Barakayev ibrogim davronovich


Davlat sherigi quyidagi majburiyatlarga ega


Download 100.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana21.06.2023
Hajmi100.09 Kb.
#1642879
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Barakayev Ibrogim yangi bitim

5.4. Davlat sherigi quyidagi majburiyatlarga ega:
5.4.1. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xabarnoma qabul qilinganligi
haqidagi tasdiqnomani olgan kundan boshlab bir oy muddatda Davlat sherigining
tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi mas’ul xodimlari joyiga
chiqqan holda tashkil etilgan yangi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
faoliyati uchun mo‘ljallangan mebel, jihoz va boshqa anjomlar bilan jihozlanganlik
holati bo‘yicha o‘rganishlarni o‘tkazish va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkiloti faoliyatni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi
haqidagi xulosalarni elektron shaklda NMTTBATga kiritish.
Salbiy xulosa berilganida, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar oilaviy
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini vaqtincha to‘xtatish;


5.4.2. Mazkur bitimning 5.2.5-bandida tarbiyalanuvchilar bo
ʻyicha belgilangan
ma’lumotlar NMTTBATga kiritilganidan so‘ng oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkilotiga tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi shtat birliklarini ajratish;
5.4.3. Xususiy sherikka soliq imtiyozlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
boshqa preferensiyalardan foydalanish bo‘yicha ko‘maklashish;
5.4.4. Xususiy sherikka zarur hollarda maktabgacha ta’lim sohasida uslubiy va
konsultativ yordam berish;
5.4.5. Xususiy sherikning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmaslik;
5.4.6. Davlat sherigining ayrim huquq va majburiyatlari uning yozma ko‘rsatmasiga
asosan hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tuman (shahar) bo‘limlari
tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
VI. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI
HAL QILISH TARTIBI
6.1. Tomonlar ushbu Bitimga ko‘ra zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarmaslik
yoki lozim darajada bajarmaslik uchun qonun hujjatlariga va mazkur Bitim shartlariga
muvofiq javobgar bo‘ladi.
6.2. Xususiy sherik bolalar salomatligi, xavfsizligi, ta’lim-tarbiya sifati,
NMTTBATga kiritiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgardir.
Xususiy sherik NMTTBATga noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar kiritilishi
natijasida subsidiyalar hisoblanmasligi va to‘lanmasligi yuzasidan javobgardir;
6.3. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan bir bolaning
ma’lumotlari NMTTBATga kiritilib, uning fotosurati o‘rniga boshqa bola
(tarbiyalanuvchi)ning fotosurati ushbu axborot tizimiga joylashtirilganligi va uning
asosida davomati belgilanib kelinayotganligi aniqlanganda:
mazkur tarbiyalanuvchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnagan
barcha davri uchun to‘langan subsidiyalar summasi to‘liq Davlat budjetiga undiriladi;
ushbu holat aniqlangan oydan boshlab uch oy davomida subsidiya to‘lovlari mazkur
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga hisoblanmaydi va to‘lanmaydi. Bunday
holat ikkinchi marta aniqlanganda ushbu oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining reestridan chiqariladi va u bilan davlat-xususiy
sheriklik to‘g‘risidagi bitim bekor qilinib, qayta tuzilmaydi.
6.4. Ushbu bitimning shartlarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan barcha
kelishmovchiliklar Tomonlarning o‘zaro muzokaralar o‘tkazishi orqali hal etiladi.
6.5. Tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda vujudga kelgan nizolar qonun
hujjatlariga muvofiq Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida hal qilinadi.



Download 100.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling