Barcha ta’lim tizimidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini saqlanishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha y o‘ riqnoma


Download 0.75 Mb.
bet2/17
Sana09.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#268660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
03-03 техник (Lotincha)

II. BINO VA INSHOOTLARNING QISMLARI KONSTRUK-SIYALARI VA ATROF XUDUDIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH QOIDALARI

2.1. Bino va inshootning atrof hududiga, unga tutashgan, shu muassasa foydalanadigan hovli va ko‘chaga tutashgan er maydoni kiradi. Bino atrof hududiga texnik xizmat ko‘rsatishda asosan qor-yomg‘ir suvlarini binodan tegishli ravishda chetlatilishini tashkil qilish va suv chetlatish qurilmalari - novlar, ariqlar, yo‘l chetidagi irrigatsiya shaxobchalarini soz holatda bo‘lishini ta’minlash zarur.

Bundan tashqari bino atrofi va muassasa hovlisidagi yo‘laklar, erto‘la derazalari oldidagi chuqurlar, sport va dam olish maydonchalari (jihozlari bilan birga), chiqindi solinadigan konteynerlar, ko‘kalamzorlashtirish elementlari (daraxt, buta, gulzor va maysazorlar) ning holati talab darajada bo‘lishini ta’minlash lozim. Bino atrofidagi yoritish moslamalari, devorlar va yo‘lkalar (otmostka) ning soz holatda bo‘lishiga ayniqsa katta e’tibor berish kerak.

  1. Erto‘lalar (podval)ning poydevor va devorlarining nosozliklariga (yoriqlar, cho‘kishlar, namlanishlar) katta e’tibor berish lozim, chunki ular binoni ko‘tarib turuvchi konstruksiyalar safiga kiradi.

  2. Bino devorlarining texnik holatini har doim kuzatib turish lozim. YOriqlar paydo bo‘lishi, devor qoplamasi va suvog‘ining ko‘chishi, binoning ko‘rinishini yomonlashtirish bilan birga, uning mustahkamligiga zarar etkazishi mumkin. Panel devorlarning choklarini ochilib qolishi, ularni mahkamlovchi po‘lat detallarni emirilishiga olib keladi. YUqorida ko‘rsatilgan nuqsonlar darhol yo‘qotilishi lozim.

  3. Binolarning old tomoni (fasad)ni ko‘zdan kechirishda me’morlik elementlarini namlikdan saqlovchi metall qoplamalar, parapet, ayvonchalar (balkonlar) to‘siqlarining mustahkamligiga jiddiy e’tibor berish lozim. Binoning old tomoni me’morlik echimini o‘zgartirish bilan bog‘liq ishlar faqat shahar (tuman) me’mori (arxitektori)ning ruxsati bilan amalga oshiriladi.

2.5. Ayvonlar (balkonlar), soyabonlar, peshayvonlar (lodjiyalar) va



erkerlar konstruksiyalari emirilishi, to‘siqlarining mustahkamligi bo‘shashib qolishi oqibatida yaroqsiz holga kelib qolganda, ularga odamlarni chiqishini taqiqlab qo‘yilishi va nosozliklarni tugatish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rilishi lozim.

2.6. Binolardan foydalanish jarayonida temir beton tom yopmalari (pokritiyalar) va temir beton ora yopmalar (perekritiyalar), issiqlik ximoyalovchi qatlamini sozligi, ora yopmalarning sanuzellar o‘tgan qismida namliklar mavjudligi holatiga alohida e’tibor berish lozim. Ularda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy nuqsonlar quyidagilar:

- me’yoridan ortiq egilib ketishi;

- tashqi devorlar yaqinidagi qismlarining muzlashi;

- devorlarga tutashgan joylarida yoriqlar paydo bo‘lishi;

- qoplamalarining yorilib ketishi;

me’yoridan ortiq tovush o‘tkazish xususiyati paydo bo‘lishi va hokazolar.

YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan nuqsonlar orayopmaning mustahkamligiga zarar etkazganligi aniqlanganda, ulardan tegishli ta’mirlash ishlari bajarilmaguncha foydalanish taqiqlanadi.

Maxsus loyihasiz temir-beton orayopmani kuchaytirish, unda teshiklar, uyacha yoki ariqchalar ochish man qilinadi. YOg‘och orayopmalarda pollarning shamollatish teshiklari mavjudligiga, to‘sinlarining ahvoliga, yog‘och konstruksiyalarga zamburug‘lar (gribok) va xashoratlar zarar etkazganligiga katta e’tibor berish lozim.

2.7. Quyidagilar pollarning asosiy nuqsonlari bo‘lib hisoblanadi:

a) YOg‘och pollarda:

- bo‘yog‘ini edirilishi:

- taxtalarning qurib, qiyshayib ketishi, sinishi;

- ayrim joylarini cho‘kishi, ko‘chishi, yorilishi;

- taxtalarning qimirlab qolishi, chirishi;

- parket taxtachalarining ko‘chib ketishi, g‘ichirlab qolishi.

b) Linolium va sintetik materialli pollarda:

- linoliumning ko‘chishi, yirtilishi, ko‘tarilib qolishi.

v) Sopol koshinli (plitkali) pollarda:

- koplamani ko‘chishi, edirilishi, cho‘kishi va yorilishi.

g) Beton, ksilolit,ssement pollarda:

- koplamani yorilishi, edirilishi, cho‘kishi va hokazolar.

Bu nuqsonlarning asosiy sabablari noto‘g‘ri foydalanish va o‘z vaqtida ta’mirlash ishlarini bajarmaslik. YOg‘och va parket pollarni ortiqcha suv bilan ho‘llab yuvish, pollar ustida og‘ir narsalarni sudrash, qurilish vaqtida sifatsiz materiallarni ishlatish yuqorida ko‘rsatilgan oqibatlarga olib keladi.

2.8. Poydevor (peregorodka)larda quyidagi nuqsonlar ko‘proq uchraydi:

- pardevorlar choklarida qo‘shni konstruksiyalar bilan tutash joylarida yoriqlar paydo bo‘lishi;

- pardevorlarning yoki ularning ayrim qismlarini qimirlab qolishi;

- taglari va yuqori qismlarida tirqishlar paydo bo‘lishi;

- qoplama (suvoq va qoshinlari, bo‘yog‘i) larining ko‘chib ketishi;

- pardevorlarni kesib o‘tuvchi quvurlar (suv, isitish sistemalari, gaz) atrofida nozichliklar paydo bo‘lishi, ayrim joylarini nam tortishi, tovush o‘tkazuvchanligining oshib ketishi va hokazolar.

Bu nuqsonlar foydalanish jarayonida tugatilib borilishi lozim.

2.9. Tomlarda tomning nishabligini etarli bo‘lmasligi oqibatida yog‘ingarchilik jarayonida suvlar to‘planib qolishi va suv qochirish moslamalarining ishlashini shuningdek tomlardan foydalanishda ko‘tarib turuvchi konstruksiyalarning uzellariga, tomning butunligiga, uning tom orqali o‘tuvchi suv chetlatish qurilmalari, qurilish konstruksiyalari va jihozlari bilan tutashgan joylariga, tomning ustki himoya qatlamiga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish orqali uning soz holatda bo‘lishini ta’minlash katta ahamiyatga ega.

Tomni ko‘tarib turuvchi konstruksiyalarning asosiy kamchiliklari quyidagilar:

a) yog‘och konstruksiyalarda - stropilolarning tutashgan joylarida birikmalarni buzilishi; g‘isht devor va yog‘och konstruksiyalar o‘rtasidagi nam o‘tkazmaydigan qatlamning yomonligi, stropilo oyoqlarining egilishi; mauerlat, stropilo oyoqchalari, toqilar va boshqa yog‘och detallarning chirishi va sinishi;

b) temir-beton konstruksiyalarda - konstruksiyalar sirtidagi beton qatlamining emirilishi, armatura va po‘lat qo‘yma detallarning ochilib qolib zanglashi va boshqalar.

Tomlarni tekshirishda quyidagi kamchiliklar uchraydi:

a) tunuka tomlarda - qirra va choklarning ochilib qolishi; novlarda choklarning bir yoqlama bo‘lishi; tunukaning chirib yoki tashqi ta’sir oqibatida teshilishi;

b) donali elementlar (asbest-sement plitalar va listlar cherepitsa, donador metall tunukalar va boshqalar) dan yopilgan tomlarda - ayrim elementlarning shikastlanishi va o‘z joyidan siljib qolishi; ularni bir-birini yaxshi qoplamasligi, mahkamlanishini bo‘shashib qolishi;

v) rulon materiallardan (polizol) yopilgan tomlarda-oralariga suv va havo kirib qolishi; choklarning ajralishi, rulon to‘shamaning ko‘chib ketishi, ustki himoya qatlamining yorilishi va boshqalar.

Tomlar binoni quyosh, yomg‘ir, qor va boshqa tabiat hodisalaridan saqlovchi konstruksiyalar bo‘lgani uchun ularni soz holatda saqlash, binoning boshqa qismlarini saqlashda katta rol o‘ynaydi.

SHu sababli tomlardagi aniqlangan nosozliklar qisqa muddatlarda bartaraf qilinishi lozim.

2.10. Binodan suvni chetlatuvchi qurilmalar uni ortiqcha namiqishdan saqlaydi. Novlar, ichki suv chetlatuvchi quvurlarda iflosliklar (barglar, qum, loylar) to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Qora metall quvurlar, tashqi qora tunuka novlar va ularni mahkamlovchi temir detallar har 3 yilda moyli bo‘yoq bilan bo‘yalishi shart.

Tomdagi ichki suv chetlatish qurilmalarining suv qabul qilib oluvchi voronkalarni ifloslanishdan saqlovchi maxsus himoya qalpoqchalari bo‘lishi lozim.

2.11. Qishda tomdagi qor qalinligi 30 sm dan oshib ketganda, suv chetlatish qurilmasi yaxshi ishlashi uchun, tom qordan yog‘och belkurak bilan tozalanib turilishi lozim. Tom qoplamasi shikastlanmasligi uchun qor tamomila emas, balki 4-5 sm qalinlikda qoldirilgan holda tozalanadi. Ammo muz qatqalog‘i va sumalaklar hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan tomning osilib turgan pastki qismlari muz va qordan to‘la tozalanadi. Nishabi tik (45 gradus) bo‘lgan tomlarda qor turib qolmasligi sababli, faqat novlari, shamollatish quvurlari atrofi va boshqa qor to‘planib qoladigan qismlarigina tozalanadi.

2.12. Derazalar va eshiklarni ko‘zdan kechirganda kesakilarning devorlarga hamda deraza tokchalaridagi suv chetlatadigan tunuka qoplamaga tutashgan joylariga, uning nishabi va deraza hamda eshiklar tavaqalarining ahvoliga, oshiq-moshiqlar va qulf-zulfinlariga e’tibor berish lozim. Deraza va eshiklarda uchraydigan asosiy nuqsonlar: kesakisi, deraza tokchasining taxtasi va romlarini chirishi, birikish joylarini qimirlab qolishi, zichligini buzilishi, oshiq-moshiq va qulflarini buzilishi, pardozini shikastlanishi deraza tokchalarining tunuka qoplamalarining shikastlanishi, oynalarini sinishi yoki qimirlab qolishi, yopilish zichligining buzilishi va boshqalar.

Bino xonalaridagi muhitning ko‘proq deraza va eshiklarning ahvoliga bog‘liq bo‘lgani sababli, ularning nuqsonlarini o‘z vaqtida tuzatish katta ahamiyatga ega.

2.13. Zinalarni ko‘zdan kechirishda uni ko‘tarib turuvchi qurilmalar, zina supalarining sirtlari, zinapoyalar va tutqichlar hamda zinalarning devorlarga tutashgan joylarining ahvoliga e’tibor berish lozim.

Singan zinapoyalar, qimirlab qolgan zinapoya panjaralari, panjaralarning shikastlangan qoplamalari binodan foydalanuvchi odamlarga shikast etkazishi mumkinligi sababli darhol tuzatilishi lozim.

2.14. Ta’lim muassasalari binolaridagi isitish pechlari va oshxona o‘choqlarini tekshirish vaqtida ular bilan yog‘och konstruksiyalar o‘rtasidagi yong‘inga qarshi oraliq, yog‘och orayopmalardan o‘tgan dudbo‘ronlar, yoqilg‘i va kolosnik panjarasi, o‘txonaning metall qoplamalari, mo‘ri g‘ishtlari va asbotsement quvurlari, ularning himoya qalpoq va soyabonlari, o‘choqlarning cho‘yan plitasi hamda pishirish shkafining ahvoliga jiddiy e’tibor berish lozim.

Qattiq yoqilg‘ida (toshko‘mir, o‘tin) ishlaydigan isitish pechlari va oshxona o‘choqlaridan foydalanishda uchraydigan asosiy nosozliklarga quyidagilar kiradi: sirtlarning notekis qizishi, pechlar, o‘choqlar va mo‘rilarda yoriqlar paydo bo‘lishi, eshikchalarning buzilishi, tutun tortishning yomonlashuvi, yoqish bo‘limi va mo‘rining o‘ta qizib ketishi, o‘txona g‘ishtlarini ko‘chib ketishi va boshqalar.

Gaz yoqilg‘isida ishlaydigan pechlar va o‘choqlarda yuqorida ko‘rsatilgandan tashqari gaz sirqishi (gaz isi paydo bo‘lishi), mo‘rilar quvurining bosh qismining muzlab qolish hollari bo‘ladi.


Isitish pechlari va oshxona o‘choqlari bino ichidagi muhitni tashkil qilishda muhim o‘ringa ega bo‘lish bilan birga, inson hayoti uchun xavfli qurilmalar qatoriga kirishi sababli, ulardagi nosozliklar darhol va sifatli qilib tugatilishi lozim.

Isitish pechlari va oshxona o‘choqlaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagilar:

- oldiga tunuka qoplanmagan, yorilgan joylari bo‘lgan, yoqish va kul olish eshikchalari buzuq, mo‘rkonlari yog‘och konstruksiyalardan belgilangan masofada ajratilmagan pech va o‘choqlardan foydalanish;

- pechlar va o‘choqlar ustida, shuningdek o‘txona yaqinida o‘tin, ko‘mir va boshqa yoqilg‘ilarni quritish va saqlash;

- pech va o‘choqlarni yoqish uchun tez o‘t oluvchi suyuqliklar (kerosin, benzin, solyarka, spirt va boshqalar)dan foydalanish;

- pech va o‘choqlarni ular moslashtirilmagan yoqilg‘i turida ishlatish;

- pech va o‘choqlarni qarovsiz qoldirish va ulardan foydalanishga bolalarni jalb qilish;

- to‘la o‘chirilmagan ko‘mir va kulni yonuvchan idishda yoki taglikga (yog‘och pol) qo‘yilgan metall idishda saqlash;

avtomatik moslamalari buzuq gaz yondirgichlar (gorelkalar)dan foydalanish;

- tegishli ruxsatnomasiz, vaqtincha o‘rnatilgan pechlardan foydalanish;

- mo‘rilarga radio va teleantennalar o‘rnatish;

- chordoqlarda yotiq dudbo‘ronlar o‘rnatish va chordoqdagi dudbo‘ronlarda tozalash teshiklarini joylashtirish qat’iy man qilinadi.

Ta’lim muassasalari isitish qozonxonalari operatorlarida Davlat qozonxona nazorati inspeksiya tomonidan guvohnoma berilgan bo‘lishi shart.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling