Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini tekshirish


rasm. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullari va ularning formulasi35


Download 247.79 Kb.
bet9/65
Sana02.11.2023
Hajmi247.79 Kb.
#1740095
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65
Bog'liq
Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini teks-fayllar.org

rasm. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullari va ularning formulasi35

Aktivning amortizatsiyalanadigan summasi uning balans qiymatidan aktivning likvidatsiya qiymatini ayirib tashlash orqali aniqlanadi. Quyidagilardan tashqari hollarda, nomoddiy aktivning likvidatsiya qiymati nolga tenglashtirilib qabul qilinishi lozim:



    1. aktivni foydali xizmat qilish muddati oxirida ushbu aktivni sotib olishga uchinchi shaxs majburiyati borligi; yoki


    2. aktiv uchun amal qilayotgan faol bozor mavjudligi va:


  1. ushbu bozorga asoslanib aktivning likvidatsiya qiymatini aniqlash mumkinligi;



35 Ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
  1. aktivning foydali xizmat qilish muddati oxirida shunday bozorining mavjud bo‘lish ehtimolidan holi emasligi.


Amortizatsiya quyidagi uslublarni qo‘llash yo‘li bilan hisoblanadi:


  1. bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usuli;


  2. bajarilgan ishlarning hajmiga proporsional ravishda eskirishni hisoblash usuli;


  3. qoldiqning kamayib borish usuli.


Aktivlarning har xil turlariga amortizatsiya hisoblashning turli usullarini qo‘llash ruxsat etiladi. Bunda bir turdagi nomoddiy aktivlarga faqatgina bitta usul qo‘llanilishi kerak. Eskirishni hisoblashning tanlangan usuli hisob yuritish siyosati tomonidan aniqlanishi va bir hisobot davridan keyingi hisobot davriga ketma-ket ravishda qo‘llanilib borilishi hamda yil davomida o‘zgarmasligi kerak.



    1. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning auditi

Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar (KBTEB) – bu bank faoliyatida foydalaniladigan va quyidagi mezonlardan birortasiga javob bera oladigan moddiy aktivlardir:



    1. xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan;


    2. xizmat muddatidan qat’iy nazar, bir donasi (komplekti) narxi O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan (sotib olish vaqtidagi) eng kam ish haqining ellik baravarigacha qiymatga ega bo‘lgan buyumlardir.


Bank rahbari buyumlarning kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar tarkibidagi hisobini olib borish uchun hisobot yiliga buyumlar qiymatining quyi chegarasini o‘rnatishi mumkin.


Xizmat qilish muddati va qiymatidan qat’iy nazar kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
  1. maxsus asboblar va moslamalar (ayrim buyumlarni turkum va yalpi ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan maqsadli asboblar va moslamalar);


  2. maxsus va sanitar kiyimlar, maxsus poyabzallar;


  1. yotoq jihozlari;


  2. kanselyariya jihozlari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va boshqalar);


  3. oshxona va ovqatlanish xonasi inventarlari, shuningdek‚ ovqatlanish xonasi choyshablari;


  4. qurilish-ta’mirlash ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtinchalik qurilma va moslamalar (titulsiz inshootlar);


  5. foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashish asbob- uskunalari va boshqa buyumlar;


Haqiqatdagi qiymat – kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni sotib olish, qayta ishlash va uni hozirgi joyi hamda holatiga keltirish uchun amalga oshirilgan boshqa jami xarajatlar summasidir;


Haqqoniy qiymat – o‘zaro aloqador bo‘lmagan va umumiy shartlarda bitimni amalga oshirishni xohlovchi boxabar tomonlar o‘rtasida aktivni almashtirish yoki majburiyatni qoplash uchun kelishilgan summa;
Sof sotish qiymati – oddiy ish faoliyati davomidagi bitim tuzish va sotishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan va hisoblangan xarajatlar chegirib tashlangan sotish bahosidir. Sof sotish qiymati bank tomonidan oddiy hollarda kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni sotishday olishi kutilayotgan sof summani anglatadi.
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning sof sotish qiymati haqqoniy qiymatdan sotish xarajatlari ayirib tashlangan qiymatidan farq qilishi mumkin.
Masalan, “A” tijorat banki tahliliy hisob kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar, shuningdek, boshqa qimmatliklarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib borilmagan holda bitta 19921 – Ombordagi KBTEBlar va boshqa qimmatliklar nomli hisobvarag‘ida yuritilgan.
Ombordagi tovar moddiy boyliklarni but saqlanishini nazorat qilib borish maqsadida davriy ravishda, lekin yilda kamida bir marta buxgalteriya ma’lumoti bilan ombordagi tovar moddiy boyliklarni taqqoslab borish ishlari o‘tkazib borilmagan. 2017-yil 16-fevralda filial omboridan 1613,4 ming so‘mlik KBTEBlar chiqim qilingan, biroq 19921-hisobvarag‘ida 17-fevral kuni buxgalteriya amaliyoti bajarilgan, ya’ni ombordagi qimmatliklar hisobi bilan balans o‘rtasida 1 kunga farq mavjud bo‘lgan.
2017-yil 18-fevralda 700,0 ming so‘mlik asosiy vositalar (5 dona telefon apparatlari) 19921- hisobvarag‘iga kirim qilinib, talabnomalarga asosan bank xarajatiga olib borilgan. Ushbu asosiy vositalar bank xarajatidan qaytarilib asosiy vositalarning tegishli hisobvaraqlariga kirim qilish hamda hisobini yuritish tavsiya etiladi.
Hisobot davrida amalga oshirilgan buxgalteriya o‘tkazmalari tanlov asosida o‘rganilganda aksariyat holatlarda bank omboriga kirim qilingan KBTEBlar hamda asosiy vositalar kechiktirib balansda aks ettirilganligi ma’lum bo‘ldi.


Download 247.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling