Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini tekshirish
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘z va atamalar
Download 247.79 Kb.
|
Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini teks-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-bob. AYDITORLIK RISKLARI VA AUDITORLIK XULOSALARI
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘z va atamalarAsosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, amortizatsiya, inventarizatsiya, qayta baholash qiymati, kamayib boruvchi qoldiq usuli, kumulyativ (yillar summasi) usuli, haqqoniy qiymat. O‘z bilimini tekshirish bo‘yicha savollarAsosiy vositalar va ularni hisobga olishning hisobi? Asosiy vositalarni qayta baholash qanday amalga oshiriladi va uni audit qilish tartibini tushuntiring? Asosiy vositalarni inventarizatsiyasi qanday tartibda tekshiriladi? Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobini tashkil etishning auditi qanday amalga oshiriladi? Nomoddiy aktivlarga qanday eskirish hisoblanadi? O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi xalqaro auditorlik tashkilotlari. Kam baholi tez eskiruvchi buyumlar va asosiy vositalarning tarkibi. Auditorlik guruhlarini tuzish tarkibi. Tez eskiruvchi buyumlar va asosiy vositalar hisobining yuritilishi. Kam baholi buyumlarning hisobdan chiqarilishi. Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularni audit qilish tartibi. 10-bob. AYDITORLIK RISKLARI VA AUDITORLIK XULOSALARIAuditorlik faoliyati bilan bog‘liq risklar Auditorlik xulosalari va ularning turlari Auditorlik faoliyati bilan bog‘liq risklar Ma’lumki, respublikamizda islohotlarning chuqurlashtirilishi va iqtisodiyotning erkinlashtirilishi natijasida moliyaviy hisobot axborotlaridan foydalanuvchilarning turlari ko‘paymoqda, moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlash esa auditorlik tashkilotlarining asosiy vazifasiga kiradi. Shu bilan birga, qator muammolar va kamchiliklar auditorlik faoliyatining yanada rivojlanishiga va korporativ boshqaruv sifatini oshirish uchun auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda batafsil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2018-yil 19-sentyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3946 qarorida bayon etgan: “... auditorlik tashkilotlarini tan olish bo‘yicha mavjud cheklovlar va tanlovlar o‘tkazish amaliyoti ko‘p hollarda insofsiz, shu jumladan, narx borasida insofsiz raqobatni keltirib chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda”36. Shubhasiz, hamma vaqt moliyaviy hisobotdan foydalanuv- chilarning xolisona va foydali auditorlik hisoboti va xulosasi bilan ta’minlanishi professional risk kategoriyasiga kiruvchi auditorlik riski bilan uzviy bog‘liq. Bugungi kunda auditorlik riskini baholash muammosi amaliyotda xalqaro audit standartlarini qo‘llash zaruriyati munosabati bilan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
bet.
38 А.Зайцану, Е.Хлациус, С.Лукан “Methods for Risk Identification and Assessment in Financial Auditing” volume 32, 2015 pages 595-602 https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2212567115014379 39 9-sonli AFMS “Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi”- O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi, 03.09.1999y, www.minfin.uz xatoliklar bor deb ko‘rsatilishi ehtimolligini anglatadi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, standartga ko‘ra auditorlik riski, bu hisobotda jiddiy xatolar (noto‘g‘ri dalillar) mavjudligi nuqtayi nazaridan tijorat bankining moliyaviy hisobotlari ishonchliligi bo‘yicha auditorlik firmasining noto‘g‘ri fikr bildirishi ehtimolligidir. Audit va moliyaga oid ayrim manbalarda “riskˮ atamasi turlicha tarjima qilib qo‘llanilmoqda («tavakkalchilik», «xatarlilik», «xavf- xatar», «tahlika», «g‘ov» va h. k). Auditorlik faoliyatiga nisbatan bunday tarjimalar “riskˮ atamasining asl mohiyatini to‘liq ochib bermaydi. Bu borada biz professor T. S. Malikov fikriga qo‘shilamiz. Umuman murakkab ilmiy atamalarni ularning mohiyatini ifodalamaydigan tarjimalar bilan almashtirmasdan, birinchi marta qo‘llanilganida izohlagan holda, keyinchalik aslini qo‘llash maqsadga muvofiq. №9 - “Muhimlik va auditorlik riskiˮ nomli AFMS ga muvofiq: Auditorlik riski – bu auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha auditorlar tomonidan subyektiv aniqlanadigan, moliyaviy hisobotda, uning ishonchliligi tasdiqlanganidan so‘ng xatolar mavjudligini tan olish yoki moliyaviy hisobotda bunday kamchiliklar haqiqatan ham yo‘q bo‘lgan- da, unda kamchiliklar mavjud deb tan olinish ehtimolidir. Faraz qilaylik, agar auditor salbiy xulosa bersa yoki xulosa berishdan voz kechsa o‘zini xavf-xatar ostiga qo‘ymasligi mumkin. Ammo bu noto‘g‘ri fikr, chunonchi, auditor uchun bu holda mijozlarini yo‘qotish xavfi vujudga keladi. Bundan tashqari, auditor har qanday, hatto, mijoz-tijorat bank moliyaviy hisobotini to‘liq tasdiqlaydigan xulosa berganida ham, u shartnoma majburiyatlari bilan bog‘liq xavf- xatarni o‘z zimmasiga oladi. Auditorlik faoliyatida uchraydigan bunday xavf-xatarlar yig‘indisini keyinchalik auditorlik risklarning maqbul to‘plami deb atash mumkin. Ma’lumki, har qanday malakali va puxta o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi ham auditorlik riskini to‘liq bartaraf eta olmaydi. Shuning uchun auditorlik amaliyotida uning (auditorlik riskining) maqbul chegarasi 5% deb qabul qilingan. Ya’ni, auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan 100 ta auditorlik xulosasidan 5 tasi munozarali masalalar bo‘yicha noto‘g‘ri xulosalar bo‘lishi mumkin. Bunday risk ya’ni, 5% miqdorda noto‘g‘ri xulosa berish ehtimoli auditorlik tashkiloti uchun muhim hisoblanmaydi va uning raqobatbardoshligini pasaytirmaydi. Aksincha, bu ko‘rsatkich (5%)ni yanada pasaytirishga urinish behuda kuch va mablag‘ sarflashga olib keladi hamda raqobatbardoshlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Umuman auditorlik riskining maqbul to‘plamiga quyidagi shart- sharoitlar asosiy ta’sirini ko‘rsatadi. Download 247.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling