Barcha ta’lim tizimidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini saqlanishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha y o‘ riqnoma


IV. BINO VA INSHOOTLARNING LOYIHA REJALARIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH VA QAYTA QURISH TARTIBI


Download 0.75 Mb.
bet4/17
Sana09.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#268660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
03-03 техник (Lotincha)

IV. BINO VA INSHOOTLARNING LOYIHA REJALARIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH VA QAYTA QURISH TARTIBI
4.1. Ta’lim muassasalariga qarashli binolarning loyiha rejalariga o‘zgartirishlar kiritish va qayta qurish muassasa raxbariyati tomonidan tegishli hisob-kitoblar va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

4.2. Bino va inshootning old tomoni (fasad)ga o‘zgartirishlar kiritish faqat tuman (shahar) me’mori (arxitektori) ning ruxsati bilan tasdiqlangan loyiha bo‘yicha amalga oshiriladi.

4.3. Ta’lim muassasalari binolaridagi ayrim xonalarni boshqa (loyihada ko‘zda tutilmagan) maqsadlarda foydalanish uchun moslashtirish tuman (shahar) xokimiyatlarining xalq ta’limi bo‘limlari (boshqarmalari) ning ruxsati bilan amalga oshiriladi.

4.4. Binolardan foydalanish sharoitlarini yaxshilash maqsadida quyidagi qayta jihozlash va qayta rejalashtirish ishlari bajarilishi mumkin:

- binolardagi yordamchi xonalar joylashuvini o‘zgartirish;

- yangi xonalar tashkil qilish yoki qo‘shma xonalarni ajratish uchun qo‘shimcha pardevor (peregorodka) lar o‘rnatish;

- xonalar joylashuvini qulaylashtirish maqsadida pardevorlar joyini o‘zgartirish;

- mavjud derazalarni kengaytirish va yangi derazalar ochish (4.6-bandda keltirilgan hollardan tashqari);

- yangi eshiklar ochish, eski eshiklar o‘rnini berkitish, eshiklar ochilish yo‘nalishini o‘zgartirish (4.6-bandda keltirilgan hollardan tashqari);

isitish va sanitar-texnik, oshxona asbob-anjomlarining joyini o‘zgartirish (amaldagi me’yorlar talablarini bajargan holda);

binoni zamonaviylashtirish maqsadida, uning jihozlarini zamonaviylariga almashtirish;

- bino pardozini zamonaviy turlariga almashtirish va hokazolar.

4.5. Bino va inshootlarning atrof hududida yordamchi (qo‘shimcha) inshootlar qurish, faqat xokimiyatlar qoshidagi idoralararo komissiya ruxsati bilan:

- er maydonining sanitar holatini yaxshilash;

- yordamchi inshootlar joyini o‘zgartirish bilan hududning obodonlashtirilish darajasini ko‘tarish;

- foydalanuvchi jamoa uchun sharoitlarni yaxshilash (sport, bola lar va xo‘jalik maydonchalari qurish) maqsadlarida amalga oshiriladi.

4.6. Bino va inshootlar va ularning konstruksiyalarining mustahkamligiga, tashqi ko‘rinishiga zarar etkazadigan, yong‘indan saqlash va sanitariya talablariga zid bo‘lgan quyidagi qayta qurish va o‘zgartirish ishlarini amalga oshirish man qilinadi;
- binolarni seksiya (korpus) larga bo‘lib turuvchi kapital devorlar, yong‘indan saqlovchi pardevorlarda eshik, deraza teshiklar ochish yoki borlarini yopib tashlash;

- panelli, yirik blokli, yuk ko‘tarib turuvchi yoki engil g‘ishtlardan qurilgan devorlarda yangi eshik va derazalar ochish;

- to‘sin va ustunlarni shikastlantirish, alohida joylashgan poydevorlarning mustahkamligini kamaytirish, tom konstruksiyalari va tomyopmalarni butunligiga zarar etkazish, sanitariya xonalari va oshxonalarning namlikni saqlash (gidroizolyasiya) va erto‘lalarning bug‘ va gazdan saqlash (parogazoizolyasiya) qurilmalarini buzish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish;

- devorlar ichidagi (yonidagi) havo almashtirish, dud va gazni chiqarib yuborish qurilmalarining ishini yomonlashtiruvchi yoki ularni yopib (buzib) qo‘yuvchi ishlarni bajarish;

- isitish qurilmalarini (pechlarni) to‘g‘ridan to‘g‘ri yog‘och pol (orayopma)lar ustiga o‘rnatish, xonalar ichiga va chordoqlarga temir quvurdan yasalgan mo‘ri va dudbo‘ronlar o‘rnatish;

yaqin orada (2-5 yil) buzib tashlanishi mo‘ljallangan bino va inshootlarni qayta qurish va jihozlash taqiqlanadi.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling