Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Geometrik va trigonometrik nivelirlashni izohlang
Download 488.85 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 41. Geografik kartalarning xususiyatlarini tushuntiring
40. Geometrik va trigonometrik nivelirlashni izohlang
Trigonometrik nivelirlash – bir nuqtadan ikkinchi nuqtaning farqi trigonometrik usulda burchak o‗lchash asosida aniqlanadi va u trigonometrik nivelirlash deyiladi. Agar ABB1 uchburchakning BB1 tomoni shu uchburchakning A nuqtasiga nisbatan B nuqtasining balandligi (h) bo‗ladi. U quyidagi trigonometrik formula bilan aniqlanadi. Abh sin ; h=ABS sinα; h= D sinα ; Yoki ABhtg ; h=AB1 tgα h= d tgα Trigonometrik nivelirlashda joydagi predmet va nuqtalarningbalandligini eklimetr, teodoalit, kiprigel asboblari yordamida aniqlash mumkin. Trigonometriknivelirlashda nivelirlanadigan nuqtalarorasidagi chiziq uzunligi va uning og‗ish burchagi o‗lchanadi. Bu nivelirlash yordamida balandlik qiymati uzoq masofaga tez va oson uzatiladi 41. Geografik kartalarning xususiyatlarini tushuntiring Karta va atlaslarning mazmunini tushinib, undan kerakli ma‘- lumotlarni olish kartani o‗qish deyiladi. Unda foydalanilayotgan shartli belgilar yordamida kartada tasvirlangan voqea va hodisalar to‗g‗risida fikrlab, so‗ng ma‘lumot olinadi. Karta va atlaslarda voqea va hodisalar bir tomonlama o‗rganilmasdan, u bilan bog‗liq bo‗lgan boshqa ma‘lumotlar ham o‗rganiladi. Umumgeografik kartalarda tasvirlangan bir shahar olib qaralsa, uning katta va kichikligiga qarab aholi yashaydigan joyning aholi soni, nomi yozilgan shartli belgi yordamida siyosiy-ma‘muriy ahamiyati aniqlanadi. Karta va atlaslarda matn o‗qish bilan karta o‗qishda katta farq bo‗lib, kartada shartli belgilar bilan voqea va hodisalarning joylashishi va tarqalishi to‗g‗risida keng ma‘lumot olish mumkin. Maydonli va chiziqli geografik ob‘yektlarning yozuviga qarab uning egallagan maydonini va uzunligini aniqlasa bo‗ladi. Karta va atlaslarni o‗qish orqali unda tasvirlangan tavsilotlarni o‗rganib, voqea va hodisalarning tarqalish qonuniyatlari aniqlanadi. Masalan, O‗zbekiston kartasida sug‗oriladigan maydonlarning chegaralariga qarab uning daryo vodiylari bilan bog‗liqligini ko‗rib, uning joylashish qonuniyatlarini aniqlash mumkin. Shuningdek, har xil mazmundagi kartalarni bir-biriga taqqoslash yo‗li bilan voqea va hodisalarning bir-biriga nisbatan aloqasini bilsa bo‗ladi. Geografik kartalar geologik, tuproq va o‗simlik kartalari bilan solishtirilganda ularning o‗zaro aloqadorligi ko‗rinib turadi. Geografik kartalar yordamida hududni kompleks o‗rganish katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Download 488.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling