Barakayev ibrogim davronovich


Download 100.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana21.06.2023
Hajmi100.09 Kb.
#1642879
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Barakayev Ibrogim yangi bitim

Xususiy sherik mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3.5. Ushbu bitimda belgilangan majburiyatlarni bajarish uchun barcha sarf-
xarajatlarni Xususiy sherik o‘z zimmasiga oladi.
3.6. Xususiy sherik oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini
belgilangan tartibda ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda O‘zbekiston
Respublikasining ta’lim va maktabgacha ta’lim sohasiga oid qonunlari hamda qonun osti
hujjatlari talablariga, shuningdek davlat ta’lim talablari (standartlari)ga va Bitim
shartlariga rioya qiladi.
3.7. Xususiy sherik oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga
tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 70 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj
oilalarning va maxsus kontingent farzandlari uchun 3 (uch) yil davomida ota-onalar
to‘lovini shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan
miqdordan oshmagan holda yo‘llanma asosida imtiyozli qabul qiladi, boquvchisini
yo‘qotgan ayollar farzandlarini bepul o‘qitadi.
Agar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnayotgan ijtimoiy
ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingent farzandlari soni jami
tarbiyalanuvchilarning 70 foizidan kam bo‘lgan taqdirda, oilaviy nodavlat maktabgacha
ta’lim tashkiloti yetmagan qismiga ota-onalar to‘lovini shu joydagi davlat maktabgacha
ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda o‘rnatgan
holda boshqa oilalar farzandlarini ham qabul qilishi mumkin.


3.8. Xususiy sherikka quyidagi maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat
budjetidan subsidiyalar ajratiladi:
-yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga ish haqini to‘lash uchun -
tegishli toifa bo‘yicha 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
ushbu xodimlar uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdorlarida
(tegishliligi bo‘yicha tuman koeffitsiyenti qo‘llangan holda).
Bunda subsidiyalar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi guruhlar
sonidan kelib chiqib ko‘pi bilan 4,5 ta shtat birligida (Toshkent shahri, Nukus shahri va
viloyatlar markazlarida — 2,25 shtat birligigacha), shu jumladan, bir guruhda — 1,25

Download 100.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling