Barakayev ibrogim davronovich


Xususiy sherik quyidagi majburiyatlarga ega


Download 100.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana21.06.2023
Hajmi100.09 Kb.
#1642879
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Barakayev Ibrogim yangi bitim

5.2. Xususiy sherik quyidagi majburiyatlarga ega:
5.2.1. Xususiy sherikning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida
guvohnomasida ko‘rsatilgan manzilda faoliyat yuritish;
5.2.2. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavini tuman (shahar)
maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishini
ta’minlash;
5.2.3. Mazkur bitim amal qiladigan muddatda tarbiyalanuvchilar umumiy sonining
70 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning va maxsus kontingent
farzandlarini, 70 foizidan kam bo‘lgan taqdirda yetmagan qismiga boshqa oilalar
farzandlarini, bitimni amal qilish davomida ota-onalar to‘lovini shu joydagi davlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan miqdordan oshmagan holda


imtiyozli qabul qilish, boquvchisini yo‘qotgan ayollar farzandlarini, shu jumladan 2
yoshdagi farzandarini bepul qabul qilish;
5.2.4. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, uning xodimlari va
tarbiyalanuvchilari to‘g‘risidagi haqqoniy ma’lumotlarni tegishligicha NMTTBATga
kiritilishini ta’minlash.
Shuningdek, NMTTBATga har bir bolaning shaxsan o‘ziga tegishli fotosuratini
yuklanishini ta’minlash;
5.2.5. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bitta guruhli bo‘lgan taqdirda
ushbu guruhga kamida 12 nafar bola, ko‘pi bilan 25 nafar bola qabul qilish, birinchi
guruhda 25 nafar bola to‘liq shakllantirilgandan keyingina ikkinchi guruhni ochish (agar
mazkur bitimning 1.1-bandiga ko‘ra tashkilot quvvati kamida 37 nafarni tashkil etgan
taqdirda);
5.2.6. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni tegishli tibbiy
xulosa asosida qabul qilish;
5.2.7. Bolalarni oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilishda ota-
onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan shartnoma tuzish hamda bolalarni
qabul qilish va tashkilotdan chiqarilishini buyruq orqali rasmiylashtirish;
5.2.8. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilishda ota-
onalarni tashkilot ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan
tanishtirish;
5.2.9. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tegishli oliy yoki o‘rta
maxsus pedagogik ma’lumotli shaxslar yoki Davlat sherigi tomonidan oilaviy nodavlat
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlovdan o‘tkazilgan shaxslar
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishini kafolatlash, sud tomonidan yoki tibbiy
xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarning
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
5.2.10. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini
“Ilk qadam” davlat o
ʻquv dasturi va maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat
talablariga asosan amalga oshirilishini ta’minlash.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z variativ dasturlarini ishlab
chiqqanda milliy, etnik, diniy, siyosiy va boshqa adovatni targ‘ib etishga qaratilgan
buzg‘unchilik g‘oyalarini aks ettirmaslik hamda ularni tuman (shahar) maktabgacha va
maktab ta’limi bo’limi bilan kelishish;
5.2.11. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binoga kirish joyida
fuqarolarni oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqida ma’lumotlardan
xabardor qilish maqsadida axborot peshlavhasini o‘rnatish, bunda Yagona interaktiv
davlat xizmatlari portali yoki «Litsenziya» axborot tizimidan foydalangan holda berilgan
tasdiqnoma nusxasi, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim nusxasi, oilaviy
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va boshqa hujjatlarning
nusxalarini joylashtirish;
5.2.12. Davlat sherigi tomonidan jihozlar berilganda (hududda mavjud davlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlari ehtiyojidan ortiqcha qismi doirasida), shuningdek o‘quv
materiallari taqdim etilganda ulardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va ularning sifatli
saqlanishini ta’minlash;
5.2.13. Bitimning amal qilish muddati tugaganda, agar Davlat sherigi tomonidan
jihozlar (hududda mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ehtiyojidan ortiqcha
qismi doirasida) va o‘quv materiallari berilgan bo‘lsa, tuman (shahar) maktabgacha va
maktab ta’limi bo‘limi balansiga qaytarish;


5.2.14. Agar boshqa normativ hujjatlarda boshqa muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa,
bitimning amal qilish muddati tugashidan, qoida tariqasida, ikki oy oldin (biroq bitim
muddati tugashidan kamida bir oy oldin) bitimning amal qilish muddatini uzaytirish
yuzasidan NMTTBAT orqali elektron ariza yuborish (aks holda bitim muddati
tugagandan keyin avtomatik tarzda bekor bo‘ladi va reestrdan chiqariladi);
5.2.15. Bolalarning tegishli tarzda parvarish qilinishini va ularni davlat talablariga
muvofiq ta’minlash uchun maqbul sharoitlar yaratilishini kafolatlash;
5.2.16. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatlanishi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya
qoidalari, normalari va gigienik normativlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash;
5.2.17. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan berilgan yo‘llanma asosida bolalarni
imtiyozli qabul qilish (ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent bolalari
uchun belgilangan kvotalar bo‘yicha);
5.2.18. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan
maqsadli foydalanilishini ta’minlash.
5.2.19. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilishi
rejalashtirilayotgan turar yoki noturar joyda bolalarning sog‘lom o‘sishi va tarbiya
olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, bino va inshootlar yong‘in xavfsizligi
hamda sanitariya qoidalari va gigienik normativlarga javob berishini ta’minlashi lozim.
Texnik shartlar, sanitariya normalari va gigiena qoidalari hamda yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablari buzilganligi aniqlangan holatda vakolatli davlat organining
taqdimnomasini olgandan boshlab bir oy muddatda bartaraf etish;
5.2.20. Tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish maqsadida yong
ʻin
xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez tibbiy yordam xizmatlari hamda ichki ishlar
organlarining qisqa raqamli telefon raqamlari ko
ʻrsatilgan maʼlumotlarni osib
qo
ʻyilishini ta’minlash;
5.2.21. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti barcha xodimlari ish vaqtida
mobil telefonlar va smartfonlardan ishga taalluqli bo‘lmagan holatlarda
foydalanmasligini nazorat qilish;
5.2.22. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida xodim va
tarbiyalanuvchilarni biometrik identifikasiya qilish orqali elektron davomatini yuritish
vazifasi tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga yuklamaslik;
5.2.23. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududiga, ushbu tashkilot
tarbiyalanuvchilari va xodimlaridan tashqari boshqa shaxslarni kirib chiqishlarini
taqiqlash (amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);
5.2.24. Tarbiyalanuvchilarni qarovsiz qoldirmaslik, jumladan sanitariya xonalarida
bo
ʻlganda, hojatxonadan foydalanishda, yozgi maydonlarda (besedka/ayvonlar),
basseynda cho
ʻmilishda, uyqu payitida qarovsiz qolmasligi ustidan qat’iy nazoratni
o’rnatish;
5.2.25. Bitimning amal qilish muddati tugamasdan, Investitsiya ob’ektini
begonalashtirish (oldi-sotdi, hadya qilish va boshqa) bo‘yicha shartnoma tuzmaslik.
5.2.26. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini boshlashi uchun
Davlat xizmatlari markaziga xabarnoma topshirishdan oldin oilaviy nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘rnatilgan talablar darajasida jihozlanganligini
ta’minlash;


5.2.27. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha ta’lim
tashkilotining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlarni, shu jumladan,
siyosiy partiyalar va harakatlarni, shu jumladan diniy yo’nalishda, tashkil etilishiga va
faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik;
5.2.28. Bitim shartlarini qanday bajarayotgani monitoringini olib borish maqsadida
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududiga Davlat sherigi (yoki uning
nomidan tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi) kirib
chiqishlarini ta'minlash.
5.3. Davlat sherigi quyidagi huquqlarga ega:
5.3.1. Xususiy sherikka oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati
uchun jihoz va asbob-uskunalar (hududda mavjud davlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlari ehtiyojidan ortiqcha qismi doirasida), o‘quv materiallari berilsa, ularning
hisob-kitobini tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi balansida yuritish;
5.3.2. Xususiy sherikdan, zaruratga ko’ra, bitim bo‘yicha majburiyatlarning
bajarilishi to‘g‘risida hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tuman
(shahar) bo‘limi orqali haqqoniy axborot va hisobot olish;
5.3.3. Xususiy sherik xodimlarini, xususiy sherik mablag’lari hisobidan, Davlat
sherigi huzuridagi kollejlarda o‘qitish va ularning malakasini oshirish, shuningdek, ular
uchun qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish;
5.3.4. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan maktabgacha
ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarining va ta’lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini
(zaruratga ko'ra Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududiga borgan holda)
nazorat qilish;
5.3.5. Xususiy sherik tomonidan Bitim shartlariga rioya etilishi, majburiyatlarning
bajarilishi ustidan monitoring o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklarni yoki bitim
shartlaridan chetga chiqish holatlarni bartaraf etish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki
hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘limi
orqali talabnoma yuborish;
5.3.6. Bitim shartlari Xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda, aniqlangan
kamchiliklar talabnomada ko‘rsatilgan 15 kun muddatda bartaraf etilmasa, Xususiy
sherik faoliyatini NMTTBAT axborot tizimida vaqtincha to‘xtatib turish hamda
o‘rnatilgan tartibda bitimni o‘zaro kelishuvga ko‘ra yoki sud orqali bekor qilish
choralarini ko‘rish;
5.3.7. Agar bitim shartlari buzilganligi oqibatida bitim bekor qilinsa, bitim bekor
qilingan kundan boshlab soliq va bojxona to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar to‘xtatiladi.

Download 100.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling