Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g


  Esga tushirish (chaqiruv bosqichi).  3


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/88
Sana20.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1788385
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   88
Bog'liq
7.Matematika o\'qitish metodikasi

2. 
Esga tushirish (chaqiruv bosqichi). 
3. 
Bilish-izlanish (anglash), 
4. 
Bilish-amaliy yoki ijodiy (fikrlash bosqichi). 
Esga tushirish mazmunidagi mustaqil ishlar. Bunday mustaqil 
ishlarning asosiy maqsadi – ta’lim oluvchilar tomonida ilgari o‘zlashtirilgan 
bilimlarni esga tushirish hamda ularni faollashtirishga yo‘naltirishdir. 
Bilish-izlanish_tarzidagi_mustaqil_ishlar.'>Bilish-izlanish tarzidagi mustaqil ishlar. Bunday mazmundagi mustaqil 
ishlar ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil ravishda yangi bilimlarni 
egallashlariga xizmat qiladi va shu orqali mustaqil bilim olish malaka va 
ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bilish-izlanish turidagi mustaqil ishlarni bajarish turli xil mantiqiy
amallarni talab etadi, ya’ni kuzatish, tahlil va sintez qilish, abstraksiyalash va 
umumlashtirish, ob’ektlar yoki voqea-hodisalarni ulardagi o‘xshash va farqli
tomonlarni taqqoslash asosida aniqlash, asosiy va ikkinchi darajali
belgilarni ajratish, sabab-oqibat aloqalarini ochib berish va h.k.. 
 Bilish-amaliy yoki ijodiy tarzdagi mustaqil ishlar. Bunday 
mazmundagi mustaqil ishlarni bajarish ta’lim oluvchilar o‘qish jarayonida va 
hayotiy tajribalari orqali orttirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil 
fikrlarini bayon etish malakalirini shaklantirishda muhim o‘rin tutadi. 
Ta’lim oluvchilar mustaqil fikrlashlarini shakllantirishda mustaqil
ishlarni tashkil etishga texnologik yondashgan holda, bilish faoliyati 
tavsifiga ko‘ra mustaqil ishlarni tashkil etishga oid interfaol metodlardan 
foydalanish muhim hisoblanib, bunda yangi bilimlarni egallash va o‘quv
muammosini hal qilish yo‘llarini izlab topishni talab etadigan muammoli 


21 
vaziyat (odatda mustaqil ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilar noma’lum
ob’ektlar yoki voqea-hodisalar hamda yangi materiallarga duch keladilar) 
paydo bo‘ladi. Bunday tarzda mashg‘ulotlarni tashkil etishda o‘qituvchi dastlab 
yangi mavzuni e’lon kiladi. So‘ngra o‘zi mavzuning qisqacha bayonini
berganidan so‘ng, mavzuga oid tushunchalarni ajratib, ta’lim oluvchilarga
taqdim etadi. So‘ngra esa ta’lim oluvchilar o‘quv mashg‘ulotilik va o‘quv 
qo‘llanmalardan foydalangan holda berilgan tushunchalar asosida mustaqil
tarzda topshiriqni bajaradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling