Banklarda hisob-kitob operatsiyalari va bank bo`limlari faoliyati


Bank kassasi faoliyatini о‘rganish


Download 81.82 Kb.
bet3/13
Sana07.03.2023
Hajmi81.82 Kb.
#1247362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Jumaboyev Shoxruh hisobot

Bank kassasi faoliyatini о‘rganish:
Tijorat banklari dastlabki faoliyatini amalga oshirishlarida bank kassasi
shakllantiradilar va O‘zbekiston Respublikasi markaziy bankining litsenzsiyasini
oladilar. Ushbu litsenziyaga ko‘ra, kassa operatsiyalari bo'limlari tashkil etiladi va
bank rahbari tomonidan kassa mudiri ( bank sohasida uch yil ishlagan), kassa
xodimlari tayinlab, kassa bo‘limIari (kirim kassasi, chiqim kassasi, kechkiinkassatorlardan pul qabul qilish kassasi) ni tashkil etadilar. Mijozlarga kassa xizmatini ko'rsatish uchun bank Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga pul omborini tashkil etish bo'yicha pasportini va boshqa hujjatlami topshiradi, ko'rib chiqib, Markaziy bankning Emissiya-kassa operatsiyalari departamentiga yuboradi. Ular ijobiy xulosa berganda bank operatsiyalari kassasi ochiladi. Shuningdek, bankning kassa operatsiyalari bo'limi maxsus jihozlangan ya'ni, ichki devorlari va to'shdevorlari qalinligi 80 mm bo'lgan juftlashtirilgan gips-beton panellarga yoki qalinligi kamida 120 mm bo'lgan g'isht devordan iborat bo'lishi kerak. Kassa darchasining hajmi 200x300 mm dan oshmasligi, kassa darchasi eshikchasi va to'siqdevorlar qalinligi kamida 40 mm bo'lgan taxtalardan yasaladi, ular ikki tomondan ruxlangan, metall listlar taxtalarga uzunligi kamida 40 mm bo'lgan mixlar bilan perimetr va diagonallar bo'yicha 60 mm ga qadar masofada.
Bank kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan naqd pul
mablag'larining me'yorini belgilash uchun Markaziy banka kassa arizasini beradi,
bunda, bank chiqimlari va tushumlari hamda kassa limiti qoldig'i o'z aksini topadi.
Shuningdek, bank kassasida naqd pullar qoldig'i limitlari doirasida naqd pullarga ega bo'lishlari va me’yorlar doirasida tushumdan ulami ishlatishlari mumkin. Kassadagi naqd pullar qoldig'i limitlari va tushumni ishlatish me'yorlarini
kelishgan holda belgilangan me'yoriy hujjatlarga rioya qilgan holda amalga oshiradi. Kassada naqd pullar qoldig'ining belgilangan limitlaridan ortiqcha bo'lgan barcha naqd pullami Markaziy bankning xisob-kitob-kassa markaziga topshiradilar. Naqd pullik hisob-kitob operatsiyalari bankning kassa operatsiyalari bo‘lib, ularga kassa bo'limi xodimlari tomonidan xizmat ko'rsatiladi. Ular asosan, bank kassasiga mijozlardan, inkassatorlardan, bank xodimlari va jismoniy shaxslardan qabul qilingan hamda ularga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa barcha to'Iovlami hisob-kitob cheklari bo'yicha naqd pul shaklida bankning operatsion kassasidan beriladi. Bu operatsiyalar Markaziybank tomonida ishlab chiqilgan me'yoriy hujjatlar bilan tartibga solib turiladi. Kassa hujjatlari bank uchun, shuningdek, hisob-kitoblarda ishtirok etuvchitomonlarga kerak bo‘lgan nusxalar sonida texnik vositalardan foydalanilgan va tijoratbankining hisob-kitob cheklari esa qo‘lda yozilgan holda to'ldiriladi. Kassahujjatlarini bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.Banklarda har bir operatsiyalami amalga oshirish bo‘yicha aylanishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Shu qatori, bankning kassa
operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga katta ahamiyat berish zarur, chunki
mijozlardan naqd pul qabul qilinayotganda yoki bank kassasidan ularga naqd pul
berishda bankning operatsion kassasi markazida mijozlaming uzoq vaqt turib
qolishlarining oldi olingan bo'lib, sifatli xizmat ko'rsatish imkoniyatini vujudga
keltiradi. Shu sababdan, banklarda kirim kassa operatsiyalari bo'yicha hujjatlar
aylanishi grafigini tuzishni talab etadi.

Download 81.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling