Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini tekshirish


Nomoddiy aktivlar auditi ahamiyati


Download 247.79 Kb.
bet5/65
Sana02.11.2023
Hajmi247.79 Kb.
#1740095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini teks-fayllar.org

Nomoddiy aktivlar auditi ahamiyati

Auditorlik tekshiruvi keyingi bosqichi bank nomoddiy aktivlar bilan muomalalarini tekshirishdan iboratdir. Bu jarayonda nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish sifati, ularni qabul qilish, nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblash, ularni chiqib ketish tartiblari auditorlik tekshiruvidan o‘tkaziladi.

Nomoddiy aktivlar – bu nomonetar, identifikatsiya qilinadigan aktivlar bo‘lib, moddiy va jism shakliga ega bo‘lmagan, foydali xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan, hamda ulardan bank xizmatlari ko‘rsatishda yoki ma’muriy maqsadlar uchun foydalanishga mo‘ljallangan aktivlardir32.
Nomoddiy aktivlarga patentlar, mualliflik huquqlari, gudvill (goodwill), savdo markalari, kompyuter dasturiy ta’minotlari, litsenziyalar va shu kabilar tegishlidir.
Agar dasturiy ta’minot tegishli jihozning tarkibiy qismi bo‘lsa, u moddiy aktiv sifatida qaraladi. Agar dasturiy ta’minot tegishli jihozning tarkibiy qismi bo‘lmasa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi.
Nomoddiy aktiv boshlang‘ich (haqiqiy) qiymati – bu nomoddiy aktivlarni sotib olish yoki yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan, to‘langan soliqlar, bojxona bojlari va yig‘imlari, shuningdek, yetkazib berish va o‘rnatish bilan bog‘liq, o‘rnatishga hamda aktivdan o‘z maqsadi bo‘yicha foydalana olish uchun uni ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa har qanday haqiqiy xarajatlarning summasidir. Nomoddiy aktivlarning qiymatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taalluqli xarajatlar, masalan, yuridik xizmatlar uchun kasbiy
rag‘batlantirishlar (gonorarlar)ni o‘z ichiga oladi. Haqiqiy qiymatga ega bo‘lish uchun barcha savdo chegirmalari va qaytarilgan mablag‘lar chiqarib tashlanadi. Bankning nomoddiy aktivlari quyidagi usullarda shakllanadi:

  1. sotib olish;


  2. bank ichida ishlab chiqish (yaratish);


  3. tekinga olish.



Nomoddiy aktivlarni baholash usullari33



  1. jadval








Download 247.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling