Banklarda hisob-kitob operatsiyalari va bank bo`limlari faoliyati


Banklarda kirim kassa operatsiyalari va ularning hisobi


Download 81.82 Kb.
bet4/13
Sana07.03.2023
Hajmi81.82 Kb.
#1247362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Jumaboyev Shoxruh hisobot

Banklarda kirim kassa operatsiyalari va ularning hisobi
Banklarda mijozlar bilan kassa operatsiyalarini amalga oshirish va naqd pullami qayta ishlash bo'yicha kirim, chiqim, kirim-chiqim, pulni qayta sanash, kechki va xo'jalik yurituvchi sub’ektlaming binolaridagi maxsus kassa bo'limlarini ochadilar.
Mijozlardan naqd pul mablag1 larini qabul qilishda quyidagi maxsus hujjat
shakllaridan foydalaniladi: 0402001-naqd pul qo‘yish e'lonnomasi, 0482008-kassa
kirim orderi, 0402004-kvitantsiyalardan. 0402001-naqd pul qo'yish e'lonnomasi uch qismdan iborat bo'lib, naqd pul qo'yish e'loni, kvitantsiya va order bo'ladi. Naqd qo'yish e'loni kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, kvitantsiya naqd pul topshirgan mijozga va order operatsion xodimlarga beriladi. Buxgalteriya xodimi maxsus e'lonning har uchala qismining to'g'ri to'ldirilganligini tekshirib, unga imzo qo'yadi va uning summasini kirim kassa jumalida qayd etadi. Imzolangan e’lon bo'yicha kassir mijozdan naqd pullami qabul qilishi va kvitantsiyaga o'z imzosini hamda kassa shtampini qo'yib, kvitantsiyani mijozga berishi lozim. Bankning kunduzgi, jismoniy shaxslaming omonatlarini kirim qilish, bank xodimlari tomonidan safar xarajatlari uchun olingan avans summalarining ishlatilmagan qismini topshiradilar. Jismoniy va yuridik shaxslardan turli omonatlar hamda boshqacha qo'yilmalar bo'yicha naqd pul qabul qilish jarayoni buxgalteriya xodimidan olgan maxsus shakldagi e'lonomani to'ldirib, topshiriladigan naqd pul mablag'larini tegishli simvollarda rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, naqd pullami bank kassasiga qo'yish bo'yicha ba'zi bir
operatsiyalar kirim kassa orderlari bilan rasmiylashtirilishi ham mumkin.
Buxgalteriya xodimi tomonidan qabul qilingan yoki tuzilgan kirim kassa orderiga
imzo qo'yilib, mablag'lami bankning ichki hisobvaraqlariga kirim qilinayoganda
kirim kassa orderi ikki nusxada to'ldirilishi va ulaming biri patta (kvitantsiya)
vazifasini bajaradi. Buxgalteriya xodimi kassadan kassiming imzosi qo'yilgan
andozali blanklar komplektidagi ordemi qaytarib olgach, kassiming orderdagi imzosi haqiqiyligini, uning namunasiga solishtirib tekshiradi hamda operatsiyani
buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun uni ishlov berish maqsadida tizim bo'yicha
o'tkazadi.
Shu bilan bir qatorda, inkassatsiya xizmati xodimlaridan naqd pul va boshqa
qimmatliklar solingan xaltalami qabul qilish kassa va buxgalteriya xodimlari
tomonidan tayinlangan kechki kassa xodimlari qabul qiladilar. Ushbu pullami kechki kassaning kassiri inkassatorlar brigada boshlig'idan uning a'zolari guvohligida yukxatlar, bo'sh xaltalar soni va tashrif varaqlari haqidagi hamda yo'nalishga tashrif varaqlar haqidagi ma'lumotnomani qabul qilishlari lozim. Yukxati bilan tashrif varaqlari bir-biriga mos kelishi tekshirib, tashrif varaqalarini ularga qaytarib berishda nazoratchi-buxgalter inkassatorlar daftarining ikkala nusxasiga imzo qo'yadilar. So'ng, birinchi nusxasiga inkassatorlaming muhri bosilgan ikkinchi nusxasiga kechki kassaning muhri bosilgan holda inkassatorlar brigade boshlig'iga beriladi. Qabul qilingan barcha naqd pullar qayta sanashdan o'tkazilib, maxsus seyflarga solinadi va ikkita surg'uchli muhr bosiladi. Kalitning biri kassirda va ikkinchisi buxgalter -nazoratchida saqlanadi. Keyingi operatsion
kun ertalab kechki kassa kassiri va nazoratchi-buxgalteri bilan maxsus kassaning
naqd pul solingan qoplari hamda yuk xatlari kassa mudiriga topshiradi va
ma’lumotnomaning har ikki nusxasiga imzo qo'diradi.
Qabul qilingan naqd pullar kassa jumaliga asosan, mijozlaming hisobvarag'iga kirim qilinadi va buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 10101- «Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar» hisobvarag'i Kt 20200- «Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar» hisobvarag'i yoki mijozning boshqa depozit hisobvarag'i. Shundan so'ng, mijozlaming analitik va sintetik hisob ma'lumotlari olinib, ular taqqoslangandan keyin mijozning hisobvarag'idan ko'chirma bilan birga order mijozga beriladi, ya'ni bankka qo'yilgan naqd pullar bo'yicha mijoz ikkita hujjat oladi - kvitantsiya va order. Order mijozlar tomonidan bankka pullaming tushishi va ulaming tegishli hisobvaraqlari bo'yicha amalga oshirilgan yozuvlaming to'g'riligini tekshirishni ta'minlaydi. Naqd qo'yilmalarga e'lon kassirda qoladi va amaliyot oxirida boshqa hujjatlar va qimmatiiklar bilan birga bosh kassirga beriladi.


Download 81.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling