Bank xizmatlari bozorini sementatsiyalash turlari


Download 29.69 Kb.
bet4/6
Sana26.03.2023
Hajmi29.69 Kb.
#1296424
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shaxa bank menejmenti va marketingi

Bank xizmatlari bozori - mijozlar talabini qondirishga qaratilgan bank xizniatiga bo'lgan talab va taklifning shakllanish sohasi. Bank xizmatlari bozorini joylashuvi bo'yicha: - mahalliy bank xizmatlari bozori; ma’lum bir viloyat, tuman yoki hudud ichidagi xizmatlar bozori tushuniladi. - milliy bank xizmatlari bozori; bu alohida olingan mamlakat hududida tashkil qilingan va amal qiladigan bozordir. - xalqaro bank xizmatlari bozori. ya’ni turli davlatlar o'rtasida yoki ular tornonidan tashkil qilingan turli bozorlar tushuniladi. В undan tashqari bank xizmatlari bozorini xizm atlar ko'rsatish ko'lamiga qarab 2 turga bo'lgan holda: - chakana bank xizmatlari bozori; - ulgurji bank xizmatlari bozori kabi turlarga ajaratish mumkin. Bozor iqtisodiyoti qonuniaridan asosiysi shundan iboratki baho har doim bozordagi talab va taklif natijasida aniqlanadi. Shunday ekan, bank xizmatlari bozorida. ko'rsatiladigan xizmatlar,operatsiyalar va bank mahsulotlarining bahosi, mijozlar tornonidan ularga boigan talab, hamda xizmatlar taklifining sifati, tezkorligikabi om illar t a ’siri orqali aniqlanadi. Bank xizmatlari bozorini mijozlarni yuridik m aqom i jihatidan 2 ga bo'lish mumkin:
1. Yuridik shaxslarga ko'rsatiladigan chakana bank xizm atlari;
2. Jismoniy shaxslarga ko'rsatiladigan chakana bank (riteyl)xizmatlari.
Shuni ta’kidlash mumkinki, internet paydo bo'lishi bilan mijozlarga xizmat ko'rsatish sifati va moliyaviy operatsiyalar o'tkazishning yangi standartlari bilan ajralib turuvchi bank xizmatlari bozori shakllandi. Bunda elektron pullarni joriy etish. intelektual dastur t a ’minoti rivoji va tarmoq texnologiyalarini takomillashtirish, ular rivojlanishining istiqbolli yo'nalishlaridan hisoblanadi. Turli malum otlar bazasiga elektron kirish ichki va tashqi iqtisodiy va analitik m aium otlam i tahlil qilish, mablag'larni investitsiyalash, qimmatli qog'ozlarni sotib olish qarorini qabul qilish uchun ularni akkumulatsiya qilish imkonini beradi. Mijoz qarzi va mulki ham da uning qiymati bahosini o‘zida namoyon etuvchi «mulkiy hisoblar»ning kiritilishi kelajak yo'nalishlardan bo‘lib qoldi. Mijoz va bank kompyuter tarm og’ining ulanishi hisobvaraq egasining hisobvaraq holatini nazorat qilish va operatsiyalar o‘tkazilishini m arkazlashtirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda mamlakatlarining 10mln.dan ortiq mijozlari internet orqali bank xizmatlaridan foydalanishi va ular sonini tobora ortib borishi elektron xizmatlar yutuqlaridan dalolat beradi. Bu yil 50 ta yirik G‘arbiy Evropa banklarining 45 foizi o ‘z xizmatlarini internetda taklif qilish im koniyatlariga egadirlar. Xorij bank xizmatlari bozorining toiovlar va banklararo hisob-kitoblarni tashkil etish sohalaridagi raqobatbardosh xususiyatlari bo'lib, o'tkazishlarining operativli!igi va tezkorligi, informatsion ta’minlanganligi, yuqori darajada avtomatlashtirilganligi keng muhbirlik aloqaiariga ega bo’lgan tarmoqlarning mavjudligi,hamda aniq vaqt tartibida bank hisobvaraqlarini boshqarish imkonini mavjudligi hisoblanadi. Tijorat xizmatlarining namunaviy portfeli vakillik munosabatlar, risklarni boshqarish mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga xizmat ko'rsatish ...halarida vakil banklar hisobidagi mablag’lar qoldig'i tufayli universal banklarni bank xizmatlari bozorida yuqori mavqeni egallashlariga va daromadini oshirishga imkon berishi aniqlandi. Banklarning vakillik munosabatlar sohasidagi xizmatlarning taxminiy majmui quyidagilami o'z ichiga oladi: - xorijiy hamkorlar bilan hisob-kitoblarni vakillik hisobvaraqlar va TMBlar filiallari orqali amalga oshirish; mijoz hisob-raqamlarida mablag'larni investitsiyalash jarayonida pul bozorining qisqa muddatli instrumentlari yordamida xizmat ko’rsatish; mijozlar hujjatli majburiyatlari yoki bitimlar bo'yicha kontragentlar to'lovlari qabul qilishda risklarni tahlil qilish. Mijoz risklarini boshqarish bo'yicha bank xizmatlarini bank faoliyatining alohida turi sifatida ajratuvchi xorijiy banklar tajribasi ilmiy-amaliy qiziqish uyg'otadi. Bunda risk tushunchasi deganda mijozning bitimni amalga oshirishiga turli omillar ta’siri. Uning moliyaviy. iqtisodiy holati tufayli kontragent o'zining tolovlar. kreditlar va shartnoma bo'yicha majburiyatlarini bajarmasligi tushuniladi. Ushbu holatda bank xizmati ishtirokchilarining o’z majburiyatlarini bajara olish salohiyatini tahlil qilish va ma'lum bir to'lov evaziga m ijoz riskining bir qismini o‘z zim m asiga olish imkonini baholashdan iborat bo‘ladi. Risklarni baholash - foyda olish va bitimni oxiriga yetkazish uchun korporativ mijozlarga ma'qul shart-sharoitlami yaratish kabi taklif qilinayotgan bank xizmatlarining turliligidir. Banklarning korporativ mijozlarga risklarni boshqarish sohasida ko'rsatuvchi xizmatlari kontragentlar tomonidan moliyaviy, valyuta, to'lov va shartnoma majburiyatlarini bajarmasliklarini oldini olish imkoniyatlarini tahlil qilish nuqtai nazaridan bo'lishi mumkin. Ular bizning nazarimizda quyidagilardan iborat: - mamlakat makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tahlili, alohida mamlakatlar, mintaqalar, tijorat banklari, moliya institutlari uchun kredit, valyuta va siyosiy risklar limitini belgilash va boshqarish; - turli mamlakatlar banklari va moliyaviy institutlari bilan hamkorlik qilish bo'yicha mijozlarga konsalting xizmatini ko'rsatish: - bank tomonidan mijozlarning tashqi iqtisodiy bitimlariga oid valyuta, kredit, to'lov. siyosiy va boshqa risklarni trattalarini akseptlash yoki avol, akkreditivlarni tasdiqlash va kafolatlar berish yo'li bilan sug‘urtalash.Tijorat banklarining xizmatlari tobora kengayib, sifati yaxshilanib bormoqda, yangi istiqbolli mijozlarni jalb qilish uchun raqobatlashmoqdalar. Banklar tornonidan keng ko'lamli xizmatlarning ko'rsatilishi. bankning mijoz uchun ishlashi bugungi kunning talabidir. Shunday ekan mijozlar manfaati ko'zlangan hamda bank uchun daromad keltiradigan dasturlar, tadbirlar uyushtirish, har bir moliyaviy xizmatning tub mohiyatini, foydali va zararli tomonlarini mijozlarga tushuntirib berish bilan shug'ullanuvchi bank bo'limlari faoliyatini joriy etish kabilar maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz. Moliyaviy xizmatlarni keng doirada olib borish banklar uchun daromad manbaini kengaytiradi va ularni zamonaviy bank darajasiga olib chiqadi. Tijorat banklarini xizmatlari miqdoriy tavsifi xizmatlar soni. ularning ko'lami va doirasi bilan belgilansa, bank xizmatlarining sifat tavsifi xizmatlar sifati, tezkorligi va aniq-manzilli amalga oshirilishi, bu xizm atlardanm ijozlarning qanoatlanish darajasi bilan ifodalanadi. Tijorat banklari xizmatlari miqdoriy va sifat tavsifi hamda uning samaradorligi ular tornonidan baholash sohasidagi olib borilavotgan siyosat bilan uzviy bog'liqdir. Turli bank xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq harakatlarini shu jumladan. ushbu xizmatlar uchun asoslangan baholarni aniqlash yordamida tijorat banklari uchun bozorning o'zgaruvchan konyunkturasiga moslashish imkoni tug'iladi. Bank xizmatlari baholarini boshqarish zamonaviy sharoitda tijorat banklarining kundalik faoliyatida birinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga bank xizmatlarini baholashning mavjud mexanizmini tadqiq etishni, bank xizmatlari bahosining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash muhimligi kelib chiqadi.Bank xizmatlari bahosini shakllanishiga ko'plab omillar ta’sir ko'rsatadi. Birinchi navbatda u O'zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlanishi va bank kapitalining shakllanishi bilan bog‘liq. 0‘zbekiston Respublikasining zam onaviy bank tizimi jahon bank amaliyoti an'analariga mos ravishda shakllantirilgan. Umamlakat iqtisodiyoti faoliyatida muhim o'rin egallaydi. Chunki uning vositasida pul kapitalining tarmoqlararo taqsimoti amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining mustaqil bank tizimi XX asrning 80-yi 1 lari oxiri 90-yillar boshida shakl1antiriIdi. Ushbu jarayonning ajralib turuvchi ahamiyatli tomoni shundaki, u banklar paydo bo'lishi bilan birga turli xil asosga egaligidir. Banklarning bir qismi ixtisoslashgan davlat banklari asosida, yana bir qismi yangidan shakllandi. O'zbekistonda banklar kapitalining shakllanishi o ‘ziga xos xususiyatga ega. Jumladan, bank kapitali shakllanishiga ustuvor ahamiyat berilayotgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida O 'zbekiston Respublikasida bank kapitalining boshlang'ich ja m g 'arilish jarayonida byudjet mablag'lari. markazlashtirilgan ssudalar. davlat kafolatlari, hukumat dasturlari orqali moliyalashtirsh kabi arzon resurslar rnanba bo'lib xizmat qilgan. Lekin bu manbalardan faqat cheklangan doiradagi banklar foydalanish huquqiga ega bo'lgan. O'zbekiston Respublikasida bank kapitalining markazlashuvi ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli tijorat banklari faoliyatining davlat tomonidan nazorat qilish kuchavtirilishi talab qilinadi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, bugungi kundagi tijorat banklarining bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan bog'liq davlatning investitsion siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etishlari asosiy masalalardan biri bo'lib qoladi. Shuni yana bir ta’kidlab o'tmoqchimizki, banklararo raqobat sharoitida eng asosiy e ’tiborga moliya masalalardan biri bank xizmatlari bahosini lo‘g ‘ri tanlashdan iboratdir. Bu borada m anfaatlar mushtarakligi muhim hisoblanadi. Ko'rsatiladigan bank xizmatidan tomonlar teng manfaatdor bo'lmog‘i lozim. U shbu xizm atdan nafaqat bank, balki xizmatni qabul qiluvchi tom on ham m anfaatdor bo‘lmog‘I lozim. Shunday ekan, bank xizmatlari bahosini, unga ta'sir etuvchi omillarni o‘rganish m aqsadga muvofiqdir. Amalga oshirilgan bitimlar va k o‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy bahosi banklarning tijorat siri hisoblanib keng ommaga oshkor qilinmaydi. Bank asosiy xizmatlari baholari tahlili natijasida quyidagi xulosalarga kelindi. Bugungi kunda asosiy bank xizmatlari bahosi optimal darajada deb bo'lmaydi. Вunga sabab: - bank aniq bir maqsadli strategiyani ushlab turadi; - bank o ‘z xarajatlari haqida yetarlicha ma’lum otga ega emas va bozorda shakllangan narxlarga qarab narxlarni belgilaydi; - bank alohida mijozlar bilan qiziqishi; - tijorat bankidagi m enejm entning past darajasi; - taklif qilinayotgan kredit foizlari haqiqatdagi foiz stavkalariga mos kelmasligi; - turli ichki va tashqi sabablar tufayli taklif qilingan kreditning qaytarmaslik riskini yuqori darajasining mavjudligi, berilgan kreditlar ta’minoti hajmi va turining har xilligining mavjudligi. Odatda kreditlashtirish jarayonida baholarning shakllanishi, kreditlar s o ‘m larda berilganda, Markaziy Bankning qayta moliyalashtirish stavkasiga, xorijiy valyuta berilganida – LIBOR stavkasini hisobga oladilar. Shubhasiz kreditlarni berilishi ta'minotning m a ’lum bir turining boMishini taqozo etadi. Ko'chm as mulk. naqd xorijiy valyuta, qimmatli qog’ozlar, bank va sug'urta kom paniyalarning kafolati kabilar eng om m alashgan ta ’minotlardandir.Bank xizmatlari bozorida tijorat banklarining holatiga va joriy tarkibiga bog'liq holda ulaming boshqaruvchilari asosiy yoki bir nechta muqobil baho strategiyalarini tanlavdilar. Bu ularga aniq maqsadlariga erishishlariga yordam beradi. Bunda tijorat banklarining turli omillarga, bank xizmatlari bozori kon yukturasiga va tijorat bankining moliyaviy holatiga qarab turli maqsadlari bo'lishi mumkin.


Download 29.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling