Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Azimut va rumb burchaklari haqida ma’lumot bering
Download 488.85 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23. Topografik kartalarning shartli belgilari bilan ishlash
22. Azimut va rumb burchaklari haqida ma’lumot bering
Geografik meridianning shimol tomoni bilan yo‗nalish chizig‗i orasida hosil bo‗lgan orientirlash burchagi azimut burchagi deyiladi. Agar boshlang‗ich yo‗nalish magnit meridianining shimol tomonidan o‗lchansa magnit azimuti deyiladi. Azimutlar 00 dan 3600 gacha soat strelkasi yo‗nalishi bo‗yicha o‗lchanadi. Magnit azimuti bilan haqiqiy azimut o‗rtasidagi farq magnit og‗ish burchagi deyiladi. Yo‗nalish chizig‗ining to‗g‗ri va teskari azimutlari orasida 1800 farq bo‗ladi va ular quyidagicha aniqlanadi: A1 = A±1800. Agar to‗g‗ri azimut burchagi 1800 dan katta bo‗lsa, teskari azimutni topish uchun 1800 ayriladi, agar kichik bo‗lsa unga 1800 qo‗shiladi. Meridianning yaqin tomoni bilan yo‗nalish chizig‗i orasida hosil bo‗lgan burchak rumb burchagi deyiladi. Rumb burchagi 00 dan 900 gacha o‗lchanadi va rumb burchaklarining shimoli-sharq (shshq), janubi-sharq (jshq), shimoli-g‗arb (shg‗) hamda janubi20 g‗arb (jg‗) gorizont tomonlari yozib qo‗yiladi. Yo‗nalishning rumb burchagi aniq bo‗lsa, yo‗nalish azimuti quyidagi formula yordamida chiqariladi 23. Topografik kartalarning shartli belgilari bilan ishlash Topografik shartli belgilar — plan va xaritalarda joy obyekti va ular toʻgʻrisidagi tafsilotlarni grafik tasvirlash tizimi; ular yordamida obyekt va tafsilotlarning oʻrni, sifati hamda soniy tavsiflari koʻrsatiladi. Topografik shartli belgilar bir nechta asosiy turlarga boʻlinadi. Oʻz oʻlchamlari boʻyicha plan masshtabida haqiqiy nisbatlari saqlangan holda tasvirlanishi mumkin boʻlgan obyektlar masshtabli shartli belgilar bilan beriladi; plan masshtabida tashqi koʻrinishi (konturi)ni tasvirlash imkoni boʻlmagan yoki tasvirlaganda ham kichkinaligidan nuktaga aylanib ketadigan obyektlar masshtabsiz shartli belgilar bilan beriladi. Bu belgilar obyektlar oʻrnashgan joyni, ularning sifat va soniy tavsifini koʻrsatish imkonini beradi. Bunda obyektlar oʻrnashgan joy shartli belgining bironbir nuqtasi bilan koʻrsatiladi; chiziqyai obyektlar — daryolar, yoʻllar, aloke simlari, chegaralar va h.k. chizikli shartli belgilar bilan koʻrsatiladi. Bu belgilar obyektlarning oʻrnini, ularning boʻylama oʻqi boʻyicha koʻrsatish imkonini beradi. Biror obyekt plani uning vazifasi va masshtabiga qarab, masshtabli va masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlanishi mumkin. Masalan, yirik masshtabli topografik planlarda hamma aholi yashaydigan joylar masshtabli belgilar bilan koʻrsatiladi. Mayda masshtabli xaritalarda esa ular, odatda, masshtabsiz belgi — punson bilan koʻrsatiladi. Topografik shartli belgilarb. tuziladigan xaritani maqsad mazmuniga qarab ishlab chiqiladi. Download 488.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling