Barcha ta’lim tizimidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini saqlanishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha y o‘ riqnoma


V. Bino va inshootlarni texnikaviy ko‘rikdan o‘tkazish va texnikaviy xizmat ko‘rsatish jarayonida bajariladigan asosiy ishlar ro‘yxati


Download 0.75 Mb.
bet5/17
Sana09.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#268660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
03-03 техник (Lotincha)

V. Bino va inshootlarni texnikaviy ko‘rikdan o‘tkazish va texnikaviy xizmat ko‘rsatish jarayonida bajariladigan asosiy ishlar ro‘yxati
5.1. Ayrim qismlar va xonalarni ko‘rikdan o‘tkazishda amalga oshiriladigan ishlar

1. Suv o‘tkazgich va oqova tizimidagi kichik nosozliklar bartaraf qilish (jo‘mraklarning qismlarini almashtirish, sgonlarni zichlashtirish, tiqilib qolgan narsalarni olib tashlash, yuvish bochoklarini tozalash, santexnika anjomlarini mustahkamlash, sifonlarni tozalash, aralashtirgichlardagi tiqinli jo‘mraklarni sozlash, salniklar tikish, sharli kalrvichlarni almashtirish, jing‘iroq (kolokol) va sharsimon klapanning rezina qistirmalarini almashtirish, bochokni ohak cho‘kmalaridan tozalash va hokazo).

2. Markazlashtirilgan isitish va issiq suv ta’minoti tizimlaridagi kichik nosozliklarni bartaraf qilish (uch yo‘lli jo‘mraklarni sozlash, salniklar tiqish, himoya qoplamalarini mayda ta’mirlash va hokazo). Suv sizayotgan radiatorlarni almashtirish, havo yig‘gichlarni iflosliklarni tutib qolgichlarni, sanuzellarni, sozlovchi jo‘mraklar kompensatorlarni, ventillar, surma jo‘mraklarni (zadvijka) qismlarga ajratish, ko‘zdan kechirish, tozalash, quvurlarga ulangan joyidan qimirlab qolgan anjomlarni mahkamlash, quvurlarni mahkamlash, berkitish armaturasini cho‘kindi va qasmoqlardan tozalash.

3. Elektr texnika qurilmalarini mayda nosozliklarini bartaraf qilish (elektr lampalarni tozalash va quyganlarini almashtirish, shtepsel rozetkalarni va yoqib-o‘chirgichlarni tuzatish yoki yangilash, elektr simlarini ta’mirlash va hokazo).

4. Quduklarni shamollatish.

5. Oqova tarmog‘idagi tortish kurilmalarini sozligini tekshirish.

6. Tutun tortish - shamollatish yo‘llarida havo tortish borligini tekshirish.

7. Pechka va mayda o‘choqlarni ta’mirlash (eshikchalarni, o‘txona oldidagi tunuka qoplamani mustahkamlash va hokazo).

8. Oqova tarmog‘ining yopiq quvurlarini tozalash.

9. Tunuka tomlarning kichik teshilgan joylarini, qirralarini surikli zamazka bilan ta’mirlash.

10. Elektr kabeli qobig‘ining erga ulanganligini tekshirish, simlar himoya qobig‘ining (izolyasiyaning) qarshiligini o‘lchash.

11. Elektr uskunalarining (nasos, ventilyator, stanok) erga ulanganligini tekshirish.

12. Zinapoya maydonchalari, texnik erto‘lalar va chordoq elektr chiroqlarini tozalash va quyganlarini almashtirish.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling