Barakayev ibrogim davronovich


Download 100.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana21.06.2023
Hajmi100.09 Kb.
#1642879
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Barakayev Ibrogim yangi bitim

I. BITIMNING PREDMETI
1.1. Mazkur bitimning predmeti bo‘lib, 12 nafardan 25 nafargacha bolalar
tarbiyalanishini nazarda tutuvchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini
moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni
amalga oshirish uchun Xususiy sherik va Davlat sherigi o‘rtasidagi huquqiy
munosabatlarni tartibga solish hisoblanadi.
1.2. Tomonlar ushbu Bitim bo‘yicha majburiyatlarini bajarishda fuqarolarning
maktabgacha ta’lim olish huquqini ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqadilar.
II. UMUMIY QOIDALAR
2.1 Mazkur bitim, jumladan Bitim predmetiga nisbatan Tomonlar o‘rtasidagi barcha
avvalgi og‘zaki yoki yozma kelishuvlar, bitimlar yoki qarorlarni bekor qiluvchi va
ulardan ustun turuvchi to‘liq kelishuvni anglatadi.
2.2. Mazkur Bitimning barcha qoidalari va shartlari majburiy xarakterga ega.
2.3. Mazkur Bitim yuzasidan kelib chiquvchi yoki unga daxldor bo‘lgan har qanday
nizolar, kelishmovchiliklar yoki e’tirozlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi sudlarida ko‘rib chiqiladi.


2.4. 
Tomonlar 
sud 
organlariga 
murojaat 
etishdan 
oldin 
ehtimoliy
anglashilmovchiliklarni o‘zaro muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan ko‘rib chiqish uchun
barcha zarur choralarni ko‘rish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.
2.5. Mazkur Bitim elektron shaklda imzolanib, o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan
o‘tkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi va ushbu Bitimda ko'rsatilgan muddat
davomida amal qiladi.
III. OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINI
TASHKIL ETISH TARTIBI
3.1. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati Бухарская область,
Пешкунский район, Валфажр МФЙ, Валфажир кучаси, 49-уй mahallasida
joylashgan, BARAKAYEV IBROGIM DAVRONOVICHga tegishli uy (turar joy /
noturar joy) negizida tashkil etiladi.
3.2. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti Davlat xizmatlari markaziga
xabarnoma topshirib, tasdiqnomasini olgan kundan boshlab ta’lim faoliyatini amalga
oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
3.3. Davlat sherigi mazkur Bitimda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlar
bajarilishi ustidan tanlov asosida monitoring o‘tkazadi va u qay darajada bajarilganligini
o‘rganadi va baholab boradi. Agar kamchiliklar aniqlansa uni bartaraf etish bo‘yicha
muddatini ko‘rsatgan holda Xususiy sherikka talabnoma yuboradi.
3.4. Investitsiya obyektini qayta qurish, joriy va kapital ta’mirlash, unga texnik
xizmat ko‘rsatish hamda modernizatsiyalash, saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar

Download 100.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling