,bank xizmallari bilan qondiriladigan moliyaviy extiyojlar ikkilamchi, dastlabki ishlab chiqarish va shaxsiy ehtiyojlaming hosilasi bo‘lib hisoblanadi. Bu ham ishlab chiqarish extiyojlari (bank krediti asosida ishlab chiqarishni kengaytirish, mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar hisob-kitoblar tizimi yordamida ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’m inlash) shaxsiy ehtiyojlar (aktivlardan olinadigan daromadlar hisobiga ehtiyojlami qondirish, pullar va boshqa boyliklarni omonatda yoki bank seyfida saqlash orqali ularning xavfsizligini ta’minlash va boshqalar) bo ‘lishi mumkin. Bank xizmatlari dastlabki ishlab chiqarish va shaxsiy ehtiyojlarni emas, balki ularning hosilasi bo'lgan moliyaviy ehtiyojlarni qondiradi.Natijada bank xizmatlari mijozlarning ehtiyojlarini bevosita qondiruvchi moddiy boylik va xizmatlarga jozibadorlik jihatidan yutqizadi. Bu kredit muassasalarining mijozlar pul mablag'larini keng jalb qilish uchun raqobat kurashida o'z mahsulotlarini o'tkazish bo‘vicha vazifasini murakkablashtiradi.Banklar tomonidan ko'rsatatiladigan xizmatlar yuqoridagixususiyatlarga ega bo'ladi. Endi bank operatsiyasi, bank xizmativa bank mahsuloti tushunchalarini mazmuniga ta’rif berib o'tamiz.
Bank operatsiyasi - bank tornonidan amalga oshiriluvchi pul mablag'larini joylashishini nazarda tutuvchi va aniq iqtisodiy masalani yechishga qaratilgan o‘zaro bog’liq bolgan bank va mijoz harakatlari majmui.Mijozlardan pul m ablag'larini jalb qilish. ularni joylashtirish va ushbu amaliyotlarni bajarishda aniq, oldindan belgilab olingan iqtisodiy masalalarni nazardatutish zarurligi bankoperatsiyalarining asosini tashkil etadi. Shuni ham e’tibordan chetda qoldirmasligimiz lozimki, pul mablag‘larini jalb etish va joylashtirish asosan bank va mijozning o'zaro teng huquq!i va tomonlar manfaatlarini ifodalovchi harakatlari yig'indisidir.
Bank xizmati - bank operatsiyalarini o'tkazishni optimallashtiruvchi nazariy, texnologik, moliyaviy, intelektual va professional bank faoliyatidir. Bank xizmati haqiqatdan ham bank faoliyati majmuasidir.Mijozlarning bank faoliyatiga bo'lgan talablarini qondirish bilan bog‘liq bo’lg a n xizmatlardir. Shu bilan bir qatorda bank xizmatitushunchasiga bank operatsiyalarini optimallashuvi ham muhimelement sifatida kiritildi, chunki banklar xizmatning u yoki bu turini tanlashda ushbu operatsiyaning samaradorligi, qulayligi va sifatliligi darajasiga e’tibor berishlari va ushbu ko'rsatkichlar uning raqobatbardoshligini ta’minlash asosi hisoblanishini his etmoqlarilozim. Bank mahsuloti - alohida ko‘rinishdagi bank faoliyatining mijozlar talabini qondirishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liq bolgan bank xizmatlari va operatsiyalarining majmui. Bizga malumki mahsulot — bu faoliyat natijasidir. Shunday ekan mijozlar talabini qondirishga yo'naltirilgan xizmatlar va operatsiyalar natijasi bank mahsulotini tashkil etadi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki bank xizmatlari, operatsiyalari va mahsulotlari o'zaro chambarchas ravishda birbirlari bilan bogiiq boigan tushunchalardan iboratdir. Bank mijozlari tornonidan ushbularga talabning mavjudligi eng asosiy masalalardan biridir. Bu esa o 'z navbatida bank xizmatlari bozorining mavjudligini e'tirof etadi.

Download 29.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling