Banklarda hisob-kitob operatsiyalari va bank bo`limlari faoliyati
Banklarda chiqim kassa operatsiyalari va ularning hisobi
Download 81.82 Kb.
|
Jumaboyev Shoxruh hisobot
Banklarda chiqim kassa operatsiyalari va ularning hisobi
Mijozning talab qilib olinadigan depozit hisobvarag'idan naqd pul mablag'larini hisobdan chiqarish ikki usulda, ya'ni, belgilangan shakldagi pul cheklari bo'yicha va jismoniy shaxslar — qarz oluvchilarga, omonatchilarga, pensionerlarga esa, chiqim kassa orderlari bo'yicha beriladi. Shuningdek, "Bank-mijoz" tizimidan foydalanuvchilardan elektron aloqa orqali olingan elektron to'lov hujjatlari, shuningdek, plastik kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlar asosida. Kassa operatsiyalari bo'limi operatsion kunni boshlash oldidan kassadagi naqd pul qoldig'ini kassa mudiri ishtirokida qayta sanaydi va va so'ng kassirlarga chiqim operatsiyalariga zarur bo'lgan naqd pul summalarini tegishli daftarga yozib, imzo qo'ydiriladi. Banklarda yilning har choragi uchun korxona va tashkilotlardan kassa rejasini tuzib topshirishlarini talab qiladilar. Bunda, kassa rejasida naqd pulning tushumi bo'yicha alohida moddalar, naqd pulning xarajati bo'yicha alohida moddalar ko'rsatilgan bo'lib, ish haqi olish bo'yicha belgilangan sanalar belgilanishini nazorat qiladi. Ushbu kassa rejalariga binoan, bankning har kungi kassa operatsion bo'limlarining ish kuni maromiylini ta'minlash uchun operatsiya kuni davomida qancha naqd pul zarurligi, qancha naqd pul bank tushumlari hisobidan amalga oshirilishi kassa prognozlari asosida hisoblab boriladi. Mijozlar tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlami olish uchun bir kun avval pul chek daftarchasiga olinishi lozim bo'lgan mablag' summasi rasmiylashtirilib, ushbu mablag'ni olish huquqiga ega bo'lgan shaxsning pasporti bilan birgalikda ularga xizmat ko'rsatuvchi mas'ul ijrochiga beriladi. Mas'ul ijrochi eng avval, shu mijozning hisobraqamida etarli pul miqdorining mavjudligini tekshirib, shundan so'nggina pul chek daftarchasining to'liq va to'g'ri to'ldirilganligini ikkita imzo va muhming imzolari hamda muhr namunasi tushirilgan kartochkalar bilan solishtirib ko'radi. hammasi to'g'ri bo'lsa pul chek daftarchasining burchagidagi nazorat markasini qirqib olib, mablag'ni oluvchining pasporti birga mijozga qaytarib beradi. Nazoratchi tekshiruvdan so'ng, barcha rekvizitlami kassa chiqim jumaliga qayd qiladi. Chiqim jumalida sana, hisobvaraq raqami, chek daftarchasidagi summasi, hisobot simvoli, korrespondentsiya hisobvarag'I raqami ko'rsatiladi. Nazoratchi chiqim jumali bilan birgalikda cheklami tartibda kassaga topshiradi. Kassir mijozni chaqirib, uning pasporti va nazorat markasini oladi. Nazorat markasi raqami hisob-kitob chek daftarchasi raqamibilan, pul chek daftarchasidagi pasport ko‘rsatgichlari pasportdagi bilan mos kelgan taqdirda, bank kassiri ushbu ko‘rsatilgan summani mijozga sanab berishi lozim. Buxgalterlar amalga oshirgan chiqim kassa operatsiyalari markazlashgan tartibda buxgalteriya nazoratchisi tomonidan nazorat qilinadi. Nazoratchining ish joyi imkoni boricha kassaga yaqin bo'lishi lozim. Chiqim operatsiyalarini nazorat qilish shunday tashkil etilishi lozimki, bunda quyidagilar: - noto'g'ri rasmiylashtirilgan hujjatlar bo'yicha to'lovni amalga oshirish, cheklarga qo'yilgan imzo va muhr izi taqdim etilgan namunadagisiga mos kelmaganda hamda shu mijozga tegishli bo'lmagan pul chek daftarchasidan yozib berilgan cheklar bo'yicha to'lovlami amalga oshirish; pul chek daftarchasi va boshqa chiqim kassa hujjatlari buxgalteriya xodimlari hamda bank nazoratchisini chetlab o'tgan holda to'g'ridan-to'g'ri kassaga kelib tushish; kassa hujjatlariga asossiz tuzatish va qo'shimchalar kiritish kabilarga yo'l qo'ymaslik. Kirim va chiqim kassa jumallari kompyuter texnikasi yordamida tuzilib, unda mijozning hisobvarag'i, kirim va chiqim hujjatining raqami hamda uning summasi ko'rsatiladi. Nazoratchining kassirdan tilxat olib chiqim kassa orderlari bo'yicha to'lovni amalga oshirish uchun kassaga berish tartibi bankning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan belgilanib, kirim kassa operatsiyalari bo'yicha hujjatlar aylanishi shunday tashkil etilishi lozimki, bunda kassaga pul amalda kelib tushganidan keyingina mijozlarga pata (kvitantsiya)lar berilishi hamda ushbu summalar ulaming shaxsiy hisobvaraqlariga kirim qilinishi zarur. Kun oxirida nazoratchi va kassir bajargan operatsiyalari bo'yicha hujjatlami o'zaro solishtirib boshqarish hisob markaziga topshiradilar. Hisob markazidan hujjatlar asosida mijozning shaxsiy hisobvaraqlari chaqirib beriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 20200-«Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar» hisobvarag'i, Kt 10101- «Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar» hisobvarag'i. Shuningdek, Banklaming kassasida Markaziy bank tomonidan belgilan limitdan ortiq bo'lgan taqdirda, me'yordan ortiqchasi Markaziy bankda ochilgan 10307- «Markaziy bankdan olinishi lozim bo'lgan mablag'lar-naqd pullar» hisobvarag'iga o'tkazishlari mumkin. Bunda, buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 10307- «Markaziy bankdan olinishi lozim bo'lgan mablag'lar - naqd pullar» hisobvarag'i, Kt 10101- «Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar» hisobvarag'i. Ushbu naqd pullar vaqtinchalik Markaziy bankda zahira sifatida saqlanib turilishi, aks holda ushbu mablag'larga ehtiyoj sezilganda bank tomonidan oldindan kassa arizasi beriladi va banka qaytarib beriladi, u holda buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 10101- «Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar» hisobvarag'i, Kt 10307- «Markaziy bankdan olinishi lozim bo'lgan mablag'lar - naqd pullar» hisobvarag’i. Download 81.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling