Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini tekshirish


Download 247.79 Kb.
bet12/65
Sana02.11.2023
Hajmi247.79 Kb.
#1740095
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65
Bog'liq
Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini teks-fayllar.org

Demak, auditorlik risklarning maqbul to‘plami deganda, o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijasida yanglish mulohazaga kelish va natijada, noto‘g‘ri auditorlik xulosasi tuzish ehtimoli (xavfi) tushuniladi40.

Yuqorida bayon etilganidek, auditorlik risklarining maqbul to‘plami bir qancha risklardan iborat.


Umumiy auditorlik amaliyotida auditorlik risklarining maqbul to‘plamiga quyidagicha yondashuv ishlab chiqilgan va ular ingliz tilidagi abbreviaturasi (bosh harflari) bo‘yicha quyidagi formula ko‘rinishida ifodalangan:

DAR = IR * CR* DR (3)



DAR (Desired audit risk) – ARMT (auditorlik risklarning maqbul to‘plami);
IR (Internal risk) – IXR (ichki xo‘jalik riski);
SR (Control risk) – NR (nazorat riski);
DR (Detection rick) – AR (aniqlanmaslik ya’ni xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik riski).
Demak, auditorlik risklarining maqbul to‘plami (ARMT)ni va uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar (IXR; NR; AR)ni batafsil bayon qilish va mohiyatini o‘rganish uchun quyidagi formula ko‘rinishida ifodalaymiz hamda uning tarkibiy qismlarini alohida ko‘rib chiqamiz:

ARMT= IXR * NR * AR (4)



Ichki xo‘jalik riski – IXR (IR-Internal risk) – bu mazkur buxgalteriya hisobvarag‘ida, balans moddasida, bir turdagi xo‘jalik muomalalari guruhida yaxlitlanganda, tijorat bank hisobotida muhim

40 Handbook of international quality control, auditing, review, other assurance and related services pronouncements 2016-2017 Edition Volume I page 1116 www.iaasb.org
kamchiliklarning, bunday kamchiliklar ichki nazorat tizimi vositalari yordamida aniqlangunga qadar yoki ichki xo‘jalik nazorati umuman yo‘q bo‘lganda, auditor tomonidan subyektiv tarzda aniqlanish ehtimoli tushuniladi.

    1. Auditorlik xulosalari va ularning turlari

Audit xulosasi barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun, hokimiyat va sud idoralari uchun huquqiy hujjat hisoblanadi41. Bu xulosa matbuotda ham e’lon qilinishi mumkin. Auditning taftishdan asosiy farqi ham mana shunda.

Tijorat banklarida o‘tkazilayotgan auditorlik tekshirishlari sifati va ta’sirchanligini oshirish, tashqi audit faoliyatini takomillashtirish, auditorlik firmalari o‘rtasida erkin va sog‘lom raqobat munosabatlarini kuchaytirish hamda aholi va sarmoyadorlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish maqsadida 1996-yil 24-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank auditi tizimini rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi.
Mazkur farmon talablarini bajarilishini ta’minlash va Respublikada bank auditini mustahkamlash maqsadida o‘tgan davr mobaynida Markaziy bank tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Mamlakatimizda ishlab chiqilgan Auditorlik faoliyati milliy andozalari asosida banklarda auditorlik tekshiruvlari tashkil etiladi. Auditorlik faoliyati milliy andozasi-AFMA “Auditorlik faoliyati to‘јrisidaˮgi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentyabrdagi “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlari rolini oshirish to‘g‘risidaˮgi 365-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish elementi hisoblanadi.
Andozaning maqsadi auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha auditorlik hisoboti va auditorlik
41 Asokan Anandarajan, Gary Kleinman International Auditing Standards in the United States: Comparing and Understanding Standards for ISA and PCAOB Business Expert Press, 2014 page 288
xulosasini tuzishning yagona tartibini joriy etish hisoblanadi.
Mazkur andoza talablari auditorlik tekshiruvini o‘tkazish va tijorat bankka auditorlik hisoboti hamda auditorlik xulosasini taqdim etish paytida barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. Mazkur andozaning №70 esa auditorlik xulosalariga bag‘ishlangan42.
Auditorlik hisoboti – tijorat bank rahbari, mulkdori, ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yig‘ilishiga taqdim etiladigan, auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi huquq buzilishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish natijasida olingan va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos hisoblanadigan boshqa axborotdan iborat bo‘lgan hujjat.


Download 247.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling