Bankning jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolni tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi faoliyati” mavzusida kurs ishi


Ichki nazorat boshqarmasining maqsadi va vazifalari


Download 300.26 Kb.
bet6/15
Sana17.06.2023
Hajmi300.26 Kb.
#1533678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Bankning jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirishga4

Ichki nazorat boshqarmasining maqsadi va vazifalari
Ichki nazorat tizimi ichki nazoratni tashkil etish, xodimlar tomonidan qonun hujjatlari va ichki me’yoriy hujjatlar talablarini buzish holatlarini oldini olish va bartaraf etish masalalari bo‘yicha Markaziy bank va Departament bilan hamkorlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakolatli vakillari, tijorat bankining ichki audit xizmati, tashqi audit hamda Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishini monitoring qiladi, hamda mazkur masalaga bog‘liq bo‘lgan Boshqaruv qarorlarini bankning hududiy filiallari va Bosh ofis tarkibiy tuzilmalari tomonidan bajarilishini o‘rganadi hamda natijalari to‘g‘risida Boshqaruv Raisiga axborot tayyorlaydi. Belgilangan talablarga asosan Davlat soliq qo‘mitasiga tegishli axborotlarni to‘liq va o‘z vaqtida uzatilishini nazorat qiladi.
Ichki nazorat tizimidagi asosiy strykturalardan biri-bu ichki nazorat boshqarmasidir. Ichki nazorat boshqarmasi Boshqaruv a’zolari majburiyatlarini taqsimlash bo‘yicha buyruqga muvofiq Boshqaruv Raisiga bo‘ysunadi.
Ichki nazorat boshqarmasining asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq opretsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;

  • bankning qasddan yoki qasddan bo‘lmagan holda jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga, uning ustav fondiga jinoiy faoliyat natijasida olingan kapitalning shuningdek, bankni boshqarishga jinoyatchi shaxslarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;

  • bank ishining tijjorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik va me’yoriy xujjatlarga muvofiqligini hamda bank xodimlari vakolatlarini suiste’mol qilishlari, xodimlar tomonidan bank etikasi, holatlarini nazorat qilishdan iborat.

Ichki nazorat Boshqarmasi o’zining tashkiliy tuzilmasiga ega.


Download 300.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling