~ 34 ~
2.3.DAT “Asakabank” Farxod filialida xarajatlar (zararlar) hisobini tahlili.
Banklarning xarajatlari- bu bank faoliyatini amalga oshirish jarayonida
amalga oshirilgan
foizli va foizsiz hamda bank operatsion xarajatlaridan tashkil
topadi. Ushbu xarajatlarning barchasi buxgalteriya hisobvaraqlari rejasidagi
50000- «Xarajatlar» hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi.
Bankning foizli xarajatlariga quyidagi operatsiyalar bo’yicha hisoblangan
foiz to’lovlari kiradi: talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlarning turlari
bo’yicha foizli
xarajatlari, O’zbekiston respublikasi markaziy bankining
hisobvaraqlari bo’yicha foizli xarajatlari, boshqa
banklarning hisobvaraqlari
bo’yicha foizli xarajatlari, qisqa muddatli kreditlar bo’yicha foizli xarajatlari, uzoq
muddatli kreditlar bo’yicha foizli xarajatlari, chiqarilgan qimmatli qog’ozlar
bo’yicha foizli xarajatlari, boshqa foizli xarajatlardir.
Foizsiz xarajatlarga esa, O’zbekiston respublikasi markaziy bankiga
to’lanadigan xizmat
va vositachilik xarajatlari, boshqa banklarga to’lanadigan
xizmat va vositachilik xarajatlari, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi operatsiyalari
bo’yicha to’lanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari,
qimmatbaho metallar,
toshlar va tangalar oldi-sotdi operatsiyalari bo’yicha to’lanadigan xizmat hamda
vositachilik xarajatlari, sotib olingan veksellar bo’yicha to’lanadigan xizmat va
vositachilik xarajatlari, akkreditivlar va aktseptlar bo’yicha to’lanadigan xizmat
hamda vositachilik xarajatlari, overdraft bo’yicha xarajatlari, kreditlar bo’yicha
vositachilik xarajatlari, kredit majburiyatlari bo’yicha xarajatlari,
menejment
bo’yicha xarajatlar, sindikat kreditlarda qatnashish bilan bog’liq xarajatlar,
mahalliy to’lovlar bo’yicha va vositachilik xarajatlari, xorijiy to’lovlar bo’yicha va
vositachilik xarajatlari, inkasso operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha va
vositachilik xarajatlari, kafolat va kafillik operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha
va vositachilik xarajatlari, boshqa vositachilik va xizmat xarajatlari, boshqa foizsiz
xarajatlari, ya’ni bank asosiy vositalarini sotish
yoki dispozitsiya qilishdan
ko’rilgan zararlari, bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya
qilishdan ko’rilgan zararlar va boshqa zararlari kiradi.