Banklarda hisob-kitob operatsiyalari va bank bo`limlari faoliyati
Download 81.82 Kb.
|
Jumaboyev Shoxruh hisobot
Banklarda hisob-kitob operatsiyalari va bank bo`limlari faoliyati Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish boshqa korxona va tashkilotlamikiga nisbatan o'zining operativligi bilan ajralib turadi. Chunki ularda soat 16-00 gacha operatsion kun bo'lib, shu davr mobaynida amalga oshiriladigan operatsiyalar o'sha kuniyoq mijozlaming analitik hisobidagi shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi va kundalik balans orqali umumlashtirish usuli bilan nazorat qilib boriladi. Bu pul mablag'larining saqlanishi, kundalik pul aylanmasi va hisob-kitob kredit munosabatlarining holati, kassa rejasining bajarilishini nazorat qilish imkoniyatini berish bilan birgalikda, pul muomalasi hamda kredit resurslarining aylanishini tartibga solishni ta'minlaydi. Buxgalteriya hisobining ob’ektlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va bank faoliyatining asosiy ko'rsatkichlarini hisoblash hamda ular bo'yicha to'liq ma'lumotlarga ega bo'lish uchun o'lchov birliklari (natura, mexnat va pul) dan foydalaniladi. Shu boisdan, Banklarda buxgalteriya hisobini to'g’ri yuritishda quyidagi asosiy vazifalami bajarishni talab qiladi: hisob-kitoblardagi mablaglar aylanishini tezlashtirish, mijozlarga tez va puxtaxizmat ko'rsatish, hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to'g’ri bajarish; bankdan pul mablag'lari, moddiy boyliklar, shuningdek, qat'iy hisobda turadigan blankalardan foydalanishning qonuniyligini ta'minlash; operatsion kun davomida bajarilgan va ko'rsatilgan xizmatlar bo'yicha rasmiylashtirilgan hujjatlaming qonuniyligini hamda to'g’riligini nazorat qilish; Banklarda bajarilgan va ko'rsatilgan xizmatlar bo'yicha moliyaviy natijalami shakllantirish va ulami to'g’ri aniqlash; kundalik balansni tuzish uchun dastlabki hujjat ma'lumotlarini qayta ishlash va ulaming har bir hisobvaraqlari bo'yicha taqsimlashni samarali tashkil etish. Oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tuzish hamda tegishli nazorat organlariga o'z vaqtida taqdim etib borishdan iboratdir. Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobining qonuniy va uslubiy asoslari bo'lib, O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g’risidagi qonuni", «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari», «Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari» hamda O'zbekiston Respublikasi markaziy banki tomonidan ishlab chiqarilgan me'yoriy hujjatlari hisoblanadi. Ushbu qonuniy hujjatlar buxgalteriya hisobini yuritishda tartibga soluvchi qonuniy hujjatlar hisoblanadi va mulkchilik shaklidan, ya'ni, qaysi tarmoqqa tegishliligidan hamda katta-kichikligidan qat'iy nazar barcha xo'jalik yurituvchi sub’ektlar uchun amal qilinadi. Tijorat banklari tomonidan mijozlarga milliy va xorijiy valyutada bank hisobvaraqlarini ochishi, ulami qayta rasmiylashtirishi hamda yopishi mumkin. Bank hisobvarag'i - bu bank va mijoz o'rtasida tuziladigan maxsus shartnomaga (xizmat ko'rsatish) muvofiq, mijozning pul mablag'larini saqlash uchun ochilgan hisobvarag'i tushuniladi. Bank hisobvaraqlari quyidagi: talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar; jamg'arma depozit hisobvaraqlar; muddatli depozit hisobvaraqlar; depozit hisobvaraqlaming boshqa turlari; kredit hisobvaraqlari kabi turlarga bo'linadi. Download 81.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling