Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini tekshirish
Nomoddiy aktivlar dastlabki qiymatini shakllantirish tartibi
Download 247.79 Kb.
|
Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini teks-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul o‘tkazish yo‘li bilan otib olingan Tijorat bank da ishlab chiqa ril gan
Agar aktiv nomoddiy aktivning tarifiga javob bersa, bank tomonidan kelajakda iqtisodiy samara olish ehtimoliy mavjud bo‘lsa va aktivning qiymatini ishonchli aniqlash mumkin bo‘lsa, ushbu aktiv nomoddiy aktiv sifatida tan olinishi lozim. Ushbu talab chetdan sotib olingan nomoddiy aktivlar bilan birga bank ichida yaratilgan nomoddiy aktivlar uchun ham qo‘llaniladi. Bank aktivdan unumli foydalanish muddati davomida mavjud bo‘ladigan va kelajakda olinadigan iqtisodiy samara ehtimolini baholashi kerak. Nomoddiy aktivlar auditining maqsadi buxgalteriya hisoboti “nomoddiy aktivlarˮ moddasining ishonchlilik darajasi to‘g‘risidagi fikrini shakllantirish va korxonada qo‘llanilayotgan nomoddiy aktivlarni hisobga olish uslubi hamda soliqqa tortish bilan bog‘liq muomalalarning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilikka muvofiqligini aniqlashdan iborat. Nomoddiy aktivlar auditi jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi: Nomoddiy aktivlar mavjudligi ustidan nazorat o‘rnatilishini aniqlash (mulkiy obyektlarni nomoddiy aktivlar qatoriga olib borishning to‘g‘riligi; mavjudligini va muomalalarni hujjatlashtirishning to‘g‘riligini tekshirish; nomoddiy aktivlarni baholashning to‘g‘riligini tekshirish; inventarizatsiya qilish; hisobot ko‘rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligini aniqlash); Sintetik hisobni yuritish, nomoddiy aktivlarning kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortishning to‘g‘riligini tekshirish (nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirilishi; nomoddiy aktivlar kirimga olinishi va chiqim qilinishiga doir muomalalarni soliqqa tortish masalalari); Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish (foydali xizmat muddatini belgilashning asoslanganligi; amortizatsiya hisoblashda qo‘llanilgan usullarning qonuniyligi va asoslanganligi; amortizatsiya ajratmalarining hisobda aks ettirilishi). Auditor nomoddiy aktivlarni tekshirish chog‘ida quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalanadi: nomoddiy aktivlarni hisobga olishni va ular bilan bog‘liq muomalalarni soliqqa tortishni tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar; bankning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘i (farmoyishi) (nomoddiy aktivlar hisobiga taalluqli qismi); nomoddiy aktivlar sintetik va analitik hisobi bo‘yicha bankda qo‘llaniladigan hisob registrlari; nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni hisobga oladigan dastlabki hujjatlar; buxgalteriya hisobotlari. Dastavval, auditor tijorat bank hisob siyosatining nomoddiy aktivlarini hisobga olish uslubiyoti bayon qilingan asosiy qoidalari bilan tanishib chiqadi. Bular xususan quyidagilardan iborat: amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari (bir butunligicha yoki nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha); amortizatsiya hisoblanmaydigan nomoddiy aktivlar ro‘yxati; nomoddiy aktivlarni hisobga olish uchun qo‘llaniladigan namunaviy qabul qilingan va bankning o‘zida tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari; nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish muddatlari; nomoddiy aktivlar hisobiga doir hujjatlar aylanishi; nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni hisobga olishda qo‘llaniladigan hisobvaraqlar ro‘yxati. Buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasida tijorat bankka mulkiy huquq asosida tegishli bo‘lgan nomoddiy aktivlarning miqdori va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun 16600 –“Nomoddiy aktivlar” hisobvaraqlari mo‘ljallangan. Bu hisobvaraqlar balansga nisbatan aktiv bo‘lib, ularning debet tomonida mavjud nomoddiy aktivlarning qoldig‘i, kirimi va kreditida xo‘jalikdan chiqishi aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan sharoitda quyidagi hisobvaraqlarning debet va kredit oborotlari bo‘yicha mashinagrammalar tuziladi:34 Amalda nomoddiy aktivlarga doir muomalalar kamdan-kam sodir bo‘lganligi sababli, mulklarni nomoddiy aktivlar qatoriga olib borishning to‘g‘riligini yoppasiga tekshirish maqsadga muvofiq. Mulklar nomoddiy aktivlar qatoriga olib borilganligining to‘g‘riligini tekshirish chog‘ida huquqlar va shunga o‘xshash fuqarolik-huquqiy 34 O‘zbekiston Respublikasi banklarida nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma (Markaziy bank 12.10.2003 y. N 519 (23/8) Qarori, AV 14.01.2003 y. N 1199 bilan ro‘yxatga olingan) shartnomalar tuzilish natijasida sotib olinadi va patent to‘g‘risida, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, mualliflik huquqlari to‘g‘risidagi qonunlar bilan tartibga solinadi. jadval
Download 247.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling